Get Mystery Box with random crypto!

O'zimdagi eng yaxshi xislat - (ko'pchilikda yo'q bu xislat, sh | Saroyminds

O'zimdagi eng yaxshi xislat - (ko'pchilikda yo'q bu xislat, shu sabab ham o'zimni yaxshi ko'raman) har doim o'zimga shubha bildirishim, hech qachon o'zimni haq deb bilmasligim, har safar mulohaza yuritayotganimda "to'xta, bu fikring xato bo'lsa-chi" deb o'zimga savol berishim. Mana shu xislatim imkon qadar xolislikni saqlab qolishimga, masalaga sog'lom ong bilan yondashishimga sabab bo'lgan. Mana shu xislatim kibrga berilib ketishimdan saqlaydi, ba'zi gaplarni aytmaslikka undaydi, ba'zi davralarga qo'shilmaslikka turtkilaydi.

Shunaqa davrga keldik-ki, o'zining fikrini to'g'ri deb bilish, o'zini haq deb bilish kishilarni kibr sari yetaklamoqda. Ayniqsa, tarmoqlar bu kibrni yanada shishirilishiga olib kelmoqda. Fikringni bir kishi tasdiqlasa, zo'rsan, ikki kishi alqasa - supermensan, uch va undan ortiq kishi olqishlasa - avliyoga tengsan! Auditoriyang 1000 dan oshiq bo'lsa-ku, tamom! Sen xatoingni tan olishing sharmandalik. Doimo haq ekaningga ishonasan, haq bo'lmaganimda shuncha odam kuzatarmidi deb o'zingni ovutasan. Ko'proq odam senga "negativlik" qila boshlaydi. "Ular meni ko'ra olmayotganidan shunaqa deyishmoqda" deysan. Orada senga o'zini yaxshi ko'rsatmoqchi bo'lgan yaloqilaring chiqib tarafingni olib qo'yadi. Tamom. Endi sen zo'rsan. Nega sen fikring noto'g'riligini tan olishing kerak? Mana shu tarzda botqoqqa botaverasan.

Kibr va o'z fikrini har doim to'g'ri deb bilish insondagi eng chirkin xususiyat. Doimo shu illatlardan jirkanganman, bu xislatlarni o'zida shakllantirganlardan uzoqroq yurishga harakat qilganman. Bunaqa odamlar ko'z o'ngizda qurib, so'lib, to'kilib boradi, chirkinlashadi. Aorasi sizga ham o'tadi. Etagingiz tegsa, qirqib o'tishga harakat qiling!

Beayb - parvardigor. Odam o'ziga nazar tashlab, "balki fikrim noto'g'ridir" deb savol berishi uyat emas, fazilat. Savol berilganda javobi "ha, nohaq ekanman, uzr" bo'lsa, bu kishi salobatini oshiradi. "Mendan noto'g'ri fikr chiqishi mumkin emas, shunchaki g'alamislar boshqacha talqin qilishadi" deyish esa kishini botqoqqa botiradi.

Botqoqqa botmang. Toza-ozoda yuring. Hayot go'zal.
@saroy_minds