Get Mystery Box with random crypto!

Najot Ta'lim

Telegram kanalining logotibi najottalim — Najot Ta'lim N
Telegram kanalining logotibi najottalim — Najot Ta'lim
Kanal manzili: @najottalim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 29.05K
Kanalning ta’rifi

💡 𝗡𝗮𝗷𝗼𝘁 𝗧𝗮'𝗹𝗶𝗺 — ilm va tajriba ulashamiz!
Dasturlash | Dizayn | Marketing
6500 bitiruvchi
Bitiruvchilar 85%-95% ishli
2023-yilda "Eng yaxshi AyTi markaz"
📞 𝗧𝗲𝗹: 998-78-888-9-888
📲 𝗔𝗹𝗼𝗾𝗮: @aloqa_ntbot
🌐 https://najottalim.uz

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 83

2021-01-30 14:24:24 ​​Bo'lg'usi shifokor-ayollar uchun ajratilgan grant g'oliblari aniqlandi!

Xabaringiz bor, Najot Taʼlim markazi Metsenat.uz orqali tibbiyot yoʻnalishida tahsil olayotgan ayol-qizlarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Boʻlgʻusi shifokor ayollar uchun grant" nomli grant eʻlon qilgan edi.

Ushbu
grantda Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan barcha OTM tibbiyot yoʻnalishining bakalavr bosqichi (kunduzgi va kechki) talabalari qaysi kursda oʻqishidan qat'iy nazar harakat qilishi mumkin edi.

Grant yakuniga ko'ra jami 212 nafar ayol-qizlar ro'yxatdan o'tdi. Bir o'rin uchun 42 nafar nomzod to'g'ri keldi. Saralash jarayonida talabgorlarning moddiy qiynalganligi, aʼlo oʻqishi, sohaga boʻlgan qiziqishi, qobiliyatlari, tajriba va koʻnikmalari inobatga olindi.

Barcha bosqichlardan omadli va muvafaqiyatli oʻtgan 5 nafar ayol-qizlar grant gʻolibi deb topildi.

Grant gʻoliblari bilan tanishamiz:
1
. Davlatova Dilorom Ğayrat qizi
2. Muminova Gulhayo
3. Nurjavova Adiba Yunusovna
4. Ortiqova Munisa Raxmatulloh qizi
5. Zoyirova Muazzam Zafarovna

Eslatib oʻtamiz, tanlab olingan besh nafar talabaning har biriga 3 mln soʻmdan bir martalik grant ajratiladi.

G'olib
deb topilganlar bilan metsenat.uz tashkilotchilari va Najot Ta'lim markazi xodimlari ushbu ayol-qizlarga yutuqlarini yetkazish bo'yicha tez orada aloqaga chiqishadi.

Grant gʻoliblarini erishgan yutugʻi bilan tabriklab, o'z sohani professionallari bo'lib yetishishida omad tilab qolamiz!

Bundan tashqari, Najot Ta'lim markazi tomonidan shu yilning 21-oktyabriga qadar faqat ayol-qizlarga IT kurslari uchun umumiy summadan 10 foizli chegirma ham e'lon qilingan.

Tel: +998712001123
9.7K viewsedited  11:24
Ochish/sharhlash
2021-01-29 19:05:38 ​​Selfmade loyihasidan 2021-yildagi ilk vebinarni kutib oling!

Ko'pchilikka ma'lum va mashhur bo'lgan Cambridge learning centre asoschisi Jahongir Pulatovning yurtimizda yoshlar orasida kuchli tadbirkorlarni ommalashtirish maqsadida boshlangan Selfmade loyihasi o'zining 2021-yildagi ilk vebinarini boshladi.

Biznes ochishdagi ko'p qilinadigan xatolarni qayta takrorlamaslik va biznes bo'yicha zarur maslahatlarni olish uchun "Biznes boshlashdagi 10 ta xato" nomli onlayn vebinar bo'lishi rejalashtirilgan.

