Get Mystery Box with random crypto!

Dasturlash haqida noldan boshlab gaplashamiz Najot Ta'lim j | Najot Ta'lim

Dasturlash haqida noldan boshlab gaplashamiz

Najot Ta'lim jamoasi yana bir yangi YouTube loyihaga qo'l urdi: «0 dan 1 gacha». Bu loyiha orqali dasturlashga qiziqishi uyg'ongan, lekin soha bo'yicha yetarli tushunchaga ega bo'lmagan insonlarga dasturlash haqida batafsil ma'lumot berishni nazarda tutganmiz.

Ya'ni loyiha davomiy bo'lib, dasturlashga aloqador barcha mavzular haqida batafsil suhbat qilib borish rejalashtirilgan.

Loyihaning 1-sonida quyidagi savollarga markazimizning dasturlash foundation kursi ustozlari tomonidan javob berib o'tildi: Dasturlash o'zi nima? Kelajakda dasturchilarga talab bormi? Bu sohada diplom muhimmi? Dasturlashda qanday yo'nalishlar bor? Markazimizda dasturlash foundation bosqichi va unga kirish imtihoni nega joriy qilingan?

Ushbu loyihaning 1-son premyerasi bugun — 23-fevral soat 20:00 da YouTube sahifamizda bo'lib o'tadi.

Havola:



Videoni tomosha qiling. Ushbu loyiha dasturlash olamiga kirib kelmoqchi bo'lgan insonlar uchun aniq bir yo'l xaritasi bo'lishiga ishonamiz.

Administratorga yozish

+998712001123