Get Mystery Box with random crypto!

Saroyminds

Telegram kanalining logotibi saroy_minds — Saroyminds S
Telegram kanalining logotibi saroy_minds — Saroyminds
Kanal manzili: @saroy_minds
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 502
Kanalning ta’rifi

Ko'ngil saroyidan bitiklar...
Murojaat uchun - @saroygamurojaatbot

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-11-05 08:52:47 http://www.gazeta.uz/uz/2022/11/05/newlyweds/?utm_source=push&utm_medium=telegram


Faqat mening javoblarimni o'qinglar, boshqalarnikini o'qimanglar
1.4K views05:52
Ochish/sharhlash
2022-11-01 13:16:33 Xullas, endi restoranlarda, supermarketlarda va boshqa xizmat ko'rsatish/savdo muassaslarida QR orqali to'lov qilolmaymiz. Noll grippni idishi ichiga katak daftarning bir varog'ining 4 dan 1 qismiga ustiga kodi yozib o'ralgan kartalarni tiqib yurgan davrlarga qaytamizmi deyman

O'zi, aslida soliqning ushbu reformasini boshida tushunmadim, keyinchalik qonuniy tartibni erinmay o'qib chiqqanimdan so'ng, mohiyatini tushundim. Umuman olganda, juda yaxshi tartib. Yashirin iqtisodiyotga sezilarli zarba bo'ladi, soliqlar ko'payadi, davlat byudjeti boyiydi, keshbeklarimiz ham semiradi. Bitta lekini bor. Bizning jamiyat turg'unlikka tushib qolgan. Har qanday reforma og'riqli kechmoqda. Boshi og'riqli, lekin oxiri farog'atli reformalarni ham populizm bilan kutvolyapmiz. ("xalq to'ydiku", "tayyormasmiz", "trusigimizni ham yechvolinglar", "bugun keshbek cheki uchun seni sotgan ertaga vatanni sotvoradi").

Qonuniylik ta'minlanib, 5 ta odamni ayanchli o'limiga sababchi bo'lgan qotillarni ham "namoz o'qiyapti, do'ppida ekan, bir adashganda, ozod qilaylik", "ichida 5 ta odam borligini bilmaganda, bolasi tirik yetim qolmasin", "o'zi kafeda araq sotilardi, shaytonni suvi sotiladigan joyda uxlaganlaram shaytonni malaylari" deb oqlab beradigan, jihodga ketish uchun yo'l sumkasi sotib olgan, zagran passport olgan, ota-onasiga aytmasdan survormoqchi bo'lgan qizni ham "bir adashibdi ekan-da, shunga ota go'ri qozixonami" qabilida fikr bildiradigan jamiyatda reformalarning og'ir kechishi turgan gap-u, lekin rivojlangan davlatlardagidek yashashni istar ekanmiz, biz ham rivojlangan davlatlar fuqarolaridek bo'laylik-da!

"Chetda navbatni zo'r kutishadi-da, biznikilar mol" deb turib, o'zimiz garangsirab navbatni chetlab o'tib kirishga urinsak, "chetdagilar 1 ta peshexod bo'lsa ham to'xtaydi" deb turib, yo'l chetida 10 ta piyoda to'planib, mashina to'xtamaganidan oldinga yurgandan so'ng sekinlashib, shunda ham taqab kelib "tezroq yur o jalab" deb baqirsak, "chetda davlat amaldorlari metroda, valasapitda yuradi" deb og'iz ko'pirtirib, "faloncha butun boshli viloyatda hokim bo'lgan, hozir to'kilib qolgan uyda yashaydi hebbimga o'xshab, uni qarindoshi tuman kadastrida ishlab butun boshli torgoviy sentr qurvordi, inomarkada yuradi azamat" deb qo'ysak, qachon o'zgaramiz?

Openbyudjetni unaqa desak, keshbekni bunaqa desak, videoga ob jo'natadiganlarni quloq desak, yashirin iqtisodiyotni yo'qotishga uringanlarni "ketsin" desak, har bir fuqaro soliq to'lashi shart degan partiya rahbarining yuziga oyoq izini qo'yib sazoyi qilsak, qachon rivojlanamiz? Davlat harakat qilyapti, biz og'iz ko'pirtirib maqtaydigan rivojlangan davlat metodlarini qo'llab, biz esa bu islohotlarni sabotaj qilmoqdamiz. Bo'ldi-da endi!
1.5K views10:16
Ochish/sharhlash
2022-10-23 21:30:11 Nega YIA va uning axborot xizmati rahbari haqidagi postni o'chirdim?

Birinchidan, postga yetarlicha reaksiya bildirildi, e'tibor qaratildi, Nodir akaning o'zi kelib, koment yozdi, suhbatga taklif qildi, ochiqligini bildirdi. Boshqa yo'llar bilan bosim qilishmadi, tahdidlar bo'lmadi. (Suhbatga bormayman, qo'rquvdan emas, vaqtim yo'q, ishim va shaxsiy hayotimda qiladigan ishlarim qalashib yotibdi, ham bu mavzuni uzoq chaynashdan hojat yo'q, yozishda davom e'tib, boshqalarni ham bunga da'vat qilsam, o'sha kuni Nodir akaga aytganimdek "kimdir ishdan ketib qolishi mumkin" ) Hazil.

