Get Mystery Box with random crypto!

Saroyminds

Telegram kanalining logotibi saroy_minds — Saroyminds S
Telegram kanalining logotibi saroy_minds — Saroyminds
Kanal manzili: @saroy_minds
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 502
Kanalning ta’rifi

Ko'ngil saroyidan bitiklar...
Murojaat uchun - @saroygamurojaatbot

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-12-28 13:39:17 Tasavvur qiling, namanganlik yoshi 60 dan oshgan futbol muxlisi. Yoshligidan "Navbahor"ga muxlis. Jamoasining Surxondan tortib Xorazmgacha bo'lgan safar o'yinlarini ham qoldirmaydi. Uning 3 nafar o'g'li Rossiyada ishlaydi. Oilasi bag'ridan yiroqda. Erta bir kuni "Navbahor" hozirgidek chempionlik uchun kurashmay qo'ysa yoki 5-6 yil oldindagidek quyi divizionga tushar darajaga abgor ahvolga kelsa o'sha otaxon qayg'uradi, kerak bo'lsa, hokimiyatga boradi, kerak bo'lsa, prezidentga murojaat qilar darajaga boradi. Xuddi shunday, o'g'illari necha yildan beri chetda ishlab kelayotgan "Qizilqum", "Andijon" yoki "Buxoro" jamoasining ham shunaqa jonkuyar va fidoyi otaxon muxlislari borligi ehtimoli baland.

Narzulla Saydullayev o'z kanalida futbol klublarining bir yillik smetasini keltirib o'tganidan so'ng ko'zim chiqib ketdi. 14 ta klubning bir yillik harajati 683 mlrd so'm yoki 60 mln dollar. Bu pul so'nggi 10 yillikdagi eng katta xalqaro natijasi OCHL chorak finali (u ham 2 marta, Lokomotiv 2016-yil, Pahtakor 2020-yil) bo'lgan, chempionatning bir turdagi umumiy auditoriyasi 35-40 mingga zo'rg'a yetadigan (shunda ham Navbahor uyida o'ynasa) futbol klublari uchun. Shunchaki tragediya!

Agar bu pullar xususiy klublar tomonidan sarflanganida g'ing demasdim. Masalan, Turon klubi davlatdan bir tiyin olmasdan faoliyat yuritmoqda, uning har bir yutug'idan xursand bo'lmoqdaman. Shu qadar rivojlanib ketganmidik-ki, davlat pullarini qayerga sarflashni bilmasdan, sarflangan mablag'ning 100 dan birini ham oqlab bera olmayotgan futbolga pul sarflasak? Har sohada bebiliska sarflanayotgan pullarga nisbatan "shuning o'rniga maktab yoki shifoxona qursa bo'lar edi" degan gaplarni ko'p eshitganmiz. Xo'p, maktab yoki shifoxona qurmas ekansan, hech bo'lmasa, 12 ta viloyat klublariga sarflanayotgan pullar o'rniga zavod-mi, fabrika-mi, umuman qanaqadir ishlab chiqarish-mi qursa bo'ladi-ku. Qanchadan qancha ishsiz odamlar ishli bo'ladi, zavod-fabrikalar pul olib keladi, o'zini oqlaydi.

Yuqorida Namanganlik otaxon haqida gapirgandim. Deylik, o'sha Navbahor klubiga sarflangan 75 mlrd so'mga (har yili) bir nechtadan ishlab chiqarish ochilsa, nechta otaxonning farzandi chetga ketmasdan, oila bag'rida ishlaydigan bo'ladi? Ishonamanki, farzandining o'z bag'rida yashashi otaxonlarga qanaqadir jamoaning yuqori natijalar ko'rsatishidan ko'ra muhimroq bo'lsa kerak. 5 yilda 75 milliard 375 milliard bo'ladi. Bu pulga qancha ishchi o'rni yaratsa bo'ladi? Hali bu faqat Navbahor haqidagisi. Mamlakatimizda nechta futbol klubi bor? Yiliga 675 milliard pulga nimalar qilib tashlasa bo'ladi? Kamida 100 ming musofirda yurgan odamlar uchun ish o'rni yaratsa bo'ladi-ku! Qay biri muhimroq? Haftada bir bo'ladigan futbol-mi yo bolajonlarning ota bag'rida yayrab katta bo'lishi?

