Get Mystery Box with random crypto!

NIMAGA?

Telegram kanalining logotibi nimaga — NIMAGA? N
Telegram kanalining logotibi nimaga — NIMAGA?
Kanal manzili: @nimaga
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 13.76K
Kanalning ta’rifi

Nimaga? degan qiziqarli savollarga javob beradigan foydali kanal!
Reklama — @nimaga_ads

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 18

2021-12-12 18:25:06
Sizni eng ko'p o'ylantiradigan savol...

Sariq Mikrofon | 31-SON

TO'LIQ VIDEO



@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
6.7K views15:25
Ochish/sharhlash
2021-12-11 05:10:07
Nimaga doska yashil rangda bo'ladi?

Yashil rang bu - Miyaga dam beruvchi, insonni psixologik tomondan tinchlantiruvchi rang hisoblanib, Yashil rangga ko'p qarab turilsa ham u miyani charchatmaydi va ko'zni toliqtirib qo'ymaydi. Shuning uchun maktab va o'quv muassasalarining juda ko'plab doskalari, yashil rangda bo'ladi.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
9.4K views02:10
Ochish/sharhlash
2021-12-09 18:00:41Nimaga vaqt va ilmning qadriga yetish kerak?

— Hozirda shaxsiy rivojlanish uchun imkoniyatlar talaygina. Kitoblar, o'quv kurslari shuningdek, internetda har bir ma'lumotni topishning iloji mavjud. Bunday sharoitda biror ilmni egallay olmagan inson, bunda o'zini ayblashi kerak. Kuchli yomg'ir paytida faqat to'ntarilgan paqirgina suv bilan to'lmaydi.

— Umrning uchdan biri uyqu bilan o'tib ketar ekan. Ijtimoiy tarmoqlarga ketgan vaqt ham deyarli yana bir qismni tashkil etadi. Barchamizga ma'lumki, Bobur 12 yoshda taxtga o'tirgan, Mirzo Ulug'bek esa 15 yoshda. Hozir 21 yoshli bolani uylantirib qo'ysa, bir oilani boshqara ham olmaydi.

— Bularga sabab, hozirda oramizdan ilm ko'tarilib ketgani deyish mumkin. Gap ilm haqida ketar ekan, men senga bir necha hafta avval Najot Taʼlim markazida "Osmondagi bolalar" loyihasi ishtirokchisi Doniyor Nasriddinov bilan "Ilm olish sirlari" mavzusida suhbat tashkil qilinganini aytib o'tmoqchimiz.

— Unda yoshlarga vaqtning qadriga yetish, ilm olishda himmatli bo'lish kerakligi to'g'risida bir qator tavsiyalar berilibdi. Suhbat premyerasi bugun, 9-dekabr, soat 20:00 da bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Suhbat ilm talabida bo’lgan barcha uchun foydali bo'lishi kutilyapti.

Havola:



@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
11.0K views15:00
Ochish/sharhlash
2021-12-05 16:37:43
Nimaga eng qimmat valyuta Quvayt dinari?

Quvayt dinari (KWD) — Quvayt Davlatining milliy valyutasi. Hozirgi kunda bir Quvayt dinari 3.31 AQSH dollariga teng. Lekin nimaga bu valyuta eng qimmati?

Quvayt valyutasining qimmatligi uning neft va gaz bozoridagi ishtiroki bilan izohlash mumkin. Quvayt dunyodagi eng yirik neft eksportchilaridan biridir, chunki u butun mamlakat bo'ylab katta neft zaxirasiga ega.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
15.7K views13:37
Ochish/sharhlash
2021-12-04 12:35:44
Bizga shogird tushib kursimizni tugatganlar haqida qisqacha

Bu rasmlar ularning ishlari!

18 ta
modelchi yigitga akkaunt ochib model biznesini yo‘lga qo‘yyapmiz.
22 ta interyer dizayner yigitga portfolio qilishga yordam beryapmiz.
4 ta yigitni o‘zimizga ishga oldik.

Boshqa yigitlar o‘zlari ish topishib ayrimlari 300-600 $ oylik oylik olib dars berishyapdi ekan. Hayron qoldim ochig‘i

Sizlarni shogirdlikga taklif qilaman 3-guruhga qabul davom etyapti.

Kurs haqida batafsil maʼlumot telegra.ph/3Ds-Max-kursi-08-02

Murojaat:
Telefon orqali
+998994008800
Telegram orqali @dizipro_chat

@abdusattor
13.1K views09:35
Ochish/sharhlash
2021-11-30 17:46:15
Nimaga korxona PR'ni amalga oshirishi kerak?

— Biznes egalari kuchli raqobatni yengishi uchun ham PR'ni amalga oshirishlari muhim sanaladi. Bu orqali mijozning sodiqligini oshirish ancha osonlashadi.

PR bu odamlarning ongida mahsulotingiz haqida ijobiy imij shakllantirishdir. Hozirda ko'p katta kompaniyalar bu ishni o'z bizneslariga tatbiq etishyapti. Ular buning orqasidan katta foyda olishga ham ulgurishgan.

— Ulardan biriga misol qilib, S7 aviakompaniyasini aytish mumkin. Bu kompaniya shunday aqlli yurish qiladiki, natijada bir o'q bilan ikki quyonni urishga muvaffaq bo'ladi.

Keling, bu haqida to'liqroq ma'lumotni bugun 30-noyabr, soat 20:00 da, Najot Ta'lim Maktabi loyihasining navbatdagi premyerasi orqali bilib olamiz.