Vebinar loyihasi asoschisi Jahongir Po'latov va "Atama Sushi" sushi bar va Bookhunters loyihalari asoschisi va hozirda "Chopar pizza" loyiha menejeri Atham Shaisayev tomonidan olib boriladi.

Najot Ta'lim markazi o'z ustida yanada ishlab, rivojlanishni istagan yoshlar uchun ushbu vebinarda ishtirok etishni tavsiya etadi. Zero, ilm o'rganish doimo faqatgina foyda keltirgan.

Agar followerlar 1k'dan oshsa, jonli efir qilinishi ham ko'zda tutilgan ekan. Shunday ekan, loyihani qo'llab-quvvatlash uchun loyihaning YouTube sahifasiga obuna bo'lishni unutmang!

Eslatma tariqasida, vebinar 30-yanvar shanba soat 19:00da Selfmade loyihasining YouTube sahifasida bo'lib o'tadi.

Havola: https://www.youtube.com/channel/UCoxUHnsYRfdio3TOnbTUbUg
7.6K views16:05
Ochish/sharhlash
2021-01-29 12:15:00 ​​300 000 $ grant yutib, eng nufuzli oliygohda tahsil olayotgan o’zbek talabasi bilan ochiq suhbat

Yosh
bo’lishiga qaramasdan, imkoniyatlardan unumli foydalangan holda, o’z shijoat, g’ayrati bilan atrofdagilarga namuna bo’la oluvchi insonlar bilan birgalikda samimiy suhbat tashkil etib kelayotgan yangi, interaktiv ko’rsatuv – “Osmondagi bolalar” loyihasining navbatdagi soni hayratingizga sabab bo’la oladi.

Uning bu galgi mehmoni dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri Karnegiy Mellon universitetida grant asosida tahsil olib kelayotgan o'zbek talabasi — Yusufbek.

Suhbat davomida, Yusufbekning IT olami biz o’ylaganimizdan ham ko’ra keng soha ekanligi, bugungi kunda yoshlarning eng katta xatosi maqsadni to’g’ri qo’ya olmayotganliklari hamda TOP universitetlarga kirish uchun asosiy e’tiborni nimalarga qaratish lozimligi to’g’risidagi fikr va tavsiyalardan boxabar bo’lishingiz mumkin.

Videoni to’liq ko’rish orqali, mehmonimiz tomonidan maxsus sovg’aga ega bo’lish imkonini qo’ldan boy bermang.

Suhbat premyerasi bugun soat 19:30 da bo'lib o'tadi.

Havola


43.9K views09:15
Ochish/sharhlash
2021-01-28 16:06:51 UX/UI veb dizayn va grafik dizayn granti g'oliblari bilan uchrashuv tashkil etildi!

Biror yo'nalishda grant yutish yoki munosiblarning ichida eng munosibi bo'lish oson emas. Bu fikrni Najot Ta'lim markazi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida UX/UI veb dizayn va grafik dizayn kurslari uchun ajratilgan grant sohiblariga nisbatan ham aytish mumkin.

Sababi ushbu grant uchun 734 nafar talabgor roʻyxatdan oʻtdi. Iqtidorli, zamonaviy kasblarga qiziqishi yuqori bo'lgan, ertangi kunini IT sohasiga bag'ishlay olgan nomzodlar ko'pligi bois, grantlar soniga 4 nafar qo'shib, umumiy hisobda 14 nafar g'olib saralab olingan edi.

Bugun shuncha talabgorlar ichida munosib deb topilganlar bilan samimiy suhbat tashkil etildi. Unda markaz asoschisi Temurbek Adhamov, Yoshlari ishlari agentligidan Mehrojiddin Nazarov hamda o'qituvchilar ishtirok etdilar.

Fotolarni ko'zdan kechirish

Yig'ilganlar grant sohiblarini g'oliblik bilan qutlab, keyingi ishlarida omad tilashdi. Ularga eng kerakli jihatlar hamda maqsadga erishish yo'lidagi to'siqlarni yengish borasidagi tavsiyalarini aytib o'tishdi.