Davlat ajratayotgan pul - xalq farovonligi, xavfsizligi va taraqqiyoti uchun sarflanishi kerak bo'lgan umummilliy mulk. Uning oqilona sarflanishini talab qilish har bir fuqaroning burchi hisoblanadi. To'g'ri, futbol klublarining davlatdan pul olishini to'xtatib qo'yishga qarshilar har doim topiladi, ular sodda muxlislarni ishga solib "bizga quvonch baxsh etayotgan jamoaga pul ajratilmayapti, voydod, yordam beringlar, hokimiyat pul ajratsin" deb dod-voy soldirishning hadisini olishgan bo'ladi.

Marhamat, xususiy homiy topgan yoki o'zi pul ishlab topishga o'tgan klublar qolaversin. Lekin davlatdan klublar uchun bir tiyin ham ajratilishiga qarshiman. To'g'ri, bu bir oz muddat xaos keltirib chiqarishi mumkin. Lekin borib-borib havaskor klublar ham sekin-sekin kuchayadi, xususiy klublar ham har bir tiyinini oqilona sarflashga o'tadi. Bir-ikki yillik alg'ov dalg'ovdan o'tib olinsa, samara albatta keladi. Futbolchilar oyiga 100 mlndan olmasdan, 3 mlndan olsa,tezroq boshqa chempionatga o'tishga intiladi va skautlar nazariga tushish uchun yaxshiroq o'ynaydi. Natijada raqobat kuchayadi, legioner ko'payadi. Bundan MTJ ham yutadi. Mana shu eng yaxshi yo'l. To'g'ri boshi og'riqli kechadi, lekin oxiri Susambilga yetishimiz aniq. Baribir hozir ham biror narsani qoyillatishmayapti-ku.

@futbol_minds
512 views10:39
Ochish/sharhlash
2022-12-28 09:32:47
Har oy ishxonamizda eng ko'p qadam yurgan xodim mukofotlanib kelinayotgandi. Oyiga 600, 700 ming qadam yuradiganlar borligi sababli hech 1-o'rin bo'lish nasib etmagandi. Men har oy natijamni oshirib borganim sababli, bugun e'tirof etishdi. Kichik e'tirof, lekin juda xursandman )
534 views06:32
Ochish/sharhlash
2022-12-28 07:37:20 Bugun rafiqam Prezident stipendiyasi uchun yakuniy suhbatdan o'tadi. Unga omad tilaymiz!
565 views04:37
Ochish/sharhlash
2022-12-26 15:55:22 O'zimdagi eng yaxshi xislat - (ko'pchilikda yo'q bu xislat, shu sabab ham o'zimni yaxshi ko'raman) har doim o'zimga shubha bildirishim, hech qachon o'zimni haq deb bilmasligim, har safar mulohaza yuritayotganimda "to'xta, bu fikring xato bo'lsa-chi" deb o'zimga savol berishim. Mana shu xislatim imkon qadar xolislikni saqlab qolishimga, masalaga sog'lom ong bilan yondashishimga sabab bo'lgan. Mana shu xislatim kibrga berilib ketishimdan saqlaydi, ba'zi gaplarni aytmaslikka undaydi, ba'zi davralarga qo'shilmaslikka turtkilaydi.

