Get Mystery Box with random crypto!

Sanjar Xo‘ja

Telegram kanalining logotibi sanjar_xoja — Sanjar Xo‘ja S
Telegram kanalining logotibi sanjar_xoja — Sanjar Xo‘ja
Kanal manzili: @sanjar_xoja
Toifalar: Bloglar , Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 16.27K
Kanalning ta’rifi

HAYOT- MUSOBAQA MAYDONI EMAS...
Youtube: https://m.youtube.com/channel/UC4QRQxiGGAID-F5DjgvcX9A

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 21

2022-09-02 14:14:41
Shimoliy Koreya.
Marhum Prezidentni xotirlash marosimi.

@sanjar_xoja
6.8K views11:14
Ochish/sharhlash
2022-09-01 16:55:28
Bu yilgi mustaqillikka bag‘ishlangan tadbirdan xursand bo‘ldim.

Birinchisi, davlatchiligimiz tarixidagi bayroqlar ko‘tarildi. Ikkinchisi, Turkiston muxtoriyati nomi jarangladi. Cho‘lponning "Go‘zal Turkiston" marshi aytildi. Tadbir tashkilotchilariga ming rahmat!

Endi, asosiy ish bor. Respublika shaklidagi yangi o‘zbek davlatchilik 1924-yildan, deb ko‘rsatiladi. Shuni 1917-yil deb belgilash kerak. Ya'ni Turkiston muxtoriyatidan to bugungacha davom etyapti. Shunda, poydevor sog‘lom bo‘ladi. Sovetcha va komunistcha an'ana va tushunchalardan qutulishga ham sabab bo‘ladi.

Turkiston muxtoriyati haqida ma'lumot:




@sanjar_xoja
4.0K views13:55
Ochish/sharhlash
2022-08-31 14:05:05
Qonunbuzar "Range Rover"ni videoga olgan kishi qidirilmoqda. To‘g‘ri-da. Nima haqqi bor. Dunyo qaynotasimidi?!

Anaqa... Mashinaning raqamiga e'tibor bermaymiz.

Buni montaj deb o‘ylasangiz:




Agar bexabar bo‘lsangiz:
https://kun.uz/uz/news/2022/08/30/range-rover-avtomobilida-xavfli-tarzda-harakatlangan-haydovchiga-chora-korildi

@sanjar_xoja
4.6K views11:05
Ochish/sharhlash
2022-08-30 18:43:08
Бу қанақа таълим а?

ЎФШИ эмас, Ў6WИ бўлади!

@sanjar_xoja
5.6K views15:43
Ochish/sharhlash
2022-08-29 19:16:09
Xorij tajribasi

Turkiya - Sekulyar davlat, ya'ni dunyoviy davlat. Istanbulda Fatih tumani bor. Fatihdagi "Chorshanba bozori" ko‘chasida yursangiz, ko‘plab qora kiyimli ayollar, soqolli va sallali erkaklarni ko‘rasiz.

5 kilometr nariga borsangiz, "Istiqlol" ko‘chasi. U yerda mutlaqo boshqa muhit hukmron. Bunchalik zid muhit va qarashlar bo‘lsa ham, jamiyat tinch.

Nega?

Chunki davlat insonlarning huquqini himoya qiladi. Masalan, o‘tkan hafta mashhur qo‘shiqchi Gulshan qamaldi. Aybi bir og‘iz gapi edi:
"U diniy ta'lim olgan, shuning uchun buzuq-da".

Ikki yil oldin aktrisa Deniz Chakirga nisbatan jinoiy ish ochilgandi. Sababi, restoranda bir xijobli ayolga:
"Bunaqa kiyim senga yoqsa, bor Arabistonda yasha", degani uchun.

Yoki, aksincha. Diniy maruzachilarga nisbatan ham odamlar sudga murojaat qiladi. Odamlar dardini o‘rmon qonuni bilan emas, davlat qonuni bilan yechadi. Chunki, Turkiya - huquq va qonunga asoslangan dunyoviy davlat.

@sanjar_xoja
6.5K views16:16
Ochish/sharhlash
2022-08-29 15:56:54
"G‘arb feminizm g‘oyasini bizga yoymoqda" degan dod-voyni ko‘rsam, ajablanaman. G‘arb ayollarni himoya qilmoqchimi? Marhamat, sen ayollarni himoyaga muhtoj qilma. Xorlama, o‘ldirma! Birov xorlasa, jim qarab turma. Chunki u ayol sening singling. Ham millat, ham din bo‘yicha singling. Beparvo bo‘lma!

Ikki er nega o‘z xotinini o‘ldirdi? Jamiyatdan qo‘rqmaydi. Chunki, odamlar "aralashma" degan gapni sevadi. Davlatdan ham qo‘rqmaydi. Chunki soqqa bilan ko‘p ishlarini tinchitib kelgan. Qotillar!

Xo‘sh, endi, sud adolatli hukm chiqaradimi?
Bu hukm boshqalarga ibrat bo‘ladimi?

Menimcha yo‘q. Chunki ko‘pchilik islohotga ham ishonmaydi, sudga ham. Buni o‘zi tan olmasa-da.

Isbotlaymi? Dindorlar va ularga qarshi toifalar o‘rtasida so‘zli jang ketyapti. Har ikki taraf bir-biriga og‘ir gaplar aytdi. Lekin hech kim sudga murojaat qilmadi. Bu qonun va sudga ishonchsizlik emasmi?

@sanjar_xoja
5.5K views12:56
Ochish/sharhlash
2022-08-28 12:45:08
@sanjar_xoja
7.4K views09:45
Ochish/sharhlash
2022-08-25 20:38:11
Abdujalil Abduvahidov ishdan olindi. U yoshlar, fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha Prezident maslahatchisi edi.

O‘rniga kim maslahatchi bo‘lishi qiziq. Agar Alisher Sa'dullayev bo‘lsa, hursand bo‘laman.

Agar Abdujalil Abduvahidovning qudasi Ortiqxo‘jayev bo‘lsa... Bilmadim.

Siz nima deb o‘ylasiz?

@sanjar_xoja
10.3K views17:38
Ochish/sharhlash
2022-08-24 21:11:31
Yaponiyaliklar har oy oladigan nafaqa puli qancha?

@sanjar_xoja
17.9K views18:11
Ochish/sharhlash
2022-08-24 19:07:10
Oliy ta'lim imtihonida yoshlarning natijasini bilgandirsiz. Bu holat Yaponiya yoki Janubiy Koreyada bo‘lsa alg‘ov-dalg‘ov vaziyat boshlanardi. Hukumat iste'foga chiqar, amaldorlar kechirim so‘rardi. Yoshlarga sifatli ta'lim tizimi shakllantirmagani uchun.

Bizda esa jim-jit. Negadir men xijolat bo‘lyapman. Xatoyimni xalq oldida tan olgim kelyapti. Xalqdan yalinib - yolvorib, kechirim so‘ragim kelyapti.

Xuddi... boshqa odam emas, men 13 yil Bosh vazir, 6 yil Prezidentlik qilayotgandek!

Buni fanda "ispancha sharmandalik" dermidi?

@sanjar_xoja
14.5K viewsedited  16:07
Ochish/sharhlash