Get Mystery Box with random crypto!

Najot Ta'lim

Telegram kanalining logotibi najottalim — Najot Ta'lim N
Telegram kanalining logotibi najottalim — Najot Ta'lim
Kanal manzili: @najottalim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 29.03K
Kanalning ta’rifi

💡 𝗡𝗮𝗷𝗼𝘁 𝗧𝗮'𝗹𝗶𝗺 — ilm va tajriba ulashamiz!
Dasturlash | Dizayn | Marketing
6500 bitiruvchi
Bitiruvchilar 85%-95% ishli
2023-yilda "Eng yaxshi AyTi markaz"
📞 𝗧𝗲𝗹: 998-78-888-9-888
📲 𝗔𝗹𝗼𝗾𝗮: @aloqa_ntbot
🌐 https://najottalim.uz

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 71

2022-02-26 18:00:03 Live stream started
15:00
Ochish/sharhlash
2022-02-26 16:40:21 ​​Odatni shakllantiruvchi sehrli kalit yo'q!

Xabaringiz bor, markazimizda bundan bir necha kunlar oldin oftalmolog, doktorant va xalqaro olim Bek Olimjon bilan "Odatlarni shakllantirish" mavzusida master-klass tashkil qilingan edi.

Spikerimiz suhbat jarayonida odatlarni shakllantirish, shogird tushish sirlari, shaxsiy rivojlanish va chet elda o'qish borasida o'z amaliy tajribalari bilan o'rtoqlashdilar. Shuningdek, tadbir yakunida savol-javob qismi ham bo'lib o'tdi.

Bugun — 26-fevral, soat 19:00 da ushbu master-klass premyerasi bo'lib o'tadi.

Havola:



Tom ma'noda yuksalib, yangi odatlar shakllantirish va shaxsiy rivojlanishni istagan barcha yoshlarga ushbu master-klassni ko'rishni tavsiya qilamiz.

Administratorga yozish

+998712001123
15.6K views13:40
Ochish/sharhlash
2022-02-26 12:07:49Core o'zi nima? | Dasturlashning yadrosini o'rganish qanchalik muhim?

Avvalgi hafta dasturlash yo'nalishi bo'yicha ovozli chat qilganimizdan xabaringiz bor. Aynan o'sha suhbatda "core" terminini ishlatgan edik. «Core» so'zi inglizchadan tilimizga — o'zak, asl ma'no, tub deb tarjima qilinadi. Bugun aynan shular haqida gaplashishga qaror qildik.

Suhbatimiz orqali core'ning mohiyati, nimaga xizmat qilishi, nima uchun o'rganish kerakligi, uni bilgan insonga dasturlash olamida qorong'ilik qolmasligi rostmi, Najot Ta'limning bootcamp kurslarida core o'rgatiladimi kabi savollarga javob berib o'tiladi.

Ovozli suhbatda Software Engineer sifatida faoliyat yuritayotgan Muhammadxon Najimov, dasturlash Foundation ustozi Alisher Kasimov va HR bo'limi rahbari Ali Zairovlar ishtirok etishadi.

Ovozli suhbat bugun — 26-fevral soat 20:00 da bo'lib o'tadi. Core bo'yicha o'zingizni qiziqtirgan savollarga ovozli suhbatning o'zida javob olishingiz mumkin.

Ovozli suhbatda qatnashish: https://t.me/najottalim?livestream

Administratorga bog'lanish

+998712001123
7.2K views09:07
Ochish/sharhlash
2022-02-26 12:05:26 Live stream scheduled for Feb 26 at 15:00
09:05
Ochish/sharhlash
2022-02-25 12:35:38 Bildirilgan ishonch uchun rahmat!

Azizlar, sizlar uchun yaxshi bir yangiligimiz bor. Quvonchimizga sherik bo'lasiz, degan umiddamiz. «Najot Ta'lim» markazining Instagram obunachilari soni 100 mingga yetdi.