Shunaqa davrga keldik-ki, o'zining fikrini to'g'ri deb bilish, o'zini haq deb bilish kishilarni kibr sari yetaklamoqda. Ayniqsa, tarmoqlar bu kibrni yanada shishirilishiga olib kelmoqda. Fikringni bir kishi tasdiqlasa, zo'rsan, ikki kishi alqasa - supermensan, uch va undan ortiq kishi olqishlasa - avliyoga tengsan! Auditoriyang 1000 dan oshiq bo'lsa-ku, tamom! Sen xatoingni tan olishing sharmandalik. Doimo haq ekaningga ishonasan, haq bo'lmaganimda shuncha odam kuzatarmidi deb o'zingni ovutasan. Ko'proq odam senga "negativlik" qila boshlaydi. "Ular meni ko'ra olmayotganidan shunaqa deyishmoqda" deysan. Orada senga o'zini yaxshi ko'rsatmoqchi bo'lgan yaloqilaring chiqib tarafingni olib qo'yadi. Tamom. Endi sen zo'rsan. Nega sen fikring noto'g'riligini tan olishing kerak? Mana shu tarzda botqoqqa botaverasan.

Kibr va o'z fikrini har doim to'g'ri deb bilish insondagi eng chirkin xususiyat. Doimo shu illatlardan jirkanganman, bu xislatlarni o'zida shakllantirganlardan uzoqroq yurishga harakat qilganman. Bunaqa odamlar ko'z o'ngizda qurib, so'lib, to'kilib boradi, chirkinlashadi. Aorasi sizga ham o'tadi. Etagingiz tegsa, qirqib o'tishga harakat qiling!

Beayb - parvardigor. Odam o'ziga nazar tashlab, "balki fikrim noto'g'ridir" deb savol berishi uyat emas, fazilat. Savol berilganda javobi "ha, nohaq ekanman, uzr" bo'lsa, bu kishi salobatini oshiradi. "Mendan noto'g'ri fikr chiqishi mumkin emas, shunchaki g'alamislar boshqacha talqin qilishadi" deyish esa kishini botqoqqa botiradi.

Botqoqqa botmang. Toza-ozoda yuring. Hayot go'zal.
@saroy_minds
666 viewsedited  12:55
Ochish/sharhlash
2022-12-14 14:26:43 Har safar tug'ilib o'sgan tumanimga borganimda mahalladoshlarimning kayfiyatini kuzataman. 2019-yil parlament saylovidan oldin mahallamiz ko'chalari asfalt bo'lgandi. Odamlar juda xursand edi. 2017-yildan beri televizorda aytilayotgan islohot deb nomlangan so'z nihoyat bizning mahallamizga yetib keldi deb hazillashishardi. Orada islohotlar bir muncha uxlab qoldi va 2022-yilgacha qorasini ko'rsatmadi. Nihoyat, yaqindagina borib kelganimda ham odamlarning yuziga qizillik yugurganiga guvohi bo'ldim. Suv kelishi uchun yerlar qazilgan. Gaz kelgan. Sovuq tushishidan oldinroq borganim uchun gaz bor edi, uylarni o'tin va ko'mir (tappi)siz isitishayotgandi. Sovuq tushgandan keyin ham hech bo'lmasa xona zahrini ilitar darajada gaz bor edi. Odamlar shunga ham xursand. (Biz ham, Toshkent shahrining eng oldi, rahbarlar-u, korchalonlar yashaydigan Mirzo Ulug'bek tumanida choy yarim soatda qaynayotganiga xursand bo'lib o'tiribmiz-ku).

Bir so'z bilan aytganda, oddiy xalq televizordan chiqib islohot, islohot deb ming aytganingiz bilan islohot real hayotida aks etmasa va yashash sharoitini yaxshilamasa, O'zbekiston 24 ga mahliyo bo'lib o'tirmaydi. Hech kim anoyi emas, yolg'onlaringizga ishonadigan. Bugun bir video ko'rib qashqadaryolik ekanim uchun-mi, ichimdan qirindi o'tdi. Albatta, bizning mahallada svet o'chmayotgani, gaz borligi, kanalizatsiya kelayotganligi, ko'chalarimiz asfaltligi (hasadim keldi, Toshkent shahri Mirzo Ulug'bek tumanida svet tok pechkani ko'tara olmayapti, gaz yarim soatda choy qaynatyapti, kun bo'yi "bugun kotyol suvni isita olsa, cho'milib o'lardim" degan o'y bilan yuribmiz, trotuarlar loy, asfalt qilinmagan) uchungina odamlarning yuziga qizillik yugurgan. Quruq va havoyi gaplar, yemagan propaganda va ittifoqnusxa, ittifoqbashara va ittifoqmiyalarning (boshqa so'zlar ham yasadim, lekin ayollar bor kanalda) targ'iboti, ayni hozirgi sharoitda yemaydi!

