Get Mystery Box with random crypto!

NIMAGA?

Telegram kanalining logotibi nimaga — NIMAGA? N
Telegram kanalining logotibi nimaga — NIMAGA?
Kanal manzili: @nimaga
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 13.76K
Kanalning ta’rifi

Nimaga? degan qiziqarli savollarga javob beradigan foydali kanal!
Reklama — @nimaga_ads

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 19

2021-11-25 07:10:05
Nimaga tillar juda ko'p? (3-qism)

— Geografik notekislik...
Ammo yuqoridagi sabablarning hech biri nima uchun tillar dunyo bo'ylab notekis taqsimlanganini tushuntirmaydi. Misol uchun, Yevropada siz ularni qanday hisoblashingizga qarab 225 ga yaqin mahalliy tillar mavjud . Ammo Papua-Yangi Gvineyada kamida 820 ta til mavjud. Bu, asosan, orolning notekis geografiyasi bilan bog'liq. Tog'lar, o'rmonlar, daryolar va botqoqliklar aholini ko'plab kichik qabilalarga ajratib turadi. Bu kichik guruhlar shu qadar uzoq vaqt davomida yakka istiqomat qilinganki, ular ko'p hollarda turli tillarni ishlab chiqishgan.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
11.7K views04:10
Ochish/sharhlash
2021-11-24 08:10:05
Nimaga tillar juda ko'p? (2-qism)

— Aholining ko'chisi
...
Insonlar turli sivilizatsiya davrida turli joylarga ko'chishgan, bu esa tez-tez takrorlanib turgan. Buning natijasida esa tillarda turli o'zgarishlar bo'lb, shevalar o'zgarib borgan. Natijada esa turli mintaqadagi odamlar so'zlashadigan tillar turlicha bo'lib o'zgargan.

— Urush...
Albatta, migratsiya har doim ham tinch yo‘l bilan bo‘lavermaydi. Urush, shubhasiz, bugungi kunda odamlar gapiradigan tillarga ta'sir qilgan. Urush yangi tillarning paydo bo'lishiga yoki o'rnatilgan tillarning yo'q bo'lib ketishiga olib kelishi mumkin. Urush bir vaqtlar umumiy tilda gaplashgan aholini ajralishiga sabab bo'lgan, shuning uchun yangi tillar paydo bo'lgan. Urush biror tilning yo'qolib ketishiga ham olib kelishi mumkin, chunki zabt etilganlar yerlarda aholin o‘z tillarida gapirishga majbur etishgan. Natijada esa ba'zi bir tillar yo'q bo'lib ketgan.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
12.1K views05:10
Ochish/sharhlash
2021-11-23 17:29:19
Nimaga xodimlarning lavozimi ko'tarilmaydi?

— Negadir ko‘pchilik hali ham kasbdagi muvaffaqiyat professionallik darajasiga bog‘liq deb o‘ylaydi. Bu ham bir tomondan to'g'ri. Lekin ular eng asosiy narsani unutishadi.

— Bu soft skills, ya'ni moslashuvchan qobiliyatlardir. Tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish, notiqlik, ishbilarmonlik bilan muloqot qilish, jamoaviy ishlay olish, faoliyatni tashkil etish ko'nikmalari moslashuvchan ko'nikmalar hisoblanadi.

— Qanday kasb egasiga bo'lmasin, yuqoridagi ko'nikmalar juda muhimdir. Bu ko'nikmlarni umr davomida shakllantirib, rivojlantirish mumkin.

— Bir necha hafta avval Najot Ta'lim markazi "Amazon", "DHL", "xLTee" kabi loyihalarda ishlagan o'zbek yigiti Abdulla Xaydarov bilan shu mavzu doirasida master-klass o'tkazgan edi. Unda yuqoridagi ko'nikmalarni rivojlantirish haqida ham so'z borgan.

Master-klassning premyerasini bugun, 23-noyabr, soat 20:00 da ko'rishingiz mumkin.

Havola:



@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
11.5K views14:29
Ochish/sharhlash
2021-11-22 16:55:33
Nimaga tillar juda ko'p?

Hozirgi kunda dunyoda 7000 ga yaqin tillar mavjud. Lekin nega? Nima uchun tillar juda ko'p? Bu qadimgi savol, odamlar nima uchun juda ko'p tillarda gaplashishi haqidagi tushuntirishlar butun dunyo madaniyatlari afsonalarida keng tarqalgan. To‘g‘risi, odamlar nega shunchalik ko‘p tilda gaplashishiga nima sabab ekanligini aniqlash juda qiyin, balki ilojsiz. Buni lingvistik xilma-xillik orqali tushuntirish osonroq. Bizda javob bo'lmasligi mumkin, ammo bu yerda yangi tillarni shakllantirishga undaydigan 5 ta omil mavjud.