Ikkinchidan, men muammo yozadigan bloger emasman, bir mavzuni uzoq chaynashni istamayman, aytganimdek, postga reaksiya berildi, Sa'dullayev Booktalkschilarga kelasi tadbirni yuksak saviyada o'tkazishni va'da beribdi. Buyog'iga negativ izlashdan hojat yo'q. Bir-birimizdan nafratlanib emas, birlashib yuksak marralarni ko'zlashimiz kerak.

Uchinchidan, o'sha kuni asabiy holatda edik hammamiz, hozirda hamma o'zini bosib oldi.

To'rtinchidan, men ham davlat ishida ishlayman, Agentlik va bizning vazirlik, umuman, hamma davlat idoralari bitta kemada, qarg'a qarg'aning ko'zini cho'qimaydi . Hazil. Bir-birimizning aybimizni izlab emas, birlashib nimadir qilishimiz zarur. Qutblashish, klanlashish, bo'linish yomon oqibatlarga olib kelishini yaqin tariximiz isbotladi, haligacha bu jirkanch illatdan qutula olmayabmiz ba'zi jabhalarda. Biz ham shu an'anani davom ettirsak, xunuk bo'ladi.

Konflikt va nafrat yomon oqibatlarga olib kelmasin.Kayfiyatni ko'taringlar. Dunyoda yaxshi voqealar ham ko'p. Birovga nisbatan g'araz va nafrat yig'maylik. Kelishib, do'st bo'lib yashaylik. Hammamiz bir kemadamiz.
Maqsad - vatanni rivojlantirish.

Uxlama ey o'zbek eli asri taraqqiy vaqtida.
@saroy_minds
1.2K views18:30
Ochish/sharhlash
2022-10-19 10:10:08 Ko'pchiligimiz nomini eshitganda "yagona tirik deputat" shu deydigan, Alisher Qodirov "populist" deganida, butun boshli xalq uning uchun Qodirovni toshbo'ron qilishga tayyor bo'lgan, birortasi bilan o'z ixtiyoriga ko'ra yaqinlik qilib, keyin yigit uylanmay ketganidan so'ng prezidentga videomurojaat qiladigan yoki Amirxonning ko'rsatuviga chiqadigan kontentlarni to'xtamay ko'radiganlar nazdida shu odam eng yuqori lavozimga o'tirsa, "O'zbekiston Amerikadan ham boy bo'lib ketadi", "mamlakatdan poraxo'rlik yo'qolib, muammo qolmaydi" deb hisoblanadigan deputat yaqinda ta'qiqlangan video tarqatgan 18 yoshli qiz (17 yoshida tarqatgan ekan mazkur videoni)ni to'rt yil-uch oyga ozodlikdan mahrum etgan sudyani yosh avlodni sindirishda ayblabdi.

Qiziq, jinoyat kodeksining 55-moddasini juda yaxshi bilgan sudya unga shavqat qilmabdi? Deylik video pornografik ruhda bo'lsa, to'g'ri, sudya bir oz shafqatsizlik qilibdi. Chunki aynan mazkur soha bo'yicha, bir monitoring o'tkazilib, hammamizning yaqin 10 yillik telefondagi harakatlarimiz tekshirilsa, O'zbekistonning 15 yoshdan oshgan qamalmagan fuqarolari juda kam qolsa kerak.

Lekin masala boshqa tomonda. Deylik, qiz o'sha chirkin va manfur Sodiq Samarqandiy yoki Mahmud Abdulmo'min kabi passiv jihodga chorlaydiganlarning videolarini tarqatgan bo'lsa-chi? Yoki ochiq va oydin jihodga chorlaydigan manfur va razil Tohir Yo'ldosh kabi kimsalarning davlatimiz siyosatiga, konstitutsion tuzumga qarshi yo'naltirilgan videolarni tarqatib ochiqcha ekstremizm va xalifat g'oyalarini tarqatgandir? Agar shunday bo'lsa, sudyani olqishlayman. Unaqalar qamalishi kerak! O'zbekiston demokratik va dunyoviy davlat, davlatchilik tizimini shaxsiy e'tiqodi va diniy motivlariga qarab o'zgartirishga harakat qilish, shu asnodagi ma'lumotlarni tarqatish - so'zsiz jinoyat!

O'zi har birimiz qonunlarning ishlamasligidan noliymiz. Lekin mana bunday qonun rostdan ishlab turgan joyda ham, diydiyo-yu, populizmimiz bilan butun internetni boshimizga ko'taramiz. 5000 so'm pora olgan vrach qo'lga tushsa ham, o'quvchilardan noqonuniy pul yig'gan o'qituvchi qo'lga tushsa ham, kamar taqmagan haydovchidan 50 ming so'm pora olgan DAN xodimi qo'lga tushsa ham, umuman, ko'zimizga mayda bo'lib ko'ringan jinoyatlarni sodir etganlar qamalsa ham, yana shunaqa norozi bo'lamiz, "voy-bo', shunga shunchami" deb.

