Get Mystery Box with random crypto!

Sanjar Xo‘ja

Telegram kanalining logotibi sanjar_xoja — Sanjar Xo‘ja S
Telegram kanalining logotibi sanjar_xoja — Sanjar Xo‘ja
Kanal manzili: @sanjar_xoja
Toifalar: Bloglar , Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 16.27K
Kanalning ta’rifi

HAYOT- MUSOBAQA MAYDONI EMAS...
Youtube: https://m.youtube.com/channel/UC4QRQxiGGAID-F5DjgvcX9A

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 23

2022-08-19 16:24:41
O‘zbekiston Prezidenti Umra ibodatini bajardi. Alloh qabul qilsin. Bundan xursandman bo‘ldim. Bu xursandchilikni baham ko‘rishga shoshilmayapman. Chunki, bu ibodatdan keyin Prezidentni haqiqiy sinov kutyapti. Masalan,

-Diniy ta'limga erkinlik beriladimi?
-Soqol va hijobga xujum qilganlar jazolanadimi?
-Davlat tashkilotida ro‘molli ayollar ishlay oladimi?
-Masjidlar ochilishi osonlashadimi?
-Qur'on musobaqalari tiklanadimi?
...va boshqa ishlar.

Eng asosiysi, saylovdan oldingi va'dalar bajariladimi? Minbardagi gaplarning ijrosi bo‘ladimi?

Chuchvarani xom sanagandan ko‘ra, jo‘jani kuzda sanagan afzalroq. Chunki, sutdan og‘zi kuygan, qatiqni ham puflab ichadi. Shuning uchun sanamay sakkiz deyishga shoshilmadim, ya'ni xursandchiligimni. Yetti o‘lchab, bir kesish yaxshi-da, to‘g‘rimi?

@sanjar_xoja
11.7K views13:24
Ochish/sharhlash
2022-08-18 11:58:57
Takrorda foyda bor...

@sanjar_xoja
11.2K views08:58
Ochish/sharhlash
2022-08-18 09:51:04
"Hey, Kovalski, Riko. Diqqat qiling.

"Namoz o‘qish - inson o‘zi uchun bajaradigan amal. Bu uning Alloh oldidagi majburiyati. Qabul bo‘ladimi yo‘qmi, Alloh biladi.

Insonni xalq oldidagi majburiyati, mas'uliyati, vazifasi ham bor. Agar xalq unga omonat qilib mansab bergan bo‘lsa.

Alloh musulmon kishidan hamma gunohlarni kechirishi mumkin. Faqat... Odamlarning haqqidan tashqari."

deb yozib o‘tirmang. Chunki, yana negativ, deb gapirishadi. Shunchaki, qo‘l siltang va jilmaying!"

@sanjar_xoja
9.7K views06:51
Ochish/sharhlash
2022-08-17 14:18:39
O‘rmonni bir gugurt donasi bilan yoqib, kul qilish mumkin. Gugurt - daraxt taxtasidan yasaladi.

Ming yillik daraxtlarni bitta bolta bilan qulatish mumkin. Boltaning sop ham taxta.

Ruslashtirish siyosatida ham bosqinchilar o‘zimizning odamlardan foydalangan. Bu siyosatga qarshi chiqqan jadidlar esa millatchiga chiqarilgan.

Video: "Voiz" filmidan parcha

@sanjar_xoja
9.8K views11:18
Ochish/sharhlash
2021-02-10 16:46:10
"Jinsiy tarbiya" darsi haqidagi dasturdan parcha.

Videoning to‘lig‘i:




@sanjar_xoja
10.2K views13:46
Ochish/sharhlash
2021-02-09 17:16:27
"Tasodiflar tasodif emas!"

"Kung Fu Panda" multfilmidagi ibora.

@sanjar_xoja
39.5K views14:16
Ochish/sharhlash
2021-02-07 18:03:57
Siyosatchilarning imidj bo‘yicha maslahatchilari bo‘ladi. Ular siyosatchiga nimalarni gapirish, qanday kiyinish, qanday ko‘rinish bo‘yicha yo‘nalish berib turadi.

Maqsad - xalqning ko‘nglidan joy olib, xalqni ishontirish... Imidj maslahatchilar tajribasiga qarab, bir necha yuz ming dollargacha maosh oladi.

Prezidentimiz va oilasiga maslahat beruvchi imidjmeykerlar borligi aniq. So‘nggi vaqtlarda imidjmeykerning tavsiyalari shunchalik rasvo-ki, xalqning pulidan berilayotgan maoshlarga achinib ketyapman...

Izoh: Ustoz va shogirdning to‘ng‘ich qizlari - Gulnora Karimova va Saida Mirziyoyeva.

@sanjar_xoja
38.5K views15:03
Ochish/sharhlash
2021-02-06 12:10:16
Qo‘ylar o‘z cho‘poniga bo‘ridan himoyachi deb qaraydi. Bo‘ri esa cho‘pon o‘zi yeyishi uchun qo‘yni erkinligidan mahrum qilgan deb qaraydi. Demak, qo‘y bilan bo‘rining erkinlik bo‘yicha qarashlarida farq bor.

Avram Linkoln
Amerikaning sobiq prezidenti

@sanjar_xoja
20.8K views09:10
Ochish/sharhlash
2021-02-01 16:41:32
Oktyabrda bo‘ladigan saylov uchun prezidentlikka nomzod sifatida Narzullo Oblomuradov tayyorlanyapti. U O‘zbekiston Ekologik partiyasining raisi etib saylandi.

Partiyaning yangi raisi Prezident Adminstratsiyasida ishlagan va (prezidentga) "Sodiq xizmatlari uchun" medalini olgan!

Umid qilamanki, hozirgi prezidentimizga o‘z sadoqatini saylov orqali yana bir bor isbotlaydi!

Izoh: Agar boshqa aktyor qatnashsa, ayb menda emas - teatr tashkilotchisi o‘zgartirgan bo‘ladi, senariy esa o‘sha-o‘sha.

@sanjar_xoja
34.4K views13:41
Ochish/sharhlash
2021-01-30 12:33:49
3-renessans, ya'ni "Yap-yangi O‘zbekiston" davriga o‘tish arafasida hokim va vazirlarni almashtirish boshlandi.

Bu haqda tahliliy video e'lon qilaman. Hozircha bir kishi haqida ma'lumot:

Olmazor tumani hokimi qilib tayinlangan Abdumajid Mullajonov, "eski O‘zbekiston" davrida Toshkent viloyati IIB boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.

Abdumajid Mullajonov, "eski O‘zbekiston" davridan boshlab 26 yil davomida Markaziy Bank raisi bo‘lgan Fayzulla Mullajonovning o‘g‘lidir.

Ma'lumot uchun: Mullajonovlar oilasi, Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Zokirjon Almatov va Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzoulug‘bek Abdusalomovga qudadir.

@sanjar_xoja
31.8K viewsedited  09:33
Ochish/sharhlash