Odamlar qachonlardir faqat bitta tilda gaplashganmi? Buning javobini bilish esa ilojsiz. Bu haqida ikkita nazariya mavjud:

1. Monogenez nazariyasi, qadimgi odamlar Afrikadan ko'chib o'tishlari natijasida barcha tillar bitta ajdod tilidan paydo bo'lgan deb hisoblaydi.

2. Poligenezga nazariyasi, ko'plab ajdodlar tillari, qishloq xo'jaligi va hayvonlarni xonakilashtirish mustaqil ravishda rivojlangan.

Davomi bor...

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
13.4K views13:55
Ochish/sharhlash
2021-11-16 08:41:29
Nimaga ichimliklar gazlanadi?

Gazlangan ichimliklar - bu karbonat angidrid bilan to'yingan, o'ziga xos ta'm bilan ajralib turadigan, ko'pchilik yoqtiradigan ichimliklardir.

Maxsus ta'mga qo'shimcha ravishda, bugungi kunda karbonat angidrid zararsizlantirish, dezinfektsiyalash, mikroblarga qarshi kurashishda ham ichimliklarning tarkibiga qo'shilmoqda

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
19.4K views05:41
Ochish/sharhlash
2021-11-10 08:10:10
Nimaga shotlandiyalik erkaklar "yubka" kiyishadi?

Shotlandiya madaniyatining ajralmas qismi bo'lgan yubka... Yo'q aslida bu Kilt.

Kilt Shotlandiya madaniyatining eng muhim elementlaridan biri. Kilt tarixi XVI asrga borib taqaladi. Dastlab, Kilt katta, qalin jun matodan iborat bo'lgan. Uni faqat tog'da yashagan insonlar kiyishgan. Kilt jasorat va sharaf ramzi bo'lgan.

XVIII asrning ikkinchi yarmida, yakobitlar mag'lubiyatga uchraganidan so'ng, inglizlar shotlandlarga kilt kiyishni taqiqladilar, va bu an'ana XIX asrda qayta tiklandi.

Shotlandiyaliklar qadimda shimni madaniyatsizlik sifatida qabul qilishgan, chunki shim ko'chmanchilar xalqlar tomonidan o'ylab topilgan va shim kiyib yurgan erkaklarni masxara qilishgan.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
28.4K views05:10
Ochish/sharhlash
2021-11-07 05:10:08
Nimaga sovuqda nafasni "huuu" deb chiqarsangiz sovuq, "haaa" deb chiqarsangiz issiq bo'ladi?

Kutilmagan va ajoyib savolga oddiy javob beramiz. "Huuu" deb nafas chiqarganda havo yo'llari siqiladi va natijada og'zi bo'shlig'ida ortiqcha bosim hosil bo'ladi va havo adiabatik ravishda harorati pasayadi.

"Haaa" deb nafas chiqarganda esa aksincha holat yuz beradi.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
19.2K viewsedited  02:10
Ochish/sharhlash
2021-09-20 16:23:28
Nimaga dorixona sotuvchilari dorilarni qaytarib olishmaydi?

Chunki ular bunga qonunan haqlidirlar! O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.04.2017 yildagi 185-sonli qarori bilan tasdiqlangan Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana savdosi tartibi to'g'risidagi nizomning 39-bandiga binoan, dorixonalarda sotilgan dori vositalari va tibbiy mahsulotlar qaytarib olinmaydi va ularning analoglari bilan almashtirilmaydi.‌‌

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
6.9K views13:23
Ochish/sharhlash
2021-09-18 12:32:04
Nimaga qishda ko'llar muzlaganda ham baliqlar muzlab qolmaydi?

Birinchidan, suv havzasining faqat yuzasi muzlaydi, tubidagi harorat esa havo haroratidan ancha iliq bo'ladi.

Ikkinchidan, baliqning tanasi moslashuvchan xususiyatga ega. Ya'ni uning tana harorati suv haroratiga moslashadi. Shu sababli baliq muzlamaydi.

@NIMAGA kanalini kuzatib boring!
11.0K views09:32
Ochish/sharhlash
2021-09-18 07:25:09
Nimaga Venetsiyada biror marta avtohalokat ro'y bermagan?

Sababi juda oddiy: Venetsiya — suv ustiga qurilgan shahar bo'lib, unda avtomobil harakati umuman mavjud emas. Odamlar bu shaharda qayiq va katerlar yordamida harakatlanishadi. Shuning uchun ham bu yerda biror marta avtohalokat ro'y bermagan.

@NIMAGA kanalini kuzatib boring!
10.9K views04:25
Ochish/sharhlash