Get Mystery Box with random crypto!

Xorij tajribasi Turkiya - Sekulyar davlat, ya'ni dunyoviy da | Sanjar Xo‘ja

Xorij tajribasi

Turkiya - Sekulyar davlat, ya'ni dunyoviy davlat. Istanbulda Fatih tumani bor. Fatihdagi "Chorshanba bozori" ko‘chasida yursangiz, ko‘plab qora kiyimli ayollar, soqolli va sallali erkaklarni ko‘rasiz.

5 kilometr nariga borsangiz, "Istiqlol" ko‘chasi. U yerda mutlaqo boshqa muhit hukmron. Bunchalik zid muhit va qarashlar bo‘lsa ham, jamiyat tinch.

Nega?

Chunki davlat insonlarning huquqini himoya qiladi. Masalan, o‘tkan hafta mashhur qo‘shiqchi Gulshan qamaldi. Aybi bir og‘iz gapi edi:
"U diniy ta'lim olgan, shuning uchun buzuq-da".

Ikki yil oldin aktrisa Deniz Chakirga nisbatan jinoiy ish ochilgandi. Sababi, restoranda bir xijobli ayolga:
"Bunaqa kiyim senga yoqsa, bor Arabistonda yasha", degani uchun.

Yoki, aksincha. Diniy maruzachilarga nisbatan ham odamlar sudga murojaat qiladi. Odamlar dardini o‘rmon qonuni bilan emas, davlat qonuni bilan yechadi. Chunki, Turkiya - huquq va qonunga asoslangan dunyoviy davlat.

@sanjar_xoja