Bo'ldi-da endi! Yaxshi ishlasanglar shundoq ham xalq maqtaydi. Masalan, tumanimiz hokimi Bekzod Olimovich Suyunov. Mahallamizdagi har bir xonadonda duoga qo'shiladi. Shu odam kelgandan keyin G'uzor odam bo'ldi deyishadi. Muammo taklif bergan qizda emas. Muammo bu taklifni qarsak bilan qarshi olgan zalda ham emas. Muammo bu taklifni videoga olib o'z sahifasiga maqtanib, heshteglar bilan joylagan QDU mas'ullarida ham emas. (Ularda tafakkur bilan fikrlash qobiliyati bo'lganida, "shoshma, bu videoni qo'ysak jamoatchilik oldida sharmanda bo'lamiz" degan bo'lishardi). Muammo - bunaqa taklifga, "qizim, hali yoshsan, prezidentimiz "shuncha yil qarsak chalib hech nimaga erishmadik, maqtov bu yomon narsa, kim meni maqtasa mening dushmanim, yaxshi ish qilsak, xalqning o'zi e'tirof etaveradi, duolarida qo'shaveradi, bunaqa choralar bizga faqat zarar keltiradi" deganlar" demagan hokimto'rada. Murodjon Berdialiyevich bo'lsa ishga olib o'tiribdi. Eh hokimbuva. Yarashmabdi bu ishingiz. Haliyam kech emas. El oldiga chiqib, nimadir deng. Bunaqalarni hokimiyatga yaqinlashtirmang! Viloyatdagi muammolar yechilishiga hissa qo'shayotgan blogerlarning og'zini yopmang! Iltimos, Qashqadaryomiz ittifoqzodalar qo'lida qolib ketib, trolvachchalar makoniga aylanmasin. Juda bo'lmasa ishimizni tashlab, o'zimiz borib ishlaymiz jonajon hokimiyatimizda. Hokimiyatda sizni, komandangizni maqtamasa ham bo'ladigan ish-pish bordir-a?

@saroy_minds
1.6K viewsedited  11:26
Ochish/sharhlash
2022-12-08 11:37:35 Svet va gaz muammolari tobora ortib, odamlar jonidan to'yar darajaga yetib kelganidan so'ng propaganda vektori masjid imomlari hamda internet mullalarining sabrga chaqirishidan "narx-navo arzon, qimmatlasa muammo yechiladi" tomon o'zgaryapti. To'g'risi, odamlar sabr qilib charchadi. Buning in'ikosi Komil Allamjonovning medal olgani haqidagi post/twit kommentlaridan tortib qo'l yetmas oilalar haqida chiqayotgan xabarlardagi izohlarda ham yaqqol ko'rinib turibdi. (Telegram kanalda bu bilinmaydi, komentni o'chirish mumkin, Ismoilovichning telegram kanaliga qarasangiz "medal muborak Komiljon, yaxshiyam borsiz, baraka toping, judayam zo'r yashayapmiz siz bor uchun, boshimizdagi tojsiz, brilliantsiz" kabi gaplarga to'lib ketgan. Twitter boshqacha. Siz yozgan replyni boshqasi o'chira olmaydi, uyoqda hamma "qanday tatiyapti medal, xalq qiynalganda bayram qivossanlami, suf senlarga" bo'lib yotibdi).

