Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum Sizni Qurbon bayrami bilan tabriklayman! Bu | Sanjar Xo‘ja

Assalomu alaykum
Sizni Qurbon bayrami bilan tabriklayman!

Bu muqaddas kunda hammamiz uchun duo:
- Rost va yolgʻonni aslicha koʻraolish nasib boʻlsin!
- Qahramon kelishini kutmay, oʻzimizni qutqarish va himoya qilish nasib boʻlsin!
- Kelajak avlodni ayblayvermay, oʻz aybimizni koʻrish nasib boʻlsin!
- Ayollarga kelajak avlodning tarbiyachisi sifatida qarash va qadrlash nasib boʻlsin!
- Shaxslarni mansabi, boyligi va obroʻsiga emas, insoniyligiga koʻra hurmat qilish nasib boʻlsin!
- Serial koʻrib, undagi obrazga achinib, oʻz bolasini och qoldirganlardan oʻxshamaylik. Dunyodagi adolatsizlikni gapirib, burnimiz tagidagi nohaqlikka qarshi kurashish nasib boʻlsin!
- Vaqtimiz, har nafasimiz Hamster yigʻishdan qadrli ekanimiz anglash nasib boʻlsin!
- "E siyosatni gapirishdan foyda yoʻq" deganlarga hayotida toʻlib yotgan foydasiz futbol, artist va moshina mavzularidan tiyilish nasib boʻlsin!
- Bizga nimaiki xayrli boʻlsa, hammamizga nasib boʻlsin!

@sanjar_xoja