Eslatib o'tamiz, mazkur grant sohiblari Najot Ta'lim markazida UX/UI veb dizayn hamda grafik dizayn yo'nalishlari bo'yicha grant asosida bepul tahsil oladilar.

Shu bilan birgalikda, ushbu grant uchun hujjat topshirgan barcha o'quvchiga Najot Ta'lim markazi 5 foizlik chegirma taqdim qilindi.

Yana bir bor grant g'oliblarini hayotlaridagi muhim qaror va g'alaba bilan tabriklaymiz, o'qishlarida esa omad tilab qolamiz!

Administratorga yozish

Tel: +998712001123

YouTube sahifa
7.4K views13:06
Ochish/sharhlash
2021-01-27 09:44:21 Bootcamp UX/UI veb dizayn kursining ilk guruhi darslariga start berildi!

Najot Taʼlim
markazida kundan-kunga talab oshib borayotgan sohalardan biri — UX/UI kurslari intensiv tarzda (haftada 5 kun, har kuni 5 soatdan) yo'lga qo'yilgan edi.

Bugun ushbu kursning ilk guruhi uchun darslar start oldi. Internet foydalanuvchilariga qulaylik yaratish va shu orqali onlayn bozorda o'z o'rnini topishga ahd qilgan o'quvchilar sohani o'rganishga kirishdilar.

Ular ushbu kurs davomida UX/UI texnologiyalari, soha uchun kerakli va foydali boʻlgan resurslardan foydalanish, UX yechimlar va UI elementlar bilan ishlash hamda OSʼlar va boshqa tizimlar uchun UX/UIʼlar tayyorlash kabilarni oʻrganadilar.

Eng zamonaviy dasturlardan foydalangan holda, istalgan veb sahifalar, internet tarmoqlari, turli xil ilova va dasturlarning tashqi dizaynini bemalol mustaqil yasay oladilar. Buning uchun o'tilgan darslarni puxta o'zlashtirish bilan birga amaliyotni ham birga olib borish zarur.

Darslar 6 oy davom etib, haftada 5 kun, kuniga 5 soatdan, ya'ni 3 soat ta'lim, 2 soat amaliyot tarzida mashgʻulot olib boriladi. Kurs davomida o'quvchilar sohani kuchli mutaxassislardan oʻrganish va shaxsiy portfoliosini shakllantirib borishlari ham mumkin.

Fotogalereya — siz uchun!

Ushbu sohani egallab:

Mobil va desktop ilovalar uchun dizayn tayyorlovchi;

Shu yoʻnalish boʻyicha eng soʻnggi texnologiyalarni qoʻllovchi mutaxassisga aylanashlariga ishonamiz!

Tengdoshlaringizga havas ko'zi bilan qarayabsizmi? Bilingki, havas harakat qilingandagina reallik kasb etadi. Harakatni esa qancha erta boshlasangiz shuncha yaxshi.

Darvoqe, ro'yxatdan o'tish havolasini sizga qulay tarzda qoldirdik

UX/UI veb dizayn bo'yicha master-classni ko'rish uchun havola:



Bootcamp UX/UI veb dizayn kursi haqida batafsil ma'lumot

UX/UI veb dizayn kursiga ro'yxatdan o'tish

Administratorga yozish

Tel: +998712001123

YouTube sahifa
7.7K views06:44
Ochish/sharhlash
2021-01-26 15:04:37
Kuchli ishtiyoq bo'lganda, masofalar to'sqinlik qila olmaydi!

Najot Taʼlimda
koʻplab yoshlar zamonaviy kasblarni egallab, hayotda oʻz oʻrniga ega bo'lib kelmoqda.

Biz “Hammasi Najot Taʼlimdan boshlanadi!” nomli loyihamiz orqali o'z qobiliyatlarini yuzaga chiqara olgan va hayoti qanday qilib 180 darajali muvaffaqiyatga burilib ketganligi haqidagi suhbatlarimizni berib borishda davom etamiz.