O'lgan ustiga tepgan qilib Gulnora davrida ham, hozir ham (katta ehtimol bilan 20 yildan keyin ham) tadbir-u, tantanalar guli bo'lgan blogerlar "arzon bo'lgani uchun svet-gaz yo'q, qimmatlasa hammasi yaxshi bo'lib ketardi" qabilida fikr bildirayotgani shundoq ham tishini-tishiga qo'yib chidab kelayotgan xalqni battar siqilishiga (boshqa harf yozmoqchi edim) sabab bo'lmoqda. Buni Nigina bilan tik-tokda duet qilib yuradigan Namanganlik deputat misolida ham ko'rdik. Xalq uning "Uychi qamoqxonalari issiq" degan gapini kuchli nafrat bilan kutib oldi, hattoki chora ko'rilib, ishdan bo'shatilsa ham, "qo'limga tushsa enasini bir joyiga tiqaman" deb yurganlar ko'p.

Mana shunday qaltis vaziyatda energiya narxlarini qimmatlashni taklif qilish qanchalik insofdan? Xo'p, hozir arzon bo'lgan paytda yo'q narsa, narx qimmatlasa birdan paydo bo'lib qoladimi? Bunga kim kafolat beradi? Xo'p, davlat ishtiroki yo'qolsin, xususiylashtirilsa raqobat kuchayadi degan nazariya butun dunyoda istbotlangan. Lekin bizdachi? Xususiylashtirishni Gulnora tushiga ham kirmagan usullari borligini yaqin tariximiz ko'rsatib berdi-ku! Gulnora bechara biror zavodni xususiylashtirish uchun resurs sarflagan, pul sarflab bankrot qilgan, so'ng arzon narxda sotib olgan, yana pul sarflab ko'tarib, qimmatroqqa sotgan. Hozir esa g'arb sanksiyasiga uchrab mahallamizdagi rahmatli alkash Parman buvadan farqi qolmagan oligarxlarga "ishonchli boshqaruv"ga suv-tekinga berildi, qanchadan qancha davlat korxonalari tepadagilar tomonidan turli sxemalar orqali xususiylashtirildi. Mana shunday xususiylashtirish va bozor iqtisodiga o'tishda juda yomon imij ko'rsatib bergan qorako'zlarimizga qanday qilib ishonish mumkin? Xususiylashtirish yoki bozor narxlarga o'tishga tepadan topshiriq kelgan taqdirda ham hozirgi energetika tizimidagi qahramonlarning parda ortidagi ta'sischiligi asosida tuzilgan kompaniyalarning yoki muttaham-o'g'ri Rossiya fuqaroligidagi oligarxlarga imtiyozli bozorga kirib kelishi asosida tuzilgan kompaniyalarning ahvolni bundan-da battar holatga olib kelishi ehtimoli borligini yosh bola ham biladi-ku! Raqobatli, halol xususiylashtirish yaxshi, lekin kechirib qo'yasiz, men ahmoq emasman, bizning energiya bozorimizda bunaqa bo'lmasligiga, 2-3 kundan keyin yuqori minbardan xususiylashtirish topshirig'i tushganda ham o'zbekistoncha, yo'q-yo'q, yangi o'zbekistoncha xususiylashtirish sxemalari ishlashiga ko'proq ishonaman). Shunday ekan, arzon bo'laturib shuncha muammo bor ekan, shuncha muammo saqlanib turib, yana narx qimmat bo'lishini xalq ko'tara olmaydi. Odamlar charchadi. Narxni oshirmanglar. Xususiylashtirmanglar. Hozirgi holatda yaxshilash bo'yicha nimadir yo'li bordir, axir. Bekorga tepada o'tirmagandirsiz? Ishlangda endi!
@saroyminds
1.3K views08:37
Ochish/sharhlash
2022-12-06 19:06:39 O'tgan yili shu kuni davlat ishiga kirgandim. Bir yil o'tibdi oradan. Bir yil katta maktab bo'ldi menga. Bugun sal qolsa, (mutlaqo tasodif, keyin hisoblab bildim) ishdan bo'shash kunim bo'lib ham tarixga kirardi. Lekin rahbarlarimiz o'z xohishimga ko'ra yozgan arizamni qabul qilishmadi, yirtib tashlashdi . Ishlashda davom etamiz. Davlatga kerak ekanmiz, shunisi xursand qildi.
883 views16:06
Ochish/sharhlash
2022-12-02 11:22:56 Biz hayotiy tashvishlarga o'ralashib, o'zimizdan bo'lakni o'ylamay qo'yganimizda u bizning kar quloqlarimizga "hey, ko'zingizni oching, ular o'g'irlashyapti" deya jonholatda baqiradi.

