Get Mystery Box with random crypto!

Sanjar Xo‘ja

Telegram kanalining logotibi sanjar_xoja — Sanjar Xo‘ja S
Telegram kanalining logotibi sanjar_xoja — Sanjar Xo‘ja
Kanal manzili: @sanjar_xoja
Toifalar: Bloglar , Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 16.61K
Kanalning ta’rifi

HAYOT- MUSOBAQA MAYDONI EMAS...
Youtube: https://m.youtube.com/channel/UC4QRQxiGGAID-F5DjgvcX9A

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 22

2022-08-24 09:22:26
Oliy ta'lim imtihonlarining natijasi e'lon qilindi. Yoshlardan 550102 kishi 56,7 baldan past natija oldi. Bu natija meni ajablantirmadi. Nima ekilgan bo‘lsa, shu o‘rildi. Chunki:

-Xo‘kizni puliga diplomli bo‘lganlar mansabga keldi. Ular amaldor, deputat va senator bo‘ldi;

-Ta'limga e'tibor berilmadi. O‘qituvchilar qora ishchiga aylantirildi. Ko‘cha supurgan, devor bo‘yagan, paxta tergan kim? O‘qituvchi!

-Ularning maoshi kam, qog‘ozbozligi ko‘p, javobgarligi esa tog‘dek edi. Asosiysi, uchta vazifani bajarsa bo‘ldi: O‘quvchilarning davomati, formasi va siyosiy propoganda.

Imtihon natijasi ekilgan o‘sha urug‘larning mevasidir. Ota-onalar "bolam sifatli ta'lim olsin" deb soliq to‘laydi. Oshga pul to‘lab, evaziga atala olsa-yu, yana ayb ota-onadami?

Yo‘q, tizimda. Shu tizimni boshqargan, hissasi bo‘lgan, amaldor-u deputatlar aybdor.

"Biz ongli ravishda insonlarni ongsizlashtirdik".
Shavkat Mirziyoyev

@sanjar_xoja
17.6K views06:22
Ochish/sharhlash
2022-08-22 21:03:33
Bu qiz - malika Amaliya. Yonidagi esa qirol. Niderlandiya - monarxiya davlati. Davlat rahbari- qirol, mamlakat boshqaruvi esa parlamentda. Rasmda, Niderlandiya qiroli va qizi.

Malika Amaliya yaqinda 18 yoshga to‘ldi. Qonun bo‘yicha, qirol oilasi voyaga yetsa, 1,5 million yevro oladi. Mustaqil hayotini shakllantirish uchun.

Lekin malika bu pulni rad qilib shunday dedi:
"Pandemiya vaqtida odamlar qiynaldi. Bu pullar ularning soliqlaridir. Men uni ololmayman. Hamda bu pulni olishga loyiq hech bir ish qilmadim..."

Bo‘ydoqlar uchun ma'lumot:
Malika Amaliya Amsterdam Universitetida o‘qiydi. Hamma talabalar qatori oddiy yuradi. Qo‘riqchilari va haydovchisi yo‘q. O‘qishga velosipedda boradi.

@sanjar_xoja
11.9K views18:03
Ochish/sharhlash
2022-08-22 11:32:45
O‘zbekiston - monarxiya emas, Respublika.

@sanjar_xoja
10.0K views08:32
Ochish/sharhlash
2022-08-21 19:40:42
Elizabet II degan xola bor. Britaniyaning qirolichasi. U Kanada va Avstraliya kabi ko‘plab davlatlarning ham qirolichasidir.

Shu xolaning 18 yoshli nevarasi yozda ishlabdi. Qayerda deysizmi? Oddiygina gul sotish markazida. U yerda kassirlik qilib, mijozlarga xizmat ko‘rsatibdi. Gultuvaklarni almashtirib, o‘simliklarni sug‘oribdi...