Uning navbatdagi sonida 22 yoshli grafik dizayner oʻz yoʻlini qanday topganligi haqida ochiq oydin soʻzlaydi! Xoʻsh, tibbiyotga qiziqqan Baxtiyor Nodirqulovni bu sohaga nima yetakladi? Najot Taʼlim'dan olgan motivatsiyasi unga hayotda nechogʻli asqatmoqda.

Grafik dizayn sohasining eng qiziqarli jihatlari haqida batafsil maʼlumot beruvchi suhbat siz uchun qiziqmi? Unda bu videoni tomosha qiling!

Suhbat premyerasi bugun soat 19:30 da boʻlib oʻtadi.

Havola
:

7.4K views12:04
Ochish/sharhlash
2021-01-26 13:19:12 ​​ UX/UI veb dizayn kursi bo'yicha master-classdan qisqagina "show reel"

Bundan
bir necha kun oldin, obunachilarimizdan kelib tushayotgan murojaatlarni hisobga olib UX/UI veb dizayn kursi bo'yicha onlayn master-class tashkil etgan edik.

2 soatdan ortiq vaqt davomida bo'lib o'tgan master-classni jonli ravishda 1000 dan ortiq obunachi bevosita kuzatib bordi. Bu esa yurtimizda veb dizayn sohasiga bo'lgan qiziqish yanada ortganidan darak beradi va biz bundan faqatgina xursand bo'lamiz.

Markazimiz o'qituvchisi Abbos Janizakov master-class boshida UX/UI veb dizayn sohasi qanday soha ekanligi va uning yurtimizda, jahon IT bozoridagi o'rni haqida qisqacha tushintirish berib o'tdi. Undan so'ng, "onlayn elektronik do'kon" uchun sayt dizaynini chizishga kirishdi.

Master-class davomida kuzatuvchilarga veb sayt yoki biror ilova uchun dizayn tayyorlayotganda e'tibor qaratilishi kerak bo'lgan jihatlar borligi, obunachilar saytga kirganda o'zlarini qay holatda qulay his qilishlari mumkinligi haqida tushuntirishlar berib o'tdi.

Bu master-classdan ko'zlagan maqsadimiz yoshlarga UX/UI veb dizayn sohasi aslida qanday soha ekanligi, uning grafik dizayner bilan orasida farqi borligi va kelajagi bor bo'lgan kasb ekanligini bildirish edi. O'ylaymizki, biz o'ylagan maqsadimizga erisha oldik, buning misolini markazimizga bu sohani o'rganish istagida kelayotgan yoshlarda ko'rsak bo'ladi.

Agar sizda ushbu sohaga ozgina bo'lsada, salohiyatingiz borligini sezsangiz o'ylanib o'tirmasdan bu sohani o'rganishga kirishing. Zero, biror sohada birinchi bo'la olmadingizmi, o'zingiz uchun birinchi bo'lishingiz mumkin bo'lgan sohani kashf qiling. Bu soha aynan UX/UI veb dizayn bo'lishi ham mumkin.

Eslatma tariqasida, ertaga UX/UI veb dizayn kursining ilk guruhida darslar boshlanadi. Hozirda kursga qabul davom etmoqda va ilk guruh uchun 2 o'rin bo'sh qolgan xolos. Bu o'rinlarni egasi aynan siz bo'lishingiz mumkin.

Fursatni boy bermang, biz bilan zamonaviy kasbni egallab, jamoamizga qoʻshiling!

Ha
aytgancha, hammasi Najot Ta'limdan boshlanadi

UX/UI veb dizayn bo'yicha master-classni ko'rish uchun havola:



Bootcamp UX/UI veb dizayn kursi haqida batafsil ma'lumot

UX/UI veb dizayn kursiga ro'yxatdan o'tish

Administratorga yozish

Tel: +998712001123

YouTube sahifa
6.8K views10:19
Ochish/sharhlash
2021-01-25 09:57:39 SMM Pro granti sohiblari o'rtasida musobaqa tashkil etildi!