Gruziyani Gruziya qilgan Sakashvilli nega ikkinchi muddatga saylana olmaganini bilasizmi? Sababi u mamlakatni shunday tozalagan-ki, jinoyat qilgan har qanday odam jazosini olgan. Qonunlarni ishlatib yuborgan. Natijada qonunlar ishlashini chin dildan kutgan xalq bu narsani ko'tara olmagan. Chunki 5 ming olgan ham, 50 ming bergan ham, 100 mln olgan ham qamalgan. Kechagina 100 mln olgan odamning qamalganini ko'rib olqishlagan odamlar bugun 5 ming olib u bilan bir xil jazo olganlarni ko'rib ko'rib diydiyo qilgan. Lekin qonun shunaqa bo'lishi kerak. Jinoyat qilding-mi - jazosi muqarrar. Shundagina orzudagi jamiyatni quramiz. Bo'lmasa, 100 yildan keyin ham qaysidir deputatning "4 ta erkakni o'ldirib, go'shtini yegan ayolga sudya 1 yil qamoq jazosi berdi, ayol bechoraning 6 ta bolasi, keksa onasi bor edi, sudya shavqatsiz, iplos, manfur" degan twitiga layk bosib yuraveramiz.

O'zi nima xohlaymiz, aniqlab olaylik, iltimos. Yoki hamma qonunlarimiz ishlasin, namunali fuqaro bo'laylik, aybdorlar ayovsiz jazolansin, yoki odam o'ldirganlarni "buni qamamaylik, aks holda 3 ta bolasi davlat siyosatiga nafrat bilan o'sadi" deya, o'g'irlik qilganlarni "buyam muhtojlikdan qilgan-da, jabrlanuvchi o'zi zakot bermay qo'ygandi" deya, nomusga tekkanlarni "nima qilsin, qizlar hijob o'ramagandan keyin zo'rlanadida" deya, 159-chilarni "shariat bo'yicha demokratiya xarom, islomiy davlat xohlagan-da" deya, pora olganlarni "oyligi kam-da, nima qilsin, orzu-havasi bor" deya haspo'shlaylik! Ikkilik standartlari jonga tegdi!

@saroy_minds
1.5K viewsedited  07:10
Ochish/sharhlash
2022-10-12 11:00:06 Viloyatliklardan tappi hidi keladi, namanganliklar "anaqa" bo'ladi, Xorazmliklar "iplos" bo'ladi, buxoroliklar "moshennik" bo'ladi, qashqadaryoliklar "madaniyatsiz" bo'ladi, vodiyliklardan ehtiyot bo'lish kerak, o'zbeklarni ruslar odam qilgan, tojik bilan yursang qo'lingda oyboltang bo'lsin kabi gaplarni tez-tez eshitib turasizmi? O'zbekistonga xush kelibsiz! Shunaqa fikrlaydigan odamga ming marta meni hidlab ko'rishini, bir paytlar 20 ta bola o'rab olib, "tolpa" qilmoqchi bo'lganida bir namanganlik aka meni eson-omon olib chiqqanini, oxirgi pulini menga berib, o'zi 2 kun ovqat yemagan do'stim xorazmlik ekanini, buxorolik do'stimning qilgan tantiliklarini, qashqadaryolik insonlarning u o'ylaganchalik emasligini, vodiylik do'stlarimning qilgan mardliklarini, o'zbeklardan ruslarsiz ham yetarlicha buyuk insonlar chiqqanini, eng yaqin insonlarim tojik ekanligini ming marta aytmay, eshitmaydi. Chunki u mahalliychi. Chunki u millatchi. Chunki u boshqachasiga yashay olmaydi. Quyida mana shunday fikrlaydigan insonlarga qarshi qanday kurashish kerakligini bildirdim.

Kecha qaysidir bir kafe xodimi qashqadaryoliklarni restoranga kiradigan odamlar emas deya ochiqchasiga kamsitdi. Undan oldin bir toshkentlik azamat viloyatdan Toshkentga kelib, yashab, shahar ekologiyasi to'g'risida qayg'urganlarni ochiqchasiga diskrinimatsiya qildi, undan oldinroq bir mulla xorazmliklarni tahqirlab, ma'ruza qilgandi. Alam qilarlisi har uchala shaxs ham bugun bemalol ishlab yuribdi, yashab yuribdi. Hech nima bo'lmagandek. Balki, ilgaridan-da yaxshiroq yashashmoqda. Ilgarigidanda mijozlari ko'p. To'ylari ko'p.

