Get Mystery Box with random crypto!

4 oyda O‘zbekistonga qancha pul jo’natildi? Joriy yilning das | Soni Qancha?

4 oyda O‘zbekistonga qancha pul jo’natildi?

Joriy yilning dastlabki 4 oyi davomida O‘zbekistonga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalarining hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 50 foizga oshdi.

Qayd etilishicha, o‘tgan 4 oy davomida O‘zbekistonga jismoniy shaxslar tomonidan qariyb $1,99 mlrd mablag‘ yuborilgan. Bu ko‘rsatkich 2020 yilning mos davriga nisbatan $663 mln yoki 50 foiz, 2019 yilning mos davriga nisbatan esa 34 foizga oshgan.

Shu bilan bir qatorda, chet elga yuborilgan xalqaro pul o‘tkazmalari miqdori $478 mln ga yetgan.
Natijada, 2021 yilning yanvar-aprel oylarida transchegaraviy pul o‘tkazmalari bo‘yicha ijobiy saldo qariyb $1,52 mlrd ni tashkil etmoqda.

@SoniQancha