Get Mystery Box with random crypto!

Najot Ta'lim

Telegram kanalining logotibi najottalim — Najot Ta'lim N
Telegram kanalining logotibi najottalim — Najot Ta'lim
Kanal manzili: @najottalim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 29.03K
Kanalning ta’rifi

💡 𝗡𝗮𝗷𝗼𝘁 𝗧𝗮'𝗹𝗶𝗺 — ilm va tajriba ulashamiz!
Dasturlash | Dizayn | Marketing
6500 bitiruvchi
Bitiruvchilar 85%-95% ishli
2023-yilda "Eng yaxshi AyTi markaz"
📞 𝗧𝗲𝗹: 998-78-888-9-888
📲 𝗔𝗹𝗼𝗾𝗮: @aloqa_ntbot
🌐 https://najottalim.uz

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 84

2021-01-26 15:04:37
Kuchli ishtiyoq bo'lganda, masofalar to'sqinlik qila olmaydi!

Najot Taʼlimda
koʻplab yoshlar zamonaviy kasblarni egallab, hayotda oʻz oʻrniga ega bo'lib kelmoqda.

Biz “Hammasi Najot Taʼlimdan boshlanadi!” nomli loyihamiz orqali o'z qobiliyatlarini yuzaga chiqara olgan va hayoti qanday qilib 180 darajali muvaffaqiyatga burilib ketganligi haqidagi suhbatlarimizni berib borishda davom etamiz.

Uning navbatdagi sonida 22 yoshli grafik dizayner oʻz yoʻlini qanday topganligi haqida ochiq oydin soʻzlaydi! Xoʻsh, tibbiyotga qiziqqan Baxtiyor Nodirqulovni bu sohaga nima yetakladi? Najot Taʼlim'dan olgan motivatsiyasi unga hayotda nechogʻli asqatmoqda.

Grafik dizayn sohasining eng qiziqarli jihatlari haqida batafsil maʼlumot beruvchi suhbat siz uchun qiziqmi? Unda bu videoni tomosha qiling!

Suhbat premyerasi bugun soat 19:30 da boʻlib oʻtadi.

Havola
:

7.4K views12:04
Ochish/sharhlash
2021-01-26 13:19:12 ​​ UX/UI veb dizayn kursi bo'yicha master-classdan qisqagina "show reel"

Bundan
bir necha kun oldin, obunachilarimizdan kelib tushayotgan murojaatlarni hisobga olib UX/UI veb dizayn kursi bo'yicha onlayn master-class tashkil etgan edik.

2 soatdan ortiq vaqt davomida bo'lib o'tgan master-classni jonli ravishda 1000 dan ortiq obunachi bevosita kuzatib bordi. Bu esa yurtimizda veb dizayn sohasiga bo'lgan qiziqish yanada ortganidan darak beradi va biz bundan faqatgina xursand bo'lamiz.

Markazimiz o'qituvchisi Abbos Janizakov master-class boshida UX/UI veb dizayn sohasi qanday soha ekanligi va uning yurtimizda, jahon IT bozoridagi o'rni haqida qisqacha tushintirish berib o'tdi. Undan so'ng, "onlayn elektronik do'kon" uchun sayt dizaynini chizishga kirishdi.

Master-class davomida kuzatuvchilarga veb sayt yoki biror ilova uchun dizayn tayyorlayotganda e'tibor qaratilishi kerak bo'lgan jihatlar borligi, obunachilar saytga kirganda o'zlarini qay holatda qulay his qilishlari mumkinligi haqida tushuntirishlar berib o'tdi.

Bu master-classdan ko'zlagan maqsadimiz yoshlarga UX/UI veb dizayn sohasi aslida qanday soha ekanligi, uning grafik dizayner bilan orasida farqi borligi va kelajagi bor bo'lgan kasb ekanligini bildirish edi. O'ylaymizki, biz o'ylagan maqsadimizga erisha oldik, buning misolini markazimizga bu sohani o'rganish istagida kelayotgan yoshlarda ko'rsak bo'ladi.

Agar sizda ushbu sohaga ozgina bo'lsada, salohiyatingiz borligini sezsangiz o'ylanib o'tirmasdan bu sohani o'rganishga kirishing. Zero, biror sohada birinchi bo'la olmadingizmi, o'zingiz uchun birinchi bo'lishingiz mumkin bo'lgan sohani kashf qiling. Bu soha aynan UX/UI veb dizayn bo'lishi ham mumkin.

