Get Mystery Box with random crypto!

Giyohvand moddalar, soliqlar va sirli homiylar. “Tolibon” mill | Soni Qancha?

Giyohvand moddalar, soliqlar va sirli homiylar. “Tolibon” milliardlarni qayerdan olmoqda?

“Tolibon”ning umumiy daromadi $1,5 milliarddan oshgan. Xo‘sh, bu pullar davlat xazinasini to‘ldirish uchun yetarli bo‘ladimi? Ular milliardlarni qayerdan olyapti?

Afg‘oniston qimmatbaho foydali qazilmalarga boy. Bularning barchasi bir necha trillion dollarga baholangan. Ayni vaqtda ushbu qazilmalar mamlakatga yiliga atigi $460 milliondan ko‘proq daromad keltirmoqda.

May oyida BMT “Tolibon”ning yillik daromadi $300 milliondan $1,6 milliardgacha bo‘lganini ma’lum qilgan edi. Qayd etilishicha, ular o‘tgan yili soliqlardan $160 million foyda qilgan.

Birgina elektr energiyasi uchun to‘lanadigan soliqlarning o‘zidan yiliga $2 million pul kelib tushadi.

Bundan tashqari, “Tolibon”ga chet eldan yordam berilmoqda. Fors ko‘rfazi mamlakatlari – Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari va Qatardagi homiylardan yiliga qariyb $500 million keladi.

@SoniQancha