Jamiyatimizdagi mazkur muammo shu darajada ildiz otib ketgan-ki, (hammasi ham emas, ayrimlari, kam foizi, lekin ularning mavjudligi ham xato-da) Toshkentdagi ruslar, toshkentliklarni past ko'radi, poytaxt aholisi esa katta halqa yo'lidan tashqarida yashaydiganlarni oyoq uchida ko'rsatadi, viloyat markazidagilar tumanlardan kelib ishlaydiganlarni "ayron" deya "erkalaydi", tuman markazidagilar chekka qishloqdagilarni "qishloqi" deya mensishmaydi, hatto-ki, qishloqlarda ham "biz aslzoda urug'idanmiz" deya boshqalardan o'zini ustun ko'ruvchilar borligi haqida eshitganmiz.

To'g'ri, insonning ichki tushunchalarini ming harakat qilsak ham yo'qota olmaymiz. Lekin birlashgan holda hech bo'lmasa bu kabi fikrlarni ochiqdan-oydin bildirishlariga to'sqinlik qilsak bo'ladi-ku!

Amerikada "negr" deb ko'ring, o'zingizni osmaguningizcha qutulmaysiz. Shunda ham qabrtoshingizga "bu odam irqchi edi" deb yozib qo'yishadi, shundan so'ng mazkur qabristondan hamma qabrlar boshqa joyga ko'chiriladi. To'g'ri bir oz mubolag'a qo'shdim, lekin irqchilik, mahalliychilik, millatchilik, bir insonni boshqasidan past ko'rish kabi illatlarga ommaviy nafrat hamda birlashgan "na'latlash va qoralash" bilan javob qaytrarishgina yuqoridagi illatlarni yo'qotishi mumkin. O'sha mahalliychilik qilgan odam televizorga olib chiqilib, sazoyi qilinsin, hamma inflyuenserlar uning rasmlarini qo'yib, nafrat izhor qilsin, ko'cha-ko'yda u bilan hech kim gaplashmasin, u bilan bilmay salomlashib qo'yganlar, qo'lini sovunlab yuvayotganini internetga qo'ysin, u bilan ishlashdan hamma bosh tortsin, bir joyga borib o'tirsa, hamma o'rnidan turib ketsin. Natijada yolg'izlik azobida qolib, qilgan ishidan pushaymon bo'lib, chorasiz qolib, ko'chalarda tentirab yurgan odamni ko'rgan ichida mahalliychilik in qurayotganlar ham bir joylarini qisishadi.

Bizning "ish bitguncha eshakni ham aka de" maqoli singib ketgan jamiyatimizdan yuqoridagidek prinsp va xarakter kutish fantastika bo'lsa-da, yozdim-da, shunchaki. 3-4 kunda baribir hammamizni esimizdan chiqadi. Hayp mavzu bo'lgani uchun yozdim, to'g'risi. Bo'pti.

@saroy_minds
1.3K views08:00
Ochish/sharhlash
2022-09-12 18:25:05 "Buyuk ipak yo'li" metro bekatiga tushib ketar ekanman, qulog'im ostida har kuni istar-istamay chalinagan tovushdan yaxshiroq ovoz jarangladi. "Bitta Openbyudjet ovoziga, bitta 0.5 kola yoki pepsi". Takabburligim tutibmi, yoki uyalganim uchunmi, bilmadim, har doim ularning gaplarini e'tiborsiz qoldirib, zinadan tushib ketardim. Bu safar "mukofot"ning dadilligidan-mi, yoki boshqa sababdanmi (tekin kola yoki pepsi qorin og'ritarmidi ) to'xtab ovoz bergim keldi-yu, ishdan kechroq chiqqanim, uyda intizor bo'lib kutadiganim borligi uchun qaysidir qishloq ko'chasining asfalt qilinishiga 1 ta ovoz kam bo'lishiga sababchi bo'lib qoldim. Hay, ertaga ham tekin kola, ham +1 ovoz bo'lar. Odam o'lmasa, yashayveradi.

Openbyudjet nimaligi to'g'risida juda unaqa ma'lumotga ega emasman. Tasavvurim bo'yicha, davlat o'rtaga pul tashlaydi, qaysi qishloq yoki mahalla ko'p ovoz yig'sa, tegishli pulga ega bo'ladi (Adashgan bo'lsam yozib ketinglar, adashding deb). Qaysi mahalla yoki qishloq ko'p ovoz yig'sa, o'sha hudud aholisi ichki yo'llar asfaltlanishi, maktab qurilishi, ko'prik qurilishi va hk.larga sarflanishi mumkin bo'lgan yaxshigina mablag'ga ega bo'ladi (Albatta, pullar birorta vallomatning uchastka qurishi yoki kalyanxona ochishi uchun yo'naltirilmaydi. Qanaqadir nyuanslari bordir, lekin umuman olganda zo'r loyiha. Ovoz yig'ish uchun qilinayotgan kola tarqatish ham kurashning bir turi. Hayotning o'zi bu kurash, raqobat bor joyda kurash bo'lishi aniq. Eplagan, nimadir qilsin.