Eslatma tariqasida, ertaga UX/UI veb dizayn kursining ilk guruhida darslar boshlanadi. Hozirda kursga qabul davom etmoqda va ilk guruh uchun 2 o'rin bo'sh qolgan xolos. Bu o'rinlarni egasi aynan siz bo'lishingiz mumkin.

Fursatni boy bermang, biz bilan zamonaviy kasbni egallab, jamoamizga qoʻshiling!

Ha
aytgancha, hammasi Najot Ta'limdan boshlanadi

UX/UI veb dizayn bo'yicha master-classni ko'rish uchun havola:



Bootcamp UX/UI veb dizayn kursi haqida batafsil ma'lumot

UX/UI veb dizayn kursiga ro'yxatdan o'tish

Administratorga yozish

Tel: +998712001123

YouTube sahifa
6.8K views10:19
Ochish/sharhlash
2021-01-25 09:57:39 SMM Pro granti sohiblari o'rtasida musobaqa tashkil etildi!

SMM Pro kursida 28 nafar o'quvchi grant yutib, o'qishni boshlaganidan xabaringiz bor. Ular ikki guruhga bo'lingan holda soha sirlarini o'rganishga kirishgan edilar.

"Bilim bahslarda mustahkamlanadi" deganlaridek ushbu kurs o'quvchilari ishtirokida qiziqarli musobaqa tashkil etildi. Unda Najot Ta'limning SMM'dan dars beruvchi barcha o'qituvchilari ham qatnashib, ishtirokchilarning salohiyatini sinovdan o'tkazdilar.

Bilasiz, SMM menejerga eng kerakli "soft skill" — jamoani boshqara bilish va har bir mutaxassisni maksimal ravishda ishlata olishdir. Ushbu kichik musobaqada o'quvchilar bilimlarini boyitish barobarida guruh bo'lib ishlash malakasi va ko'nikmasiga ega bo'ldilar.

Fotogalereyaga marhamat!

Aslida hayotning o'zi musobaqa. Har bir kunimiz bamisoli imtihon. Hayot sinovlari ustidan goh g'alaba qozonamiz, goh mag'lub bo'lamiz. Bir qoida borki, inson doim harakatda bo'lsagina muvaffaqiyatga erisha oladi.

Bu kabi debat va musobaqalar bo'lajak SMM menejerlarga ana shu haqiqatni anglashga yordam bersa, ne ajab! Siz ham shu kabi yoshlar qatorida bo'lishni istasangiz, ishni SMM Pro kurslariga yozilishdan boshlang!

SMM Pro kursiga onlayn ro'yxatdan o'tish

Administratorga yozish

Tel: +998712001123

YouTube sahifa
7.8K viewsedited  06:57
Ochish/sharhlash
2021-01-23 19:05:37 ​​Bu oʻrin aynan sizniki boʻlishi mumkin!

Kundan-kunga talab oshib borayotgan UX/UI veb dizayn guruhlaridan biri yana 5 nafar o'quvchi qabulidan so'ng o'z darslarini boshlaydi. Bu eʼlonni oʻqigan zahotingiz roʻyxatdan oʻtib olish zarur, degani. Aks holda sizning oʻrningizni bu guruh ochilishini sabrsizlik bilan kutayotganlar band qilib olishi mumkin. Shunday emasmi?

Koʻpchilik yoshlar gadjetlarni juda yaxshi tushunishini taʼkidlashadi. Ammo qimmatbaho vaqtini shunchaki ijtimoy tarmoqlarga sovurib yuborishadi. Yaʼni, maqtanishga arzigulik kasblari yoʻq yoki ba'zi tengdoshlari kabi telefon va internetdan moddiy manfaat ko'rolmaydi.

Agar sizni ham xuddi shu muammo qiynayotgan boʻlsa, unda sizning kasbingiz Najot Taʼlim markazida, ishonavering! Buning uchun faqatgina bizning kurslarimizda mahoratingizni oshirsangiz kifoya.

Eslatib o'tamiz, UX/UI veb dizayn guruhiga yozilgan oʻquvchilar darslarni sabrsizlik bilan kutishyapti. Shuning uchun sizda chorshanba kunigacha imkoniyat bor.

Fursatni boy bermang, biz bilan zamonaviy kasbni egallab, jamoamizga qoʻshiling!

Ha
aytgancha, hammasi Najot Ta'limdan boshlanadi

UX/UI veb dizayn bo'yicha master-classni ko'rish uchun havola:



Bootcamp UX/UI veb dizayn kursi haqida batafsil ma'lumot

UX/UI veb dizayn kursiga ro'yxatdan o'tish

Administratorga yozish

Tel: +998712001123

YouTube sahifa
8.8K viewsedited  16:05
Ochish/sharhlash