Get Mystery Box with random crypto!

NIMAGA?

Telegram kanalining logotibi nimaga — NIMAGA? N
Telegram kanalining logotibi nimaga — NIMAGA?
Kanal manzili: @nimaga
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 13.76K
Kanalning ta’rifi

Nimaga? degan qiziqarli savollarga javob beradigan foydali kanal!
Reklama — @nimaga_ads

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 23

2021-08-23 18:58:24
Nimaga buyrakda toshlar hosil bo'ladi?

Buyrakda tosh hosil bo'lishi ko'p uchraydigan kasalliklar qatoriga kiradi. Uning yuzaga kelishiga sabab esa buyrak faoliyatining buzilishi yoki tanada kalsiy kislotasining ortib ketishi.

Ayrim hollarda noto'g'ri ovqatlanish va yana boshqa noo'rin harakatlar tufayli buyrak faoliyati bir meyorda ishlashi buziladi. Bu esa ayrim tuzlar to'planib tosh hosil bo'lishiga olib keladi. Bundan tashqari kalsiy kislotasining ortib ketishi ham tosh hosil bo'lishiga olib kelishi mumkin.

@NIMAGA kanalini kuzatib boring!
10.7K views15:58
Ochish/sharhlash
2021-08-22 19:18:19
Nimaga qalampir achchiq bo'ladi?

Ko'pchilik salat va hattoki ayrim ovqatlarga ham qalampir qo'shib yeyishni yoqtirishadi. Bunga sabab esa qalampir achchiq ta'mi bilan ovqatga yanada ishtahani qitiqlovchi ta'm beradi. Ular achchiq bo'lishiga sabab esa tarkibidagi kapsikum va piperin moddalari.

Qizil qalampir tarkibida kapsikum, yashil qalampir tarkibida esa piperin moddasi bo'ladi. Ushbu moddalar qalampirga achchiq ta'm beradi. Qiziq jihati shundaki, qalampirlarning bu xususiyati o'zlarini hasharotlardan himoyalashga yordam berar ekan.

@NIMAGA kanalini kuzatib boring!
6.0K views16:18
Ochish/sharhlash
2021-08-22 17:56:57
Ajoyib yangilik! Diqqat bilan o'qing!

"3ds max ni o'rganib daromad topishgacha" kurs shogirdlikka endi onlayn emas jonli qabul qilaman.

Avzalliklar:

— Kursga yozilsangiz 150$ lik professional interyer kurs bepul beriladi.
— Birgalikda tugatib ishga joylashish uchun portfolio qilamiz.
— 2 oyda 8 marta ko'rishamiz. Qolgan kunlar mustaqil va onlayn ishlanadi.
— Darslik tugagach interyer dizayn yo'nalishini tanlaganlar bilan portfolio qilamiz. Eng zorlarini ishga olamiz.
— 3D modeling yo'nalishidagilar uchun 3dmodelingga oid chet el professional darsliklar beriladi va nazorat qilinadi.
— Va hammasi tugagach Sizlarga pul topishni o'rgataman! Biz bu borada O'rta Osiyoda birinchi o'rinda turamiz.
— Bu metodika sinalgan va oyiga 2000$ dan ko'p daromad topadigan shogirdlarimiz bor.

Kurs 2 oy — bir martalik to'lov 3 mln.
1-oktabrdan ko'rishamiz, ungacha video darsliklarni onlayn o'rganasizlar.

2 oydan keyin ham biz bilan doim aloqada bo'lib o'rganaverasizlar.

Kursga yozilish uchun:
@dizipro_chat
+998994008800
6.1K views14:56
Ochish/sharhlash
2021-08-22 13:15:03
Nimaga suv va yog' birga aralashib ketmaydi?

Suv va yog' bir idishda qo'shilib ketmaydi. Natijada yog' idishning yuqori qismini egallaydi, suv esa pastga cho'kib qoladi. Sababi ular tarkib jihatdan turlicha va shu tufayli aralashib ketmaydi.

Suvda vodorod ionlari bor, yog'da esa yo'q. Ular bir idishda aralashib ketishi uchun har ikkalovining vodorod ionlari parchalanishi va qaytadan birikishi kerak. Yog'da vodorod ionlari yo'qligi esa ularni alohida saqlanishiga sabab bo'ladi.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
8.6K views10:15
Ochish/sharhlash
2021-08-21 07:20:02
Nimaga Kanadada ayiqlarni ko'rib qolsangiz, mashinadan tushish ta'qiqlanadi?

Agarda Kanada bo'ylab mashinada sayohat qilayotgan bo'lsangiz va yo'lingizdan ayiq chiqib qolsa, mashinadan tushmang. Aks holda qoidani buzganligingiz uchun jarimaga tortilishingiz mumkin.