Havola:



@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
18.2K views14:46
Ochish/sharhlash
2021-11-27 08:00:28
Nimaga spirtli ichimliklar insonni mast qiladi?

Spirtli ichimliklar insonga juda tez ta'sir qiladi. Spirtli ichimliklar odatda 5 daqiqada miyaga yetib boradi va 10 daqiqa ichida inson mast bo'la boshlaydi. Qon tarkibida alkogol kontsentratsiyasi ko'tarila boshlaydi va inson o'zini yaxshi his qila boshlaydi. Bu vaqtda inson o'zini baxtli, ko'proq ijtimoiy va ishonchli his qiladi va kamroq stressga duch keladi.

Buning sababi shundaki, alkogol tarkibidagi etanol moddasi dopamin va serotonin garmonlarini ishlab chiqarilishini tezlashtiradi, bu garmonlar haqli ravishda "Inson kayfiyatini ko'taruvchi" gormonlar deb ataladi.

Mast bo'lgach, inson ko'proq jismoniy muvozanatsizlikni boshdan kechira boshlaydi. Buning sababi, spirtli ichimliklar markaziy asab tizimini susaytiradi va miyaning aloqa yo'llariga zarar yetkazadi, bu esa miya ma'lumotlarni boshqa organlarga yetkazishiga to'sqinlik qiladi.

P.S: Spirtli ichimliklar hayot uchun xavfli!

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
17.5K views05:00
Ochish/sharhlash
2021-11-26 18:42:44 Nimaga tillar juda ko'p (5-qism)

— Akustik moslashuv...
"Akustik moslashuv" - bu nafaqat nega juda ko'p tillar mavjudligini emas, balki nima uchun ularning barchasi bir-biridan juda farq qilishini tushuntiradigan yana bir omil. Ammo "akustik moslashuv" nimani anglatadi? Oddiy qilib aytganda, bu hayvonlarning so'zlashuvini moslashtirishi yoki o'zlarini eshitish uchun atrof-muhitga tarqatishi bilan bog'liq. Misol uchun, zich o'rmonlarda va issiq iqlimda undosh tovushlarni eshitish unlilarga qaraganda qiyinroq. 2015-yilda Nyu-Meksiko universiteti va Fransiyadagi "Dynamique du Langage-CNRS" Laboratoriyasi tadqiqotchilari butun dunyo bo‘ylab 628 ta tilni ko‘rib chiqdilar va ularning turli til xususiyatlarini tillar rivojlangan iqlim bilan solishtirishdi. "IFLScience" ma'lumotlariga ko'ra , ular "Zich daraxt qoplami bo'lgan iliq hududlarda paydo bo'lgan tillar kamroq undosh harflardan foydalanishi va buning o'rniga past chastotalarda uzatiladigan unli tovushlarning ko'pligi bilan ajralib turishini" aniqladilar. Umuman olganda, akustik moslashuv tillar o'rtasidagi unli va undosh tovushlarning o'zgarishining chorak qismi uchun javobgar bo'lishi mumkin deb taxmin qilinadi.

@NIMAGA kanalini kuzatib boring!
12.0K views15:42
Ochish/sharhlash
2021-11-26 17:59:55
Nimaga biznesda marketing strategiya tuzish kerak?

— Qorong'i yo'lni ko'rish uchun yorug'lik kerak bo'lgani kabi, biznesda ham muvaffaqiyat qozonish uchun strategiya tuzib olish kerak bo'ladi. Strategiyani biznesning yo'l xaritasi deb e'tirof etish mumkin.

— Marketing strategiyada ketma-ketlik juda muhimdir. Avvalo, strategiya nima maqsadda tuzilayotganini aniqlashtirib olish kerak. Aniqlashtirilgan maqsad xarajatlarni anchagina tejab qolishga yordam beradi.

Najot Ta'lim Maktabi loyihasining navbatdagi soni ham aynan shu mavzularni o'z ichiga qamrab olgan. Unda shu va shunga o'xshash ma'lumotlar, marketing strategiya tuzish qanchalik foyda keltirishi haqida gap ketgan.

Loyiha premyerasini bugun, 26-noyabr, soat 20:00 da ko'rishingiz mumkin.

Havola:



@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
11.1K views14:59
Ochish/sharhlash
2021-11-26 07:10:09
Nimaga tillar juda ko'p? (4-qism)

— Yomg'ir...
Hech bo'lmaganda dunyoning ba'zi qismlarida til xilma-xilligiga ta'sir qiladigan yana bir omil - bu yomg'irdir. Milliy evolyutsion sintez markazi tadqiqotchilari yaqinda Avstraliyadagi mahalliy tillarning xilma-xilligiga ta'sir qiluvchi omillarni aniqlash uchun kompyuter modellashtirishdan foydalanish bo'yicha tajriba o'tkazdilar. Tadqiqotchilar Avstraliyada yog‘ingarchilikning mamlakatdagi aborigen tillarining soni va tarqalishiga ta’sir qilishini aniqladilar. Bu qanchalik ahmoqona tuyulmasin, lekin bu haqida o'ylab ko'rsangiz, mantiqiy jihatdan haqiqatga yaqin bo'ladi. Avstraliyada yog'ingarchilik ma'lum bir hudud qancha odamni "boqishi"ni aniqlaydi. Ko'proq yog'ingarchilik bo'lgan hududlar ko'proq odamlar guruh yashaydi, bu esa qancha til rivojlanishiga ta'sir qiladi.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
11.4K views04:10
Ochish/sharhlash