Lekin ba'zi qalam va minbar sohiblarining bu jarayonni tanqid qilib, "korrupsiyaning hidi kelyapti" qabilidagi gaplarni pana-pastqamlar, hatto yuqori davralarda baralla jaranglatayotgani dilni xira qilmay qo'ymaydi. (Jumla zo'r tuzilibdi, UzA yoki Xalq so'zida ish-pish yo'mi ).

Shu o'rinda bir narsani aniqlashtirib olishimiz darkor. Tashabbusli byudjet bizga kerakmi? Javobim, ha, kerak. Deylik, ichki yo'llarning asfalt bo'lishini olsak. Mahalladan chiqqan birorta "terpila" yoki "kozyol" tuman hokimiyatiga borib, "qachan bir o'tiramiz, birodar" emas, "qachan ko'chamizni asflat qilasan, noinsop" deganda eshitiladigan shablon gap "dasturga kiritamiz" bo'lardi. Biz esa yuraverardik, "etigimiz kir, poshnamiz loy, g'oz yurarman gerdayib". Hozir esa, menimcha (to'g'risi, to'liq mehanizmini o'qishga erindim), tashabbusli byudjetdan yutilgan pulga rostdan ham ko'chalar asfalt bo'ladi, maktablar quriladi, mahallalar obod bo'ladi. Hokimbuva qachan dasturga kiritar ekan deb sochimiz oqarmaydi. Qaytanga, oddiy xalq ham ko'chasining asfalt bo'lishiga hissa qo'shadi. Kurashadi, kerak bo'lsa, pepsi tarqatadi. Yakunda oddiy xalqning hayoti ozroq bo'lsa ham yaxshilanar ekan, nega endi bunaqa yaxshi mehanizmga, bunaqa raqobat muhitiga "korrupsiya alomatlari bor" deya ola qarash kerak? Nima, kola tarqatayotganlar yutib olinadigan pulga Sijjakdan (boshqa joyni aytmqochi edim, duxim yetmadi) dang'illama dacha quradimi? Yoki Burj-al Halifada dam olib keladimi? Hammasi xalq hayotini yaxshilash uchun-ku! Shunday ekan, nima buncha nafrat-u, nega buncha dard-alam?

Tushunamiz, o'zlari eplay olmagan ishni xalq do'ndirayotganini ko'rib ba'zi mahalliy hokimiyat vakillarining qayeridir achishayotgan bo'lishi mumkin. Axir, byudjet pulining mazkur qismi hokimiyatlarga emas, xalqqa berilganidan so'ng qanchadan qancha uchastkalar qurilmay qoldi, hokimbuvalarning 201 da yuradigan arzandalariga nechtadir Tracker-u, Trailblazerlar (shunaqa yozilarmidi) olinmay qoldi. Ular yig'lamay kim yig'lasun?

Xalqqa ham ozroq vakolat berilsa, yakuniy natija ijobiy bo'lishi aniq. Bunga qanaqa qilib yetib borgani qiziq emas, muhimi, chekka qishloqdagilar ham asfaltli, yangi transformatorli yoki boshqa narsali bo'lib qoladi. Yakuni kimlargadir shu dunyoda manfaatli bo'ladigan har qanday ishni qo'llab quvvatlayman, hatto yig'lab odamlarni ehsonga da'vat qilgan Sanjar Rahimovni ham. Yakunda 25 ta yetim uyli bo'lgan, axir.
@saroy_minds
1.8K viewsedited  15:25
Ochish/sharhlash
2022-09-08 14:00:05 2019-yil dekabrdan buyon, muayyan tanaffuslarni, o'chirish va noldan tiklashlarni inobatga olmaganda, kanal yuritib kelmoqdaman. Shu payt ichida ko'ngil buyurganlarini yozdim, ba'zida buyurmaganlarini ham yozdim. Gohida esa buyurganlarini ham yoza olmadim.
Ikki yarim yil ichida juda ko'p insonlar bilan do'stlashdim, hatto eng yaqin insonim bilan ham kanal ochganimdan so'ng tanishdim. Ba'zi insonlar bilan yuz-ko'rmas bo'ldim, bir qancha insonlar bilan "sen-men"ga bordim. Ba'zi insonlarga nisbatan pastkashlik qildim, ba'zi insonlar esa menga nisbatan pastkashlik qildi. Hammasi kanal sababli.

Lekin biror marta kanalimga o'zimning shaxsiy muammoim, hayotimda bo'lib o'tgan voqea-hodisa, kimdir bilan yuzaga kelgan kelishmovchilik haqida yozmabman. Bunga imkonim ham yetardi, auditoriyam ham bemalol meni qo'llab-quvvatlardi. Juda ko'p blogerlar bilan yaqinligim muammoimni hal qilinishiga, men bilan kelishmovchilikka borgan "klaviatura qirol"ining yanchib tashlanishiga hissa qo'shishi aniq edi. Biroq bunday ishlarni qilmaganimning sababi oddiy - meni odam deb kuzatadiganlarning hurmati.

