Get Mystery Box with random crypto!

NIMAGA?

Telegram kanalining logotibi nimaga — NIMAGA? N
Telegram kanalining logotibi nimaga — NIMAGA?
Kanal manzili: @nimaga
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.35K
Kanalning ta’rifi

Nimaga? degan qiziqarli savollarga javob beradigan foydali kanal!
Reklama — @nimaga_ads

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 45

2021-04-30 08:26:30
Nimaga qo'llarimiz uyushib, tortishib qoladi?

— Qo'llarimiz sezgirligini ta'minlab beruvchi nervlarda qon aylanish tizimining vaqtinchalik yomonlashishi sababli ushbu holat yuzaga keladi. Vaqtinchalik uyushish va tortishish qo'lingizni boshingiz ostiga qo'yib uhlab qolsangiz, kompyuter oldida uzoq vaqt o'tirib qolganingizda kuzatilishi mumkin. Bundan halos bo'lish uchun oyoq-qo'lni cho'zish va massaj qilish kifoya.

— Ammo surunkali uyushish ham mavjud. Bu holat vaqtinchalik uyushishga qaraganda kamroq uchraydi, uzoqroq davom etadi va hatto qo'l-oyoq cho'zilsa yoki massaj qilinsa ham yo'qolmaydi. Ushbu alomatni nervlarning shikastlanishi yoki qisilishi, qo'lning sinishi yoki karpal tunnel sindromi kasalliklari bilan bog'lash mumkin.

— 60 yoshdan oshgan odamlarda qo'llar va oyoqlardagi uyushish servikal spondiloz bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Bu holat normal qarish jarayonining bir qismidir.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
33.0K views05:26
Ochish/sharhlash
2021-04-29 16:27:25
Nimaga hayvonlar zerikadi?

— Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, ko'pgina hayvonlar uzoq vaqt davomida yangi narsalarni uchratmasligi va o'ynaydigan narsalarning mavjud bo'lmasligi tufayli o'zlarini noqulay his qilishadi. Ularning xatti-harakatlari zerikkan odamga o'xshaydi.

— Hayvonlarning zerikish holatlari ko'proq maymunlarda, yirtqichlarda, shuningdek, bir qator qushlarda - korvidlarda, to'tiqushlarda namoyon bo'ladi.

@NIMAGA kanalini kuzatib boring!
33.0K views13:27
Ochish/sharhlash
2021-04-29 10:14:15
Nimaga odamlarni hiqichoq tutadi?

Diafragma va interkostal mushaklarning keskin qisqarishiga hiqichoq deyiladi. Ovqatlanish jarayonida organizmga kirib qolgan ortiqcha havoni chiqarib tashlash uchun bizlarni hiqichoq tutadi.

Keskin nafas olinadi va shu vaqtning o'zida glottis (oldingi bo'shliq hiqildoq) yopiladi, shuning uchun ba'zida boshqalarni bezovta qiladigan "hik" tovushi paydo bo'ladi.

— Undan qutilish uchun biroz vaqt nafasni ushlab turish lozim. Agar hiqichoq 2 kun davomida to'htamasa, shifokorga uchrash zarur.

@NIMAGA kanalini kuzatib boring!
33.4K views07:14
Ochish/sharhlash
2021-04-28 11:52:35
Nimaga elklar shoxlarini to'kishadi?

Foydasizlikdan. Bu savolga aniq javob noma'lum. Elklarning shoxlari faqat urg'ochilarni jalb qilish uchun (ularning egasi to'laqonli erkak ekanligi belgisi sifatida) va musobaqa quroli sifatida xizmat qiladi. Ko'payish mavsumi tashqarisida bu shoxlarning foydasi yo'q.

@NIMAGA kanalini kuzatib boring!
34.9K views08:52
Ochish/sharhlash
2021-04-28 08:25:02
Ushbu bot xizmati orqali siz "Osmondagi bolalar" loyihasi haqidagi eng so'nggi yangiliklardan boxabar bo'lishingiz, suhbatlarning audio shaklini yuklab olishingiz, ko'rsatuv rivoji uchun o'z takliflaringizni yo'llashingiz hamda ajoyib sovg'alarni qo'lga kiritish imkoniga ega bo'la olasiz!

P.S.: Ayni paytda, do'stlaringizni taklif qilish orqali loyiha futbolkasini yutib olishingiz yoki loyihani tasvirga olish vaqtida ishtirok etishingiz mumkin!

LINK @osmondagibolalarr_bot
33.9K views05:25
Ochish/sharhlash
2021-04-28 07:58:30
Nimaga ko'zlarimiz titraydi?

— Agar sizning ishingiz ko'p energiya va asablarni talab qilsa, ehtimol sizning ko'zlaringiz titray boshlaganini payqagan bo'lsangiz kerak - nevrologiyada bu sindrom miyokimiya deb ataladi. Stress ostida bu odatiy holdir, ammo mustasno holatlar mavjud.

— Bu turli sabablarga ko'ra sodir bo'ladi va ba'zi hollarda hatto davolanish ham talab etiladi. Shuning uchun, ayniqsa, spazm kuchayib ketsa, ko'z "tik"iga beparvo bo'lmaslik kerak.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
32.0K views04:58
Ochish/sharhlash
2021-04-27 16:27:26
Nimaga Hek balig'ini boshini kesib tashlab sotishadi?

— Gap shundaki, "Hek" nomli baliqning boshi odatda butun uzunligining uchdan bir qismini tashkil qiladi. Va shuning uchun uning vaznining muhim qismini egallaydi. Baliq sanoati uchun katta boshli yuklarni tashish foydasiz bo'ladi.
Shuning uchun qo'lga tushgan hekning boshi to'g'ridan-to'g'ri baliq ovi kemalarining o'zida kesiladi.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
35.2K views13:27
Ochish/sharhlash
2021-04-27 07:26:16
Nimaga yerto'la uyning eng sovuq joyi bo'ladi?

— Sovuq havo iliq havodan og'irroq, shuning uchun u bino yoki xonaning pastki qismida to'planadi.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
35.8K views04:26
Ochish/sharhlash
2021-04-26 14:27:14
Nimaga yomg'ir chuvalchangi ikkiga bo'linsa ham nobud bo'lmaydi?

Chunki yomg'ir chuvalchanglarida regeneratsiya (o'zini tiklash) qobiliyati mavjud. Lat yegan joylarini tezda tiklab olishi mumkin.

Lekin, agar qizil belbog'iga yaqin joylashgan uchidan bo'linsa u nobud bo'ladi. Chunki uning bosh qismi qizil belbog'ga yaqin joylashgan bo'ladi.

@NIMAGA kanalini kuzatib boring!
38.7K views11:27
Ochish/sharhlash