Biz "dindor-dunyoviy", "seksist-feminist", "joiz-nojoiz" deb uloq talashganimizda u bizni silkilamoqchi, e'tiborimizni foydasiz bahslarga emas, xalq pulini kemirayotgan kalamushlardan ogoh bo'lishga uqtiradi.

Biz "och qornim-tinch qulog'im", "o'ynashmagin arbob bilan" qabilida yashayotganimizda u bizni uyg'onishga, haqimizni talab qilishga undaydi.

Mum tishlagan, gapirsa tili kesilishini bilgan mamlakat ichkarisidagi oydinlar ichida istalgan payt paymonasi to'lishi mumkinligini his qilsa-da, jim turishni or deb biladi u.

U devorga kesak otayotgan nom-nishonsiz qahramon. U bo'lmasa ham yashardik, to'g'ri. Go'yo borligi sezilmaydi. "Quruq gapdan nima foyda" deymiz. Gohida uni malomat ham qilib qo'yamiz - "faqat noliydi" deya. Ko'pimiz millatni uyqudan uyg'oqlar uyg'otishini anglaymiz, o'zimizni uyg'oq deb bilamiz, lekin aslida biz jismonan uyg'oqmiz, ruhan karaxt. Faqat u tetik. Ha, gohida u ham charchaydi. Balki ichidan "nima bitta menga kerak-mi, qolganlar ham o'ylasin-da" deb qo'yar, lekin har doim qayta kuch to'plashga, qaytadan chirkinlar to'dasiga qarshi sof vijdon va tig' kabi o'tkir so'z bilan kurashishga jur'at topadi.

Unga tirkak bo'lolmaganimiz, uni o'qib-o'qib, ichimizda kalamushlarni so'kib-so'kib, o'zimizcha ularga nisbatan narigi dunyoda beriladigan jazolarni to'qib-to'qib, amalda "mulla mingan eshak" bo'lganimiz alam qiladi. Na qilaylik, bizda unaqa jur'at yo'q. Qo'rqamiz. Eh.
1.2K views08:22
Ochish/sharhlash
2022-11-15 16:05:34 Sen vatan uchun nima qilib qo'yding?

Bu gapni ilk bora universitetda eshitgandim. Yoshlar ittifoqi yangi tuzilgan, yoshlar ittifoqiga a'zolar tadbir uyushtiraverib, o'zlaridan muhim shaxs yasab olgan davrlar. Qaysidir tortishuvda bir ittfoqchi talaba baxsda argument keltira olmasdan, "sen vatan uchun nima qilgansan o'zi" deb yuborgandi. O'zi ham shu savolni o'ziga bersa, tayinli javob chiqishi mushkul bo'lgan vaziyat edi. (Ha endi u yosh bo'lgan, universitetdan tortib, o'sha paytda Alisher Qodirov rahbar bo'lgan Ma''naviyat va ma'rifat markazi tadbirlarida qatnashib yurish u uchun vatan uchun nimadir qilish hisoblangan-da). Undan keyin ming marotabalab shu gapni aytishdi, hatto o'tgan oyda ham aytishgandi (umuman boshqa mavzuda baxs ketayotganda, nomi tilga olinmayotgan odamning ismini aytishib, "u nima ishlar qilganini bilasizmi vatan uchun" deyishgandi), bugungisi esa oshib tushdi).

