Get Mystery Box with random crypto!

Najot Ta'lim

Telegram kanalining logotibi najottalim — Najot Ta'lim N
Telegram kanalining logotibi najottalim — Najot Ta'lim
Kanal manzili: @najottalim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 29.03K
Kanalning ta’rifi

💡 𝗡𝗮𝗷𝗼𝘁 𝗧𝗮'𝗹𝗶𝗺 — ilm va tajriba ulashamiz!
Dasturlash | Dizayn | Marketing
6500 bitiruvchi
Bitiruvchilar 85%-95% ishli
2023-yilda "Eng yaxshi AyTi markaz"
📞 𝗧𝗲𝗹: 998-78-888-9-888
📲 𝗔𝗹𝗼𝗾𝗮: @aloqa_ntbot
🌐 https://najottalim.uz

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 69

2022-04-21 15:50:02 Abutech software development kompaniyasi a'zolari o'z tajribalarini ulashadi!

Dasturlash sohasida ta'lim olayotgan o'quvchilar uchun quvonchli bir yangiligimiz bor. Abutech software development kompaniyasi a'zolari o'zlarining "real case"lari va dasturchilar uchun ishga kirgandan keyingi jarayon qanday bo'lishi kabi bir qator mavzularda tajribalari bilan o'rtoqlashish maqsadida "workshop" o'tkazishadi.

Taqdimotda "testing", "global state management" nima ekanligi, "React performance"ning imkoniyatlari, "docker" nimaga ishlatilishi va "Next.js"ning afzalliklari kabi mavzularda suhbat bo'lib o'tadi.

Agar sizga ham yuqoridagi mavzular qiziq bo'lsa va bular bo'yicha savollaringiz mavjud bo'lsa "workshop"ga marhamat! "Workshop"da faqatgina «Najot Ta'lim» o'quvchilari ishtirok etishi mumkin.

Taqdimot 24-aprel — yakshanba kuni soat 10:30 «Najot Ta'lim» markazining Chilonzor filialida bo'lib o'tadi.

"Workshop" uchun ro'yxatdan o'tish

Ma'muriyatga bog'lanish

+998788889888
4.6K views12:50
Ochish/sharhlash
2022-04-21 12:33:01 «Cambridge» va «Najot Ta'lim» jamoalari 1 mlrd 200 mln so'mlik grant e'lon qiladi

«Najot Ta'lim» va «Cambridge» o'quv markazi o'zaro hamkorlikda kam ta'minlangan va boquvchisini yo'qotgan yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularni mustaqil hayotga qadam qo'yishida ko'maklashish maqsadida "Kelajak yoshlari" nomli grant loyihasiga qo'l urgan.

Ramazon oyida boshlanib, keyingi Ramazon oyining oxirida yakuniga yetuvchi ushbu xayriya aksiyasiga bu yilgi qabul boshlanganligini e'lon qilamiz.

Loyiha uchun umumiy miqdorda 1 mlrd 200 million so'm mablag' ajratildi. Unga ko'ra 60 nafar yigit-qizga ingliz tili hamda IT sohalarini, jumladan, standart dasturlash va grafik dizayn yo'nalishlarini 1 yil davomida mutlaqo bepul o'rganish imkoniyati beriladi.

"Kelajak yoshlari" grantida respublikamizning istalgan hududida istiqomat qiluvchi, 15 yoshdan 22 yoshgacha bo'lgan, kam ta'minlangan va boquvchisini yo'qotgan yoshlar ishtirok etish huquqiga ega.

Talabgorlar «Najot Ta'lim» va «Cambridge» jamoasi a'zolari tomonidan motivatsion xat va suhbat orqali saralab olinadi. Loyihada qatnashish uchun arizalar shu yilning 22-aprelidan 5-may sanasiga qadar qabul qilinadi.

«Cambridge» va «Najot Ta'lim» jamoalari ushbu xayrli ishdan hech qanday moddiy manfaat ko'zlamagan bo'lib, uni o'z qadriyatlaridan kelib chiqqan holda, millat va vatan oldidagi burchi o'laroq amalga oshirmoqda.

"Kelajak yoshlari" loyihasi grantiga ro'yxatdan o'tish

Ma'muriyatga bog'lanish

+998788889888
39.6K views09:33
Ochish/sharhlash
2022-04-21 09:10:02 IT sohasida o'zimni sinab ko'rmagan 2 ta kasb qolgandi...

Najot Ta'lim markazi kursni muvaffaqiyat ila yakunlagan bitiruvchilarini "Najot Ta'lim bitiruvchilari" loyihasi orqali tanishtirishda davom etadi.

Ushbu sondagi qahramonimizning hayot yo'li sizni, albatta, qiziqtirmasdan qolmaydi. Salohiddinning birgina ko'rib qolgan videosi uni MFaktorga olib borgani, so'ngra dasturlashni o'rganish maqsadida karantinda onlayn gul sotib, kompyuter olgani va 4 marta urinishdan so'ng ishga kirganligi buning isboti bo'lishi mumkin.

Hozirda NovaLab Tech kompaniyasida Frontend Developer lavozimida ishlab kelayotgan Salohiddinning suhbat premyerasini bugun — 21-aprel soat 14:00 da quyidagi havola orqali tomosha qiling.