Albatta, axborot asrida kimdir bilan kelishmovchilikni yoki shaxsiy muammosini hal qilish ilinjida yurgan odamlarda qanchadir miqdordagi auditoriya bo'lsa, itdek quturib ketadi (Lekin quturgan it qachondir otib o'ldirilib, jamiyatdan itqitilib yuborilishini aql sohiblari yaxshi biladi).

Omadimiz kelib, bir hovuch odamlar nazariga tushibmiz, boshqalarga fikrlarimiz qiziq ekan, auditoriya to'plabmiz. Bundan o'z shaxsiy manfaatimiz yo'lida foydalanishimiz, hayotimizda ro'y bergan omadsizliklar, tushunmovchiliklar, kelishmovchiliklar haqida yozish men uchun pastkashlik. Bunaqa ishlardan tepada turishi kerak o'zini xurmat qilgan inson.

Hech birimiz mukammal emasmiz, dunyoni tutib turgan ustun ham emasmiz. Abdulla Qahhor ta'biri bilan aytganda "osmon qulab tushsa, ushlab qolaman deb ipdek oyog'ini ko'tarib turgan" sinchalaklarmiz, xolos.

@saroy_minds
1.4K viewsedited  11:00
Ochish/sharhlash
2022-05-31 12:10:11 Burjua dunyosining asl basharasini o'z ko'zi bilan ko'rib, undan jirkana boshlagan va bu olamni ularga qoldirib, chin va sinflarga bo'linmaydigan dunyo (yo'qlik) izlab ketgan og'am Martin Idenga xat...

Sendek olijanob va mard, chirkin va jirkanch insonlarga to'la hayotda yashashdan or qilgan inson bilan bir necha kunga (va umrbod) do'st tutinganimdan juda ham baxtiyorman. To'g'ri, sen umringni bir paytlar sen bilan salomlashishga nomus qilgan odamlarning iltimos qilib chaqirgan ziyofatlarida o'tkazib vaqtichog' o'tkazsang bo'lardi. Lekin sening ichingda o'lmagan insoniylik degan tushuncha bunga yo'l qo'ymadi. To'g'ri, sen qolgan umringni ikkiyuzlamachi va manfur yuqori sinf vakillarining asl basharasini ochish bilan o'tkazsang bo'lardi. Lekin ular shu qadar ko'p edi-ki, birining boshini kessang, o'rnidan uchtasi o'sib chiqardi.

Oxirgi yigirma besh kunimni o'z iztiroblarim qolib, sen chekkan zahmatlarga achinib o'tkazdim. Uch yuz oltmish bet qo'ling pul ko'rishini, hisobingda yuz minglab dollar qalashib yotishini sendan-da ko'proq istadim. Ruf seni tushunmasdan, boshqa ish qilishga majburlaganda, hayolan sening tarafingni oldim. O'z qarindoshlaring sendan yuz o'girganida, ularning basharasiga tupurdim. Noshirlar asarlaringni rad etganida bu asarlar hali jahon durdonalari safidan o'rin olishi to'g'risida behuda va'z o'qidim. O'ttiz olti soatlab tuz ham totmay yurganingda hozirgi zamon noz-ne'matlaridan senga atab dasturxon yozdim... Lekin hayoliy olam bilan chin olam o'rtasida bog'liqlik mavjud bo'lmagani bois sen meni ko'ra olmading... Yaxshiyamki, Mariya, Brissenden kabi yaxshi insonlar bor ekan. Ular men qilmoqchi bo'lgan ishlarni amalga oshirdi. Shunaqa yaxshi insonlar borligi sabab ham yer o'z o'qidan chiqib ketmayapti...

Nihoyat qo'lingga katta pul kela boshlashi bilan biram quvondim, biram quvondim-ki. Endi senda bir paytlar seni mensimagan, sening kelajagingga ishonmagan odamlarga tepadan nazar tashlab, ularni istagancha ezg'ilab tashlash imkoni paydo bo'lgandi. Higginbotam kabi bir paytlar ustingdan ig'vo xati yozgan kimsalarning basharasiga bir necha ming dollarni otib yuborganingda, bir paytlar sendan yuz o'girib, biroq puling ko'payib, shuhrating ortgani ortidan "Sigaret cheksangiz ham, so'kinsangiz ham sevaveraman" deb surbetlarcha yolg'on gapirgan Rufga ko'chani ko'rsatib qo'yganingda sendan ko'p lazzat oldim.

