Get Mystery Box with random crypto!

NIMAGA?

Telegram kanalining logotibi nimaga — NIMAGA? N
Telegram kanalining logotibi nimaga — NIMAGA?
Kanal manzili: @nimaga
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 13.76K
Kanalning ta’rifi

Nimaga? degan qiziqarli savollarga javob beradigan foydali kanal!
Reklama — @nimaga_ads

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 20

2021-09-17 15:35:10
Nimaga Islandiyada birorta ham McDonald's shaxobchalari yo'q?

2009-yilgi Jahon inqirozida Islandiyadagi barcha McDonald's tezkor ovqatlanish shaxobchalari bankrotga uchragan va yopilib ketgan. Shundan beri Islandiyada birorta ham bunday shaxobcha faoliyat yuritmaydi.

@NIMAGA kanalini kuzatib boring!
12.8K views12:35
Ochish/sharhlash
2021-09-16 17:09:37
Nimaga pishloqda teshikchalar mavjud?

Pishloqda teshikchalarning bo'lishiga sabab: u sut va chirituvchi bakteriyalar yordamida tayyorlanadi.

Chirituvchi bakteriyalar esa sut bilan aralashtirib tayyorlanganda o'zidan har xil zaxarli bo'lmagan gazlar (kislorod, vodorod)ni chiqaradi. Bu gazlar pufakchalar hosil qiladi va so'ngra yoriladi. Natijada pishloqda teshikchalar hosil bo'ladi.

@NIMAGA kanalini kuzatib boring!
12.9K views14:09
Ochish/sharhlash
2021-09-14 15:04:16
Nimaga Islandiya poytaxti Reykiyavikda piyodalar yo'lagi isitish tizimi bilan ta'minlangan?

— Poytaxti Reykiyavik hisoblanadigan Islandiya Shimoliy qutbga yaqin joylashgan va bu yerda qish mavsumi har doim katta qor uyumi va muzliklar bilan o'tadi.

— Piyodalar yuradigan yo'l muz bilan qoplanmasligi uchun, ular isitish tizimi bilan birga quriladi. Bu insonlarning xavfsizligi uchun qilingan, albatta.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
9.3K views12:04
Ochish/sharhlash
2021-09-13 18:35:02
Nimaga Xitoyda maktab o'quvchilari sinfning o'zida uxlab olishlariga ruxsat berilgan?

Xitoyning Goksin shahridagi 1-maktab o'quvchilariga darsda 20 daqiqa uxlab olishlariga ruxsat beriladi. Bunga sabab sifatida maktab binosi kichik va unda tushlik qilish, dam olish uchun maxsus xonalar yo'q.

Shuning uchun ham o'quvchilar dars xonasining o'zida uxlashadi. Bu holat maktab o'quvchilarining bilim olishlarini bir necha martaga yaxshiladi. Shu tariqa bu butun Xitoy bo'ylab yoyila boshladi.

@NIMAGA kanalini kuzatib boring!
11.3K viewsedited  15:35
Ochish/sharhlash
2021-09-13 17:05:44
Nimaga telefon ixtirochisi Aleksandr Bell o'z onasi va rafiqasiga hech qachon qo'ng'iroq qilmagan?

1876-yilda simli telefonni ixtiro qilgan Aleksandr Bell o'z onasi va rafiqasiga hech qachon qo'ng'iroq qilmagan. Qo'ng'iroq qilishdan naf bo'lmagan, sababi ularning quloqlari kar bo'lgan.

@NIMAGA kanalini kuzatib boring!
10.5K viewsedited  14:05
Ochish/sharhlash
2021-09-11 17:00:06
Nimaga eskimoslar sovuq joyda yashasalar-da, muzlatgich ishlatadilar?

Hammamizga maʼlumki, eskimoslar Rossiyaning shimoliy qismida, yaʼni sovuq oʻlkalarda istiqomat qilishadi. Shunday boʻlsa ham ular muzlatgich ishlatadilar. Ular muzlatgichni, aksincha, yaʼni mahsulotlari tashqarida muzlab qolmasligi uchun ishlatadilar.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
13.2K views14:00
Ochish/sharhlash
2021-09-11 12:17:44
Nimaga Rolex kompaniyasi o'z foydasining 90 foizini xayriyaga sarflaydi?

Kompaniya asoschisi Hans Vilsdorf yoshligida ota-onasidan yetim qoladi. Shu sababli ham u o'z kompaniyasi topgan foydasining 90 foizini xayriyaga sarflashni yo'lga qo'ygan.

@NIMAGA kanalini kuzatib boring!
13.0K views09:17
Ochish/sharhlash
2021-09-10 08:10:10
Nimaga ba'zi xaritalarda "qog'oz shahar" lar mavjud?

Qog'oz shaharlar bu xarita ishlab chiquvchilar tomonidan ularning xaritalari boshqalar tomonidan o'zlashtirib olinmasligi uchun o'ylab topilgan.

Ya'ni xarita yaratuvchilar xaritaga mavjud bo'lmagan shahar qo'shib qo'yishadi. Kimdir uni nusxa qilib olganda, aynan mana shu qog'oz shahar orqali uning soxta ekanligi ma'lum bo'ladi.

@NIMAGA kanalini kuzatib boring!
16.4K views05:10
Ochish/sharhlash
2021-09-09 17:18:02
Nimaga "Kechki ovqatni dushmaningga ber" iborasi paydo bo'lgan?

Bu iborani XVIII asrda rus sarkardasi Suvorov o'ylab topgan. U kechki paytda ortiqcha to'yib olib olishni zararli deb hisoblagan. Rostdan ham kechki ovqatga og'ir taomlarni iste'mol qilish organizm uchun zararlidir. Buni dietologlar ham ma'qullaydilar. Shunday ekan kechki taomni yengilroq qilish lozim.

@NIMAGA kanalini kuzatib boring!
6.6K viewsedited  14:18
Ochish/sharhlash
2021-09-08 12:39:01
Nimaga noutbukning protsessorini almashtirmaslik kerak?

Chunki noutbuk protsessorini almashtirish murakkab va juda kam uchraydigan ish hisoblanadi. Sababi, ishlab chiqarish vaqtida uning protsessori plataga payvandlanadi. Shunga ko'ra, uni almashtirish uchun qayta payvandlash kerak bo'ladi. Bu ish esa sizga ancha qimmatga tushishi aniq!

Agarda siz noutbukingiz protsessorini almashtirgan bo'lsangiz, protsessorning ko'proq qiziyotganini payqagan bo'lsangiz kerak. Endi sizga yaxshiroq sovutish tizimi ham kerak bo'ladi, ana endi kullerni ham almashtiring .

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
10.6K viewsedited  09:39
Ochish/sharhlash