Get Mystery Box with random crypto!

NIMAGA?

Telegram kanalining logotibi nimaga — NIMAGA? N
Telegram kanalining logotibi nimaga — NIMAGA?
Kanal manzili: @nimaga
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 13.76K
Kanalning ta’rifi

Nimaga? degan qiziqarli savollarga javob beradigan foydali kanal!
Reklama — @nimaga_ads

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 22

2021-08-31 18:00:09
UZMOBILE DAN OYLIK INTERNET PAKETLAR

O'zingizga saqlab oling

Uzmobile kompaniyasidan arzon internet paketlar

Bugun oyning so’ngi kuni paketlarni harid qilishni va muddatini uzaytirishni unutmang

Cheksiz internet zavqi sizni kutmoqda. Saqlab qo‘yishni tavsiya qilamiz. Kerakli ma’lumot!

Diller hizmat ko‘rsatadi
7.4K views15:00
Ochish/sharhlash
2021-08-31 12:00:01
Nimaga ko'p shokolad iste'mol qilish zararli hisoblanadi?

Shokoladning ham o’ziga yarasha zararli xususiyatlari mavjud. Birinchi o’rinda uning miqdori: shokoladni me’yoridan ortiq iste’mol qilish yaramaydi, aks holda bu qandli diabetga, yurak-tomir kasalliklariga, bosh og’rig’iga olib kelishi mumkin.

Bir kunda 40 grammgacha shokoladdan iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Aynan shu miqdor organizmni kerakli vitamin va minerallar bilan to’yintiradi.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
9.3K views09:00
Ochish/sharhlash
2021-08-29 18:20:08
Nimaga kech uyquga yotish sog'liq uchun zararli?

Yarim tungacha uxlamay telefon o'ynash yoki sevimli film va seriallarimizni tomosha qilish ko'pchiligimizning sevimli mashg'ulotlarimizdan biri. Lekin kech uxlash ayrimlarimiz tasavvur qilgandanda zararliroq hisoblanadi.

Bunga sabab esa kech uxlash organizmimizda ko'plab muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Birinchi o'rinda u yurakni bir meyorda ishlashiga to'sqinlik qiladi. Bundan tashqari immunitetimizni kuchsizlashtiradi va tanada ortiqcha yog'lar to'planishiga ham sabab bo'ladi.

@NIMAGA kanalini kuzatib boring!
10.6K views15:20
Ochish/sharhlash
2021-08-28 15:25:09
Nimaga yomg'irdan so'ng qo'ziqorinlar o'sib chiqadi?

Yomg'irni sevuvchi o'simliklardan biri bu hech shubxasiz – qo'ziqorinlardir. Chunki har gal yomg'ir yog'ganda ularning soni keskin darajada ko'payadi. Bunga sabab esa yomg'ir suvi qo'ziqorinlarning urug'lanish jarayoniga yaxshi ta'sir qiladi.

Boshqacha qilib aytganda, yomg'ir natijasida ularning urug'lanish jarayon ancha tezlashadi. Ya'ni ular qisqat vaqt ichida ko'p miqdorda urug' hosil qiladi va yerga to'kadi. Yana bir qiziqarli jihati shundaki, qo'ziqorinlar ayni yomg'irdan keyin emas, balki yomg'irdan bir necha kun o'tgandan so'ng o'sib chiqadi.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
7.1K views12:25
Ochish/sharhlash
2021-08-27 15:20:10
Nimaga Eyfel minorasi yozda balandroq bo'ladi?

Eyfel minorasining balandligi har yili yozda bir necha santimetrga o'sadi. Havo sovib qish kelishi bilan esa yana o'z holatiga qaytadi. Buning sababi – temperatura hisoblanadi.

Yoz kelishi bilan havo isib boradi. Buning ta'sirida minoradagi metallar kengayadi va uning balandligi bir necha santimetrga o'sadi. Sovuq tushishi bilan metallar oldingi holatiga qaytadi va minora balandligi pasayadi.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
10.8K views12:20
Ochish/sharhlash
2021-08-26 11:58:49
Nimaga "PowerPoint" Microsoft kompaniyasining eng yaxshi mahsulotlaridan biri hisoblanadi?