Sababi Kanada hukumati sizni va ayiqlarni himoya qilish uchun sayyohlarni ayiq tomosha qilish uchun mashinalaridan tushishlarini ta'qiqlab qo'ygan. Sababi mashinadan tushganingizni ko'rgan ayiq o'zini himoya qilish maqsadida sizga yaqinlashishi va sizni shikastlashi yoki, sizdan qochishga urinib o'zi shikastlanishi mumkin.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
12.4K views04:20
Ochish/sharhlash
2021-08-20 12:25:03
Nimaga Rolls Roys mashinalari narxi qimmat?

Rolls Roys mashinalari dunyodagi eng qimmat mashinalar qatorida yuqori o'rinlarda turadi. Buning sabablaridan biri ular qo'l mehnati yordamida yasaladi.

Lekin ularning narxiga ta'sir o'tkazuvchi yana bir faktor bor. Bu – mashinalarning rangi. Rolls Roys mashinalari 44 ming rangda yasab berilishi mumkin. Xaridor o'z xohishi bilan bo'lajak mashinasi uchun rang tanlaydi va shu rangdagi mashinaga ega bo'ladi.

@NIMAGA kanalini kuzatib boring!
13.2K views09:25
Ochish/sharhlash
2021-08-20 09:33:01
Nimaga ayiqlar asalni yoqtirishadi?

Ayiqlar asalni juda ham hush ko'ruvchi hayvonlar qatoriga kirishadi. Bunga sabab esa asal ayiqlar uchun mazali va to'yimli yemish hisoblanadi.

Asal juda ham shirin bo'lib, ko'pchilikning e'tiborini tortadi. Bunga ayiqlar ham istisno emas. Bundan tashqari asal glukoza va fruktozaga boy. Shu sababli ayiqlarning ulkan tanasini to'ydirish uchun unchalik ko'p miqdorda asal kerak bo'lmaydi.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
12.8K views06:33
Ochish/sharhlash
2021-08-19 07:33:01
Nimaga ko'pchilik Amazondagi pulli obunasini qaytarib olmoqda?

— Amazon
dan foydalanish uchun pulli obuna kerak bo'ladi. So'nggi bir oy ichida yuz minglab odamlar ushbu platformadagi obunasini qaytarib oldi, ya'ni Amazon shuncha foydalanuvchisidan ayrildi. Bunga sabab esa korxona asoschisi Jeff Bezosning kosmosga parvozi va undan keyingi nutqi.

— Jeff Bezos 20–iyul kuni kosmosga qisqa muddatli parvozni amalga oshirdi. Qaytib kelgandan so'ng esa o'z intervyusida Amazon foydalanuvchilariga pulli obuna orqali parvozni moddiy qo'llab-quvvatlaganliklari uchun rahmat aytdi. Ko'pchilik Bezos pullarni insoniyatga yordam berishga emas, keraksiz parvoziga sarflaganidan norozi bo'lishdi. Natijada ular Amazondagi pulli obunalarini bekor qilishdi.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
9.0K views04:33
Ochish/sharhlash
2021-08-18 07:14:02
Nimaga tailandliklar R harfini tushirib qoldirishadi?

Biroz g'alati eshitilsada, tailandliklar R harfini umuman ishlatishmaydi. Ya'ni so'z orasida ushbu harf kelib qolsa, uni shunchaki tushirib qoldirishadi.

Gap shundaki, tailandliklarning 95 foizdan yuqoriroq qismi ushbu harfni talaffuz qila olishmaydi. Shu sababdan ham uni shunchaki tushirib qoldirishadi. Masalan, tarvuz so'zini tavuz kabi talaffuz qilishadi.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
9.4K views04:14
Ochish/sharhlash
2021-08-17 12:20:08
Nimaga Amerika "Nosog'lom ichimliklar makoni" deb yuritiladi?

Turli gazetalarda va hattoki ayrim mashxur jurnallarda Amerika "Nosog'lom ichimliklar makoni" deya tilgan olinadi. Bunga sabab esa Amerikadagi ichimliklarda shakar miqdorining ko'pligi.

Qiziq jihati shundaki, Amerikada oddiy ichimlik suvidan tashqari deyarli barcha ichimliklar tarkibida shakar bor. Hattoki, ularning ayrimlarida shakar miqdori me'yordagidan ham yuqoriroq. Bu esa sog'lom ovqatlanish normalari zid. Shu sababdan ham Amerika "Nosog'lom ichimliklar makoni" deb yuritiladi.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
11.4K views09:20
Ochish/sharhlash