Albatta, bu natijaga biz uchun bildirilgan ishonch, e'tibor va qo'llab-quvvatlov orqali erishdik. Buning uchun barcha kuzatuvchilarimizga jamoamiz nomidan samimiy minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.

Siz ham bizni kuzatishda bardavom bo'ling! Imkonimiz qadar, insonlar uchun manfaatli bo'lgan bilim va tajribalarni ulashishda davom etamiz.

Administratorga yozish

+998712001123

Najot Ta'limning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Instagram | Telegram | Facebook | YouTube | TikTok
5.3K viewsedited  09:35
Ochish/sharhlash
2022-02-24 17:40:16Grafik dizayn yo'nalishiga kirmoqchimisiz? Ushbu video aynan siz uchun!

Najot Ta'lim markazi qadam-baqadam o'z o'quv kurslarini yangilab borayotganligidan xabaringiz bor. Bulardan eng birinchisi dasturlash uchun foundation bosqichi va unga kirish imtihoni joriy qilinganligi bo'lsa, o'tgan yilning dekabr oyidan boshlab esa, SMM Pro kurslari uchun ham kirish imtihonlari orqali qabul qilish tizimi o'rnatilganligidir.

Navbat grafik dizayn yo'nalishiga ham yetib keldi. Markazimizdagi grafik dizayn kursi ikki xil: foundation va mutaxassislik bosqichlariga bo'lindi. Endilikda grafik dizayn kursida o'qimoqchi bo'lgan insonlar, dastlab dizayn foundation bosqichi kirish imtihonlaridan o'tishlari talab etiladi.

Agar sizda dizayn sohasiga qiziqish va yangilangan bosqich haqida batafsil ma'lumot olish istagi mavjud bo'lsa, markazimiz asoschisi Temurbek Adhamov va grafik dizayn kursi ustozlari tomonidan ishlangan video premyerasini bugun — 24-fevral soat 20:00 da YouTube sahifamizda tomosha qiling.

Video uchun havola:



Ushbu videoni tomosha qilib, izohlarda o'zingizni qiziqtirgan savollarni yozib qoldiring. Biz yaqin kunlarda Telegramda ovozli suhbat o'tkazib, sizning savollaringizga javob beramiz.

Administratorga yozish

+998712001123
11.4K views14:40
Ochish/sharhlash
2022-02-23 17:40:28 Dasturlash haqida noldan boshlab gaplashamiz

Najot Ta'lim jamoasi yana bir yangi YouTube loyihaga qo'l urdi: «0 dan 1 gacha». Bu loyiha orqali dasturlashga qiziqishi uyg'ongan, lekin soha bo'yicha yetarli tushunchaga ega bo'lmagan insonlarga dasturlash haqida batafsil ma'lumot berishni nazarda tutganmiz.

Ya'ni loyiha davomiy bo'lib, dasturlashga aloqador barcha mavzular haqida batafsil suhbat qilib borish rejalashtirilgan.

Loyihaning 1-sonida quyidagi savollarga markazimizning dasturlash foundation kursi ustozlari tomonidan javob berib o'tildi: Dasturlash o'zi nima? Kelajakda dasturchilarga talab bormi? Bu sohada diplom muhimmi? Dasturlashda qanday yo'nalishlar bor? Markazimizda dasturlash foundation bosqichi va unga kirish imtihoni nega joriy qilingan?

Ushbu loyihaning 1-son premyerasi bugun — 23-fevral soat 20:00 da YouTube sahifamizda bo'lib o'tadi.

Havola:



Videoni tomosha qiling. Ushbu loyiha dasturlash olamiga kirib kelmoqchi bo'lgan insonlar uchun aniq bir yo'l xaritasi bo'lishiga ishonamiz.