Oyligi - har bir soatiga 90 ming so‘m. Bu raqam Britaniyadagi eng kam oylik ish haqi hisoblanadi.

Oramizda bo‘ydoqlar bor. Balki, ularning hayolidan qiz ishlayotgan joyga borish o‘tayotgandir. Ajab emas, ishdagi ishq, romantika bo‘ladi, deb...

Britaniyadagi kuyovlar biznikidek shataloq otolmaydi. Xalq noshukur va negativchi. Soliq pullarini nazorat qiladi. Har ishingizni kuzatib turadi. Bir noto‘g‘ri harakat qilsangiz, patingizni yulishadi. Bu fikringizdan qayting!

@sanjar_xoja
10.7K views16:40
Ochish/sharhlash
2022-08-21 18:02:57
Turkiyalik oddiy o‘rmon ishchisining siyosiy tushunchasi.

@sanjar_xoja
14.4K views15:02
Ochish/sharhlash
2022-08-21 13:28:28
Ziyoli deb kimga aytiladi?

@sanjar_xoja
10.2K viewsedited  10:28
Ochish/sharhlash
2022-08-20 13:28:41
Bu yig‘ilishga 4 yil bo‘ldi. Bugungi kungacha vinochilik ancha rivojlandi. Vinochilikni rivojlantirish agentligi ham tashkil qilindi. Xalq pulidan katta mablag‘lar ajratildi. Tashqi qarzlarning bir qismi vinochilikka yo‘naltirildi.

Anaqa...

Endi nima bo‘ladi?

@sanjar_xoja
9.5K views10:28
Ochish/sharhlash
2022-08-20 10:36:26
Dushanba kuni, Prezidentimizning Umra ibodatidan keyingi ilk ish kuni.
Hissiyotimiz bosilgan bo‘lsa, o‘ylab ko‘raylik:

-Xalqning pulini himoyasi uchun, ismi mansabi aniq bo‘lgan o‘g‘rilarga qarshi kurashiladimi?
-Oziq-ovqatdan to mashinagacha bo‘lgan monopoliyaga yo‘qotish uchun nima qilinadi?
-Dindorlarni bezovta qilgan 666-qaror bekor bo‘ladimi?

@sanjar_xoja
11.2K viewsedited  07:36
Ochish/sharhlash
2022-08-19 18:42:03
Sutdan og‘zi kuygan, qatiqni puflab ichadi. Aldanishni xohlagan inson esa, har davrda topiladi. Shuning uchun, bobolarimiz aytgan: "Daryodagi suvni ko‘rmay, kiyimni yechma".

@sanjar_xoja
13.7K viewsedited  15:42
Ochish/sharhlash
2022-08-19 16:24:41
O‘zbekiston Prezidenti Umra ibodatini bajardi. Alloh qabul qilsin. Bundan xursandman bo‘ldim. Bu xursandchilikni baham ko‘rishga shoshilmayapman. Chunki, bu ibodatdan keyin Prezidentni haqiqiy sinov kutyapti. Masalan,

-Diniy ta'limga erkinlik beriladimi?
-Soqol va hijobga xujum qilganlar jazolanadimi?
-Davlat tashkilotida ro‘molli ayollar ishlay oladimi?
-Masjidlar ochilishi osonlashadimi?
-Qur'on musobaqalari tiklanadimi?
...va boshqa ishlar.

Eng asosiysi, saylovdan oldingi va'dalar bajariladimi? Minbardagi gaplarning ijrosi bo‘ladimi?

Chuchvarani xom sanagandan ko‘ra, jo‘jani kuzda sanagan afzalroq. Chunki, sutdan og‘zi kuygan, qatiqni ham puflab ichadi. Shuning uchun sanamay sakkiz deyishga shoshilmadim, ya'ni xursandchiligimni. Yetti o‘lchab, bir kesish yaxshi-da, to‘g‘rimi?

@sanjar_xoja
11.7K views13:24
Ochish/sharhlash