Keyinchalik bu so'z shu qadar bolaladi-ki, qayerdadir biror joyni tanqid qilib qo'ysangiz evaziga shu savol bilan murojaat qiladigan bo'lishdi. Eng qizig'i, hozirgi siyosatimiz bu klishening ustiga qurilmagan. Eng tepadagilar "kamchiliklarni aytinglar", "jamoatchilik nazoratini amalga oshiringlar", "chapak chalaverib shu ahvolga keldik", "maqtaydigan emas, kamchiligimni aytadigan mening do'stim" iddaolarini bot-bot takrorlashsa ham, "gaz bosimi choy qaynatishga dosh bera olmayapti" deya bor haqiqatni ko'rsatib bergan iste'molchini yumshoqroq aytganda shu gap bilan "urishib berish" qaysi sog'lom aqlga sig'adi?

Vatan uchun nimadir qilish tushunchasi o'zi nima? Buning universal mezonlari qanaqa? Qaysi ishni qilsak yoki qilmasak vatan uchun xizmat qilgan/qilmagan bo'lamiz? Shu savolga aniq ta'rifni kim keltira oladi? Men bir nechta mezonlarga tayanib vatan uchun xizmat qilish formulasini ishlab chiqdim:

1. O'zbekiston Respublikasida amal qilayotgan qonunchilikka rioya qilib yashayapmiz, hech bir jinoyatni amalga oshirmayapmiz. (Har holda men shunday qilyapman, sizni bilmadim).

2. O'zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligiga ko'ra faoliyat turimizga qarab daromad, yer, mol-mulk, foyda va boshqa soliqlarni to'lab bormoqdamiz. (Har holda men shunday qilyapman, sizni bilmadim).

3. Jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga (saylov, qaror va farmonlar muhokamasi, qonunbuzarlik) befarqlik qilmayapmiz. (Har holda men shunday qilyapman, sizni bilmadim).

Qolgan hamma ish, faoliyat, xatti-harakat vatan uchun nimadir qilishga kirar, balki. Lekin o'sha ittifoqchilar va matbuot kotiblari tinmay ta'kidlaydigan vatan uchun nimadir qilish minimumi mana shu uch ishni qilishda mujassam bo'ladi. (Aytaylik shu ishlarni bittasini qilganga 3, ikkitasini qilganga 4, bittasini qilganga 5).

"Vatan uchun nima qildingchi"larning tagini surishtirsangiz o'zi ham sizdan ortiq nimadir qilgan bo'lib chiqmaydi. Shunchaki bir tadbirboz yoki biror bir tashkilotning jarchisi (advokati (yoki maddohi) bo'lishi mumkin. Argument keltira olmagandan so'ng klishelarni qo'llashni boshlaydi. "Yoshing kichkina, bilib muomala qil", "o'rnida o'zing ishlab ko'r", "o'zing nima qilgansan".

Saviyasiz matbuot kotiblari, ittifoq nomi va faoliyat vektori o'zgarsa ham, tipik kamolotchi bo'lib qolgan nusxalar dastidan dod! Qachon o'zgarasiz? Qachon davlat rahbari yuritayotgan ochiqlik, shaffoflik, OAVga do'st sifatida qarash, muammo aytganga emas, muammoga e'tibor qaratish siyosatini tushunib yetasizlar? Bo'ldi-da endi! Siqvordinglar-ku!
@saroy_minds
1.2K views13:05
Ochish/sharhlash
2022-11-13 14:54:17 Ukraina Rossiya urushi (garchi bosqinchi Rossiya bu xatti-harakatni "Maxsus xarbiy amaliyot" deb propagandik bo'yoq berayotgan bo'lsa ham, baribir bu qonli urush) 24-fevralda boshlangan bo'lsa ham, bu haqida bir satr ham yozmadim. Sababi - tabiatan urushlarga qarshiman. Muzokaralar va tinch yo'l bilan hal qilish tanlovi turganda, urush boshlab ketish men uchun har doim noto'g'ri yo'l bo'lgan. Men - pasifist (tinchliksevar)man! Lekin axiyri men ham chidab tura olmadim.

