Get Mystery Box with random crypto!

'G‘arb feminizm g‘oyasini bizga yoymoqda' degan dod-voyni ko‘r | Sanjar Xo‘ja

"G‘arb feminizm g‘oyasini bizga yoymoqda" degan dod-voyni ko‘rsam, ajablanaman. G‘arb ayollarni himoya qilmoqchimi? Marhamat, sen ayollarni himoyaga muhtoj qilma. Xorlama, o‘ldirma! Birov xorlasa, jim qarab turma. Chunki u ayol sening singling. Ham millat, ham din bo‘yicha singling. Beparvo bo‘lma!

Ikki er nega o‘z xotinini o‘ldirdi? Jamiyatdan qo‘rqmaydi. Chunki, odamlar "aralashma" degan gapni sevadi. Davlatdan ham qo‘rqmaydi. Chunki soqqa bilan ko‘p ishlarini tinchitib kelgan. Qotillar!

Xo‘sh, endi, sud adolatli hukm chiqaradimi?
Bu hukm boshqalarga ibrat bo‘ladimi?

Menimcha yo‘q. Chunki ko‘pchilik islohotga ham ishonmaydi, sudga ham. Buni o‘zi tan olmasa-da.

Isbotlaymi? Dindorlar va ularga qarshi toifalar o‘rtasida so‘zli jang ketyapti. Har ikki taraf bir-biriga og‘ir gaplar aytdi. Lekin hech kim sudga murojaat qilmadi. Bu qonun va sudga ishonchsizlik emasmi?

@sanjar_xoja