Nihoyat, bu ikkiyuzlamachilik va riyokorlik haddan oshib ketgan dunyoda senga joy yoqligini anglab yetib, tanangni cheksiz ummonga, ruhingni farishtalarga topshirish qaroringdan ham xafa bo'lmadim. Zero, bu chirkinlik va manfaatparastlik in qurgan burjuaziya olamida sendek asl kishilar butun umr azoblanishga mahkum. Undan ko'ra chin va sinflarga bo'linmaydigan dunyo (yo'qlik)ga ketganing ma'qulroq. Qachondir sen bilan ko'rishganimda, seni mahkam quchib, bu dunyodan asl inson sifatida ketganing uchun rahmat aytaman. Hozircha esa sening o'rningga hozirgi zamonaviy burjua dunyosining ikkiyuzlamachiligidan nafratlanib yashayveraman. Oxirgi yigirma besh kun uchun senga rahmat, Martin. Ko'rishguncha...
@saroyminds
6.6K views09:10
Ochish/sharhlash
2022-05-06 10:21:06 "Girdob"ni tugatdim-u, asarni o'qish jarayonida yuzaga kelgan qandaydir tushunarsiz hissiyot yanada kuchayib tanamni nazoratdan chiqarar darajaga yetdi. Miyamdan kechayotgan ijobiy-salbiy o'ylar bir-biriga chuvalashib, ajriqdek ongimni chirmashtirib tashladi.

Farazimda asar qahramonlarining ko'ngliga bir-bir qo'l solib ko'rdim. Kibr botqog'iga quloqlarigacha botgan Muhiddin Jabborovich, amaliga gard yuqtirmaslik va shon-shuhrat uchun hech narsadan tap tortmaydigan Rasul Olloyorovich, haqiqat yuzaga chiqishi uchun hech nimadan tap tortmaydigan Mahamat "chatoq", o'ziga haddan tashqari bino qo'yib, har qanaqa pastkashlikni ham olijanoblik deya haspo'shlaydigan Yo'ldosh...

Faqat ikki insonning yoniga yaqinlashishga jur'at eta olmadim. Birinchisi Aziz, ikkinchisi Saltanat. Bu qahramonlarning portreti shu darajada chizilgan-ki, garchi biz Saltanatning erini pichoqsiz so'yishidan g'azablansak-da, Azizni ishga berilib ketib oilasiga e'tibor bermay qo'ygani uchun koyisak-da, ishoning bu voqealar bo'lmaganida "Girdob" hozirgidek o'zbek adabiyotining yetuk romanlaridan biri hisoblanmasdi.

Albatta, hayot bizning yo'rig'imizga yurmasligi rost. "Men qilaman o'ttiz, xudo qiladi to'qqiz" kabi maqol ham bejizga emas...

Usmon Nosirning she'rida bir misra bor.

Otello haqlimi? Shoir jim...

Dezdemonani o'ldirgan Otello haqlimidi? Kumush fojiasida kim aybdor? Tosh ko'ngilli Beatriche "gadosan" deya nari qochmaganda Dante baxtli bo'larmidi? Perelmandan bir kun oldin Puankare teoremasini isbotlashga yaqin kelib, xafsalasizlik qilib ishni paysalga solgan noshud olim o'shanda ishni bitirib, e'lon qilganida nima yuz berardi? Bilmadim. Bu kabi savollar bir necha asrlardan beri insonlarni qiynab kelmoqda. Lekin hech kim aniq javob bera olmaydi. Chunki adabiyot bu matematika emas, aniq javob beriladigan. Adabiyot - dunyoning sakkizinchi mo'jizasi.

Adabiyot, shunaqa. Qiynaydi, o'rtaydi. To'qib chiqarilgan qahramonlar ustida yillab mulohaza yuritamiz, ularga achinamiz, ular uchun yig'laymiz. O'ylab topilgan voqealarni muhokama qilamiz, boshqacha bo'lganda qanday bo'lardi deya bosh qotiramiz. Birgina asar inson miyasidagi o'ylarini va qalbidagi tuyg'ularni o'zgartirib yuborishi adabiyotga qiziqmaydiganlar uchun kulgili tuyulishi mumkin, lekin adabiyot ixlosmandlari baribir "o'ylab topilgan safsata" ni deb o'rtanaverishadi, o'ylayverishadi, yig'layverishadi. Qizig'-a?

Aslida o'qigan kitoblarim to'g'risida doimo yozavermayman. Lekin "Girdob" meni juda ham ta'sirlantirib yubordi. Bardoshingiz yetsa, o'qishni tavsiya etaman. Har holda, o'zbek adabiyoti bilan tanishmasdan turib, mensimay qarash kuchaygan davrda milliy romanchiligimizda mana shunday tagi pishiq, syujeti puxta, hamma joyi "ot i do" bo'lgan romanni o'qib, bir necha yuzlab o'zbek adabiyoti durdonalari ichida o'zining o'rniga ega bo'lgan asardan kerakli ma'naviy ozuqani olishingizga ishonaman. Kafolat beraman ham. Endi navbat "Martin Iden"ga.
@saroyminds
3.2K views07:21
Ochish/sharhlash
2022-05-04 18:52:37 Sardor Rahimxonning fondi yopilibdi. Albatta nega yopgani bizga qorong'u, lekin bir narsa aniq: bizda bu fond yopilishiga Sardor Rahimxonning "hatolarni (aslida "xatolar" bo'ladi, mayli, "Yurak amri" SMMchisining savodini muhokama qilmaymiz) oldini olish, o’zimizni isloh qilish, oldindagi katta rejalarga kuch va bilim to’plash uchun, Halqimiz ("Xalqimiz" bo'ladi - dunyoni to'xtating, men tushib qolay) va Yurtboshimiz oldilarida yuzimiz doim yorug’ bo’lishi uchun" deb aytgan gaplariga ishonishdan o'zga choramiz yo'q. Shaxsan men ishondim. Miyamda ortiqcha fikrlar paydo bo'lmadi.