Ko'pchiligimiz bir marta bo'lsa ham ushbu dasturdan foydalanib ko'rganmiz. "PowerPoint" dan dunyoning turli burchaklaridagi har xil kasb egalari prezentatsiyalar tayyorlash uchun foydalanadi.

Qiziq jihati shundaki, ushbu dastur Microsoft kompaniyasining eng foydali mahsulotlari qatorida yuqori o'rinlarda turadi. Bunga sabab esa u orqali nafaqat oddiy prezentatsiyalar, balki, qiziqarli animatsion videoroliklar ham tayyorlasa bo'ladi.

@NIMAGA kanalini kuzatib boring!
12.8K views08:58
Ochish/sharhlash
2021-08-25 08:20:02
Nimaga yashil choy sog'lik uchun eng foydali choy turi hisoblanadi?

Yevropalik tadqiqotchilar olib borgan izlanishlar natijasida yashil choy boshqa choy turlariga qaraganda eng foydalisi deb topildi. Bunga sabab esa u turli kasalliklarga davo bo'ladi.

Gap shundaki, yashil choy qandli diabet, saraton, buyrakda tosh hosil bo'lishi va nafas yo'li kasalliklarini oldini olishi topilgan.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
14.6K views05:20
Ochish/sharhlash
2021-08-24 17:30:05
Nimaga issiqda tanamiz terlaydi?

Jismoniy mashqlar bajarganimizda yoki issiq havoda tanamiz ham qiziydi. Qizish natijasida tanamizda suyuqlik yuzaga keladi, ya'ni, terlash jarayoni ro'y beradi. Bunga sabab esa tanamiz o'zini-o'zi sovitishga harakat qiladi.

Tanamiz isib ketishi hisobiga miyyamiz tana haroratini tushirish haqida buyruq qabul qiladi. Buning uchun esa teri ostida suyuqlik ishlab chiqariladi. Tanadagi issiqlik ushbu suvlar bilan birga chiqarib yuboriladi. Bu jarayon esa terlash deb yuritiladi.

@NIMAGA kanalini kuzatib boring!
6.7K views14:30
Ochish/sharhlash
2021-08-24 16:30:07
O'sha 3-4 soat vaqtingizni baribir ijtimoiy tarmoqlarda o'tqazyabsiz!

— Undan ko'ra siz hozir 2 oy davomida kuniga 2-3 soat zamonaviy kasblarni o'rganishga sarflang va oylik 3 million so'mdan daromad olishni boshlang. Buning uchun biron joyga borish yoki katta pul kerak emas. Uyda qolgan holda kompyuteringizda o'rganishingiz mumkin.

— Hayotingizni shunday o'zgartirmasangiz, hozir qanday qiyin bo'layotgan bo'lsa keyin ham shundayligicha qolaveradi!

Quyidagi zamonaviy kasblarni o'rganishingiz mumkin:

• SMM mutaxassis
• Grafik dizayner
• Targetolog
• Blogerlik
• Frilancerlik

Bunda sizga Zamon maktabi yordam beradi!
— Narxlar 99.000 so'mdan boshlanadi va faqatgina professional darslar!

Administrator: @zamon_support
Telefon: +998991707849

Darslarni ko'rish @zamon_maktabi
7.2K views13:30
Ochish/sharhlash
2021-08-24 08:33:01
Nimaga Kiprda mashina boshqarayotgan paytda ovqatlanish ta'qiqlanadi?

Kiprdagi g'alati cheklovlardan biri bu mashina haydovchisining ovqatlanish, hattoki oddiy shirinlik iste'mol qilishiga ruhxat berilmaydi. Bu ishga qo'l urgan haydovchilar esa jarimaga tortiladi.

Buning sababi hukumat mashina boshqaruvida ovqatlanish telefon gaplashish kabi bir xil zararga ega va haydovchini fikrini bo'ladi deb hisoblaydi. Shu sababdan haydovchilar diqqatini buzilishini oldini olish maqsadida mamlakatda ushbu qoidani yo'lga qo'yishgan.

@NIMAGA kanalini kuzatib boring!
9.5K views05:33
Ochish/sharhlash