Get Mystery Box with random crypto!

Oliy ta'lim imtihonida yoshlarning natijasini bilgandirsiz. Bu | Sanjar Xo‘ja

Oliy ta'lim imtihonida yoshlarning natijasini bilgandirsiz. Bu holat Yaponiya yoki Janubiy Koreyada bo‘lsa alg‘ov-dalg‘ov vaziyat boshlanardi. Hukumat iste'foga chiqar, amaldorlar kechirim so‘rardi. Yoshlarga sifatli ta'lim tizimi shakllantirmagani uchun.

Bizda esa jim-jit. Negadir men xijolat bo‘lyapman. Xatoyimni xalq oldida tan olgim kelyapti. Xalqdan yalinib - yolvorib, kechirim so‘ragim kelyapti.

Xuddi... boshqa odam emas, men 13 yil Bosh vazir, 6 yil Prezidentlik qilayotgandek!

Buni fanda "ispancha sharmandalik" dermidi?

@sanjar_xoja