Lekin internetdagi komentlarga e'tibor qaratar ekanman, juda ko'pchilik "tepadagilarga yoqmagan", "dolya bermagan", "o'zidan obro'si oshib, o'rniga o'tirishidan qo'rqqan", "yaxshi ishlar qilgan odamni ko'ra olishmaydi" degan gaplarga ko'zim tushdi.

Albatta, Sardor Rahimxonni hurmat qilaman, u qilgan ishlarni men hech ham qila olmasam kerak. Garchi boshqalarning puli va mehnati evaziga qilgan bo'lsa ham, bir necha ming odamni 25 ta yetim uchun uy qurishga jalb eta olish uchun juda katta tashkilotchilik qobiliyati talab etiladi. O'ylaymanki, vaqtinchalik bu ishlarni tark etgan Sardor Rahimxon tez orada faoliyatini tiklaydi. Yig'lab odamlarni jalb qiladimi, Payg'ambarimiz (s.a.v.) tushlariga kirgani to'g'risida axborot beradimi, din orqali odamlarni ehson qilishga da'vat qiladimi, fakt, men uchun 25 ta yetimning uy-joyli bo'lgani muhimroq.

O'tgan yilimi, bu yilimi, Solixon domlani masjid imom-noibligidan ketkizilgani to'g'risida Musulmonlar idorasining axboroti chiqqan edi. Bu axborotda domlaning "o‘tgan davr davomida Diniy idora Solixon domla Ortiqxo‘jayevning faoliyatidan kutilgan natijalarni olmadi. Domla birinchidan, aksariyat vaqtini turli hududlarda istiqomat qiluvchi muxlislari taklif etgan to‘y-marosimlarga sarflab, ikkinchi tomondan, yashash manzili uzoqda ekanini sabab qilib, biriktirilgan masjidda to‘laqonli ishlagani yo‘q"ligi aytilgan edi. Albatta, bu yerda ham, mamlakatimizning amaldagi hukumatini ongli ravishda saylagan fuqaro sifatida Musulmonlar idorasi tomonidan berilgan bayonotga ishongan edim. Lekin, taassufki, bu vaziyatda ham ba'zi odamlar "domla haqiqatni aytgani yoqmadi", "domlani ko'ra olishmadi", "o'zi haqiqatni aytgan odamni doimo chopishadi" qabilidagi fikrlar bildirishgandi.

Albatta, har ikki vaziyatda ham, berilgan rasmiy bayonotlar haqiqatga yaqin. Men uchun shunaqa. Sardor Rahimxonga hech kim "fondingni yop, yo'qsa i.t.r.m.n" demagan bo'lsa kerak. Yoki Solixon domlaga nisbatan parda ortidagilar "domla odamlarni haq yo'lga boshlayapti, davay, uni chopamiz" demagani ehtimoli ham balandroq.

Lekin odamlarimiz ikkinchi konspirologiyaga ishonib qolishayotgani bir tomondan achinarli, bir tomondan qo'rqinchli. Internetda ibratli video oladiganlar, xayriya ishlarini amalga oshiradiganlar, to'yda (ha, to'yda, masjiddagi ishni tashlab borilgan to'yda) odamlarning sigaretini yig'ib chiqadiganlar, bir nechga zombilarni o'ziga jalb qilib olib, "ustoz" maqomini olgan psevdo-diniy-biznes-trenerlar (yangi atama) to'satdan toshga qoqilib ketib, boshi yorilsa ham davlat aybdor bo'laveradi. Bo'ri yesayam, yemasayam og'zi qon bo'laveradi. Yaqinda bir odamlardan pul olib treyding bilan shug'ullangan neo-Ahmadboyni ushlagan organ xodimlarini "odamlarni boy bo'layotganini ko'rolmayotgan", "savob ishlar qilib, tilidan Alloh tushmayotgan halol tadbirkorni ko'rolmagan" ga chiqarishgandi. Buning oxiri qayerga olib boradi? O'ylab, o'yimga yeta olmayapman.
Shu joyda tugata qolay. O'ylamaganim ma'qul. Sardor akaning ishlariga omad. Tezroq faoliyatini tiklasin. 25.000 yetimga uy qurish nasib etsin. Xudo hammaga insof bersin. Ertadan ishga chiqamiz. Ertaroq uxlanglar.
@saroyminds
2.4K viewsedited  15:52
Ochish/sharhlash