Administratorga yozish

+998712001123
14.8K viewsedited  14:40
Ochish/sharhlash
2022-02-23 08:50:04
Dasturchilar uchun foydali YouTube kanallar ro'yxati

Yodingizda bo'lsa, bundan ancha avval grafik dizaynerlar uchun foydali bo'lgan YouTube kanallarni tavsiya qilgan edik.

Navbatdagi tavsiyamiz dasturlash olami vakillari uchun. Ishonamizki, ushbu tavsiyalarimiz qo'shimcha bilim va g'oyalar olishingizda yordamchi bo'ladi.

Siz ham dasturlash sohasiga qadam tashlamoqchimisiz? Unda dasturlashning asosi hisoblangan Foundation bosqichi kirish imtihonlariga marhamat.

Navbatdagi kirish imtihonlari 26-27-fevral kunlari markazimizning Chilonzor filialida bo'lib o'tadi. Ro'yxatdan o'ting.

Dasturlash foundation bosqichi imtihoni uchun ro'yxatdan o'tish

Administratorga yozish

+998712001123
10.9K views05:50
Ochish/sharhlash
2022-02-22 16:31:14 Bu safargisi o'zgacha bo'ldi!

Avvalroq xabar berganimizdek, 20-fevral — yakshanba kuni markazimizda "Girgitton", "EDU", "EDU-Sofiya" kabi loyihalar asoschisi Xurshid Maroziqov bilan suhbat bo'lib o'tdi.

Fotolavhalarga marhamat

Master-klass o'zgacha o'tdi, deyishimizga ham yetarlicha asos bor. Ya'ni suhbat uchun aynan bir mavzu tanlanmadi. Tadbir qatnashchilari o'zlarini qiynayotgan, o'ylantirayotgan savollarga spikerimizdan kerakli javoblarni olishdi. Qisqasi, har sohadan bir shingil, deganlaridek deyarli barcha mavzularga to'xtalib o'tdik.

Ushbu suhbat yaqin kunlarda YouTube sahifamiz orqali premyera qilinadi.

Siz markazimizda yana kimlar bilan master-klasslar uyushtirishimizni xohlagan bo'lar edingiz. Izohlarda yozib qoldiring.

Administratorga yozish

+998712001123
4.9K views13:31
Ochish/sharhlash
2022-02-21 19:56:30 Kelajak mutaxassislari IT olamiga keyingi qadamni tashladi

Bundan bir necha kun oldin markazimizning Chilonzor filialida o'quv kursi va amaliyot davrini muvaffaqiyatli yakunlagan o'quvchilarimiz uchun sertifikat topshirish marosimi bo'lib o'tdi.

Fotosuratlarga marhamat

Ushbu kechada markazimizdagi:

• SMM Pro;
• Full Stack Standard veb dasturlash;
• Frontend Bootcamp veb dasturlash (ayollar uchun);
• Standart Grafik dizayn;
• Bootcamp Grafik dizayn;
• Standart Moushn grafik dizayn
yo'nalishlarida bilim olib, kursni muvaffaqiyatli tamomlagan 108 nafar o'quvchilar bitiruv sertifikatlari bilan taqdirlanishdi. Ushbu o'quvchilarimizning ish joylari haqidagi ma'lumotni tez orada sizlarga ma'lum qilamiz.

Tadbir davomida ushbu kurs ustozlari so'zga chiqib, o'quvchilarimiz uchun o'zlarining samimiy tilak va maslahatlarini bildirib o'tishdi. Kecha so'nggida esa, kichik bayram stoli tashkil etildi.

Ushbu kurslar davomida o'quvchilarimizga o'z bilim-tajribalarini ulashgan yuqoridagi barcha kurs ustozlariga «Najot Ta'lim» jamoasi o'zining samimiy minnatdorchligini bildiradi. Bitiruvchilarimizga esa kelajakdagi ish faoliyatlarida omad tilab qolamiz. Hech qachon o'rganishdan, izlanishdan to'xtamang.

Administratorga yozish

+998712001123
4.3K views16:56
Ochish/sharhlash