SMM Pro kursida 28 nafar o'quvchi grant yutib, o'qishni boshlaganidan xabaringiz bor. Ular ikki guruhga bo'lingan holda soha sirlarini o'rganishga kirishgan edilar.

"Bilim bahslarda mustahkamlanadi" deganlaridek ushbu kurs o'quvchilari ishtirokida qiziqarli musobaqa tashkil etildi. Unda Najot Ta'limning SMM'dan dars beruvchi barcha o'qituvchilari ham qatnashib, ishtirokchilarning salohiyatini sinovdan o'tkazdilar.

Bilasiz, SMM menejerga eng kerakli "soft skill" — jamoani boshqara bilish va har bir mutaxassisni maksimal ravishda ishlata olishdir. Ushbu kichik musobaqada o'quvchilar bilimlarini boyitish barobarida guruh bo'lib ishlash malakasi va ko'nikmasiga ega bo'ldilar.

Fotogalereyaga marhamat!

Aslida hayotning o'zi musobaqa. Har bir kunimiz bamisoli imtihon. Hayot sinovlari ustidan goh g'alaba qozonamiz, goh mag'lub bo'lamiz. Bir qoida borki, inson doim harakatda bo'lsagina muvaffaqiyatga erisha oladi.

Bu kabi debat va musobaqalar bo'lajak SMM menejerlarga ana shu haqiqatni anglashga yordam bersa, ne ajab! Siz ham shu kabi yoshlar qatorida bo'lishni istasangiz, ishni SMM Pro kurslariga yozilishdan boshlang!

SMM Pro kursiga onlayn ro'yxatdan o'tish

Administratorga yozish

Tel: +998712001123

YouTube sahifa
7.8K viewsedited  06:57
Ochish/sharhlash
2021-01-23 19:05:37 ​​Bu oʻrin aynan sizniki boʻlishi mumkin!

Kundan-kunga talab oshib borayotgan UX/UI veb dizayn guruhlaridan biri yana 5 nafar o'quvchi qabulidan so'ng o'z darslarini boshlaydi. Bu eʼlonni oʻqigan zahotingiz roʻyxatdan oʻtib olish zarur, degani. Aks holda sizning oʻrningizni bu guruh ochilishini sabrsizlik bilan kutayotganlar band qilib olishi mumkin. Shunday emasmi?

Koʻpchilik yoshlar gadjetlarni juda yaxshi tushunishini taʼkidlashadi. Ammo qimmatbaho vaqtini shunchaki ijtimoy tarmoqlarga sovurib yuborishadi. Yaʼni, maqtanishga arzigulik kasblari yoʻq yoki ba'zi tengdoshlari kabi telefon va internetdan moddiy manfaat ko'rolmaydi.

Agar sizni ham xuddi shu muammo qiynayotgan boʻlsa, unda sizning kasbingiz Najot Taʼlim markazida, ishonavering! Buning uchun faqatgina bizning kurslarimizda mahoratingizni oshirsangiz kifoya.

Eslatib o'tamiz, UX/UI veb dizayn guruhiga yozilgan oʻquvchilar darslarni sabrsizlik bilan kutishyapti. Shuning uchun sizda chorshanba kunigacha imkoniyat bor.

Fursatni boy bermang, biz bilan zamonaviy kasbni egallab, jamoamizga qoʻshiling!

Ha
aytgancha, hammasi Najot Ta'limdan boshlanadi

UX/UI veb dizayn bo'yicha master-classni ko'rish uchun havola:



Bootcamp UX/UI veb dizayn kursi haqida batafsil ma'lumot

UX/UI veb dizayn kursiga ro'yxatdan o'tish

Administratorga yozish

Tel: +998712001123

YouTube sahifa
8.8K viewsedited  16:05
Ochish/sharhlash