Garchi Rossiya bu urushni boshlagan bo'lsa ham, rossiyaparastlar bu urushni oqlashga minglarcha sabab keltirishmoqda. "Ukraina NATO (AQSH)ning o'yinchog'i", "Rossiya urush boshlamaganda, NATO baribir xujum qilardi", "Rossiya bir o'zi elgebetelarga qarshi kurashmoqda", "millionlab vatandoshlarimiz Rossiyada tirikchilik qilmoqda, Rossiyani qo'llashimiz kerak", "Amerika g'alaba qozonsa navbat O'rta Osiyoga", "Ukrainani natsistlar bosib ketgandi, Putin ularni denatifikatsiya qilmoqda"...

Mana shunaqa fikrdagi insonlarning fikrlashi qiziq. Qanday qilib bunday darajada fikrlash mumkin? Qanday qilib okkupant mamlakatni qo'llash mumkin? O'zi urush nimaligini bilasanmi? Raketalar ostida qolib ketib, har qadamda o'limni his qilish qanaqaligini-chi? Og'zingning bir chekkasidan gap chiqib ketaveradi. Tinch mamlakatda yashayapsan, kechqurun uyinga borishing aniq. Oilang tinch, bolalaring bemalol maktabga borib kelmoqda. Lekin zolim Putinning dastidan ukrain otalari ertangi kundan umidsiz yashamoqda! Ukrain onalari farzandini quchoqlagancha qon ko'zyoshlarini to'kishmoqda. Ukrain o'g'il-qizlari sening farzandlaringdek erkin unib-o'sish baxtidan mosuvo bo'lishmoqda! Qanaqa qilib bosqinchini qo'llab-quvvatlashing mumkin?

Zelinskiyni masxaraboz deysan, Putin undan kammi? O'zi kabinetda o'tirvolib, Tatariston, Vladivostok, Checheniston, Dog'iston, Novosibirsk, Arxangelsk kabi hududlardagi rus o'g'lonlarini mobilizatsiyaga tortib, o'lib ketishlariga sababchi bo'layotgan qonxo'r bo'lgandan ko'ra, masxaraboz bo'lgan durust emasmi? Eng muhimi, shu masxaraboz o'z xalqi bilan qoldi, urush ichida yuribdi, urush bo'layotgan hududdan minglarcha kilometr uzoqlikdagi kabinetda pisib o'tirib, "Ukrainani tozalashimiz kerak" deb valdirab o'tirgani yo'q. Ukrainlarni "xoxollarga buyam kam" deysan, lekin shu xalq bosqinchiga qarshi mardonavor kurashmoqda! O'rniga sen bo'lganingda o'rislarning patinkasini yalab, 1865-yilda ajdodlaring qilgan ishni takrorlarding.

Ko'zingni och! Rossiya televideniyesi miyangni yuvmayaptimikan? Bir o'ylab ko'r-chi? Ukrainada odamlar o'lmoqda, ularni zolim va qonxo'r Putinning rejimi o'ldirmoqda. Urushga boshqacha ta'rif yo'q! Har qanaqa elgebetelar-u, NATOning labaratoriyalari, Putlerning pafosli gaplari, bandit Ramzanning askarlari bilan ibodatlari ham urushni oqlashga sabab bo'la olmaydi! Bu urushning birgina ta'rifi bor - qonxo'r va zolim Putin rejimining mustaqil va suveren Ukrainaga bosqini! Boshqa har qanday argumentingiz yemaydi.
@saroyminds
856 views11:54
Ochish/sharhlash