Havola:



Ma'muriyatga bog'lanish

+998788889888
7.1K views06:10
Ochish/sharhlash
2022-04-19 12:01:00 Shu narsani tushundimki, kuchli kompaniya zamirida kuchli jamoa yotadi

O'z qiziqishlari ortidan yurib, yo'nalishini topgan va hozirda o'sha kasbi ortidan ma'lum bir kompaniyaning sevimli jamoa a'zosi bo'lib faoliyat yuritayotgan bitiruvchilarimizni tanishtirishda davom etamiz.

"Hammasi Najot Ta'limdan boshlanadi" loyihamizning bu galgi mehmoni ayni paytda MFaktor loyihasining SMM menejeri sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Abduazim Yolqinov bo'ldi.

YouTube'dagi o'zbek kontentini saviyali bo'lishiga o'z hissasini qo'shgan va qo'shib kelayotgan MFaktor loyihasining jamoa a'zosi bo'lish hissi qanday bo'ladi? U yerda ishlash uchun qanday ko'nikmalar talab qilinadi? Abduazimni MFaktor'ga qaysi yo'llar olib borgan? Yuqoridagi savollarga javobni to'liq ko'rsatuv orqali bilib olishingiz mumkin.

Suhbat premyerasini bugun — 19-aprel soat 16:00 da quyidagi havola orqali tomosha qiling.

Havola:



P. S. Ha, aytgancha, sizda ham hammasi «Najot Ta'lim»dan boshlanishi mumkin.

Ma'muriyatga bog'lanish

+998788889888
6.6K views09:01
Ochish/sharhlash
2022-04-19 09:49:05 Barcha savollaringizga bir kunning o'zida javob oling!

Xabaringiz bor, kuni kecha biz o'z kuzatuvchilarimizga bir savol bilan yuzlangan edik. Kutilganidek ushbu postning izohlar qismida ko'pchilik o'zining qiziqtirgan savollarini yozib qoldirdi.

Barcha savollaringizga «Najot Ta'lim» markazining eng tajribali ustozlari tomonidan jonli muloqotda javob olishga nima deysiz?

Biz aynan IT sohalariga oid barcha savollarga javob berish maqsadida katta masshtabdagi ochiq dars tashkil qilishga qaror qildik.

Ochiq darsda:
• IT sohalariga qiziqishi bo'lgan;
• O'z kelajagini zamonaviy kasblardan biri bilan bog'lamoqchi bo'lgan;
• Lekin qaysi bir kasbni tanlashga ikkilanayotgan;
• O'z qobiliyat va xarakteriga mos kasbni tanlamoqchi bo'lgan;
• Shuningdek, IT'ni o'rganish orqali, avvalo, o'z oilasi, millati rivojiga hissa qo'shish niyatida bo'lgan barcha insonlar qatnashishi mumkin.

Keng ko'lamdagi ochiq dars 8-may kuni quyidagi yo'nalishlar va vaqtlarda bo'lib o'tadi:

Dasturlash — soat 10:00;
Dizayn — soat 13:00;
Media-marketing — soat 16:00.

Ochiq darsda aynan yoz mavsumi uchun mo'ljallangan, juda ko'pchilik insonlar uchun manfaatli bo'lishi kutilayotgan sirli yangiliklar sizni kutmoqda!

Manzil: Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahri boshqarmasi binosi.
Mo'ljal: Beruniy metro, O'zbekiston Milliy universiteti hududi.

Biz sizni ochiq darsda kutamiz. Buning uchun ro'yxatdan o'tib, o'z o'rningizni band qilib qo'ying.

Ochiq dars uchun ro'yxatdan o'tish

Ma'muriyatga bog'lanish

+998788889888
6.7K viewsedited  06:49
Ochish/sharhlash
2022-04-18 08:35:10 «Najot Ta'lim» markazi siz uchun yangilik tayyorlab qo'ydi!

«Najot Ta'lim» jamoasi o'z kuzatuvchilariga bir savol bilan yuzlanmoqchi:

Zamonaviy IT sohalari: dasturlash, dizayn va media-marketing yo'nalishlariga oid sizda qanday savollar mavjud?

Ya'ni sizda yuqoridagi yo'nalishlardan biriga oid anchadan beri o'ylantirib kelayotgan savollar mavjud bo'lsa, ushbu postning izohlar qismida batafsil yozib qoldiring!

Bu aynan siz uchun muhim bo'lishi mumkin.
8.0K viewsedited  05:35
Ochish/sharhlash
2022-04-17 18:27:09
Grafik dizayner o'zi kim?

Zamonaviy kasb egalari nima ish bilan shug'ullanishi haqida ko'pchilikda noto'g'ri tushunchalar mavjud. Misol uchun, odamlar dasturchilarni "kompyuter ustasi", SMM menejerlarni "reklamachi" deb o'ylashadi. Jumladan, grafik dizaynerlar bilan ham shunga o'xshash holatlar uchrab turadi.

Biz bu gal aynan grafik dizaynerlarni boshqa insonlar qanday tasavvur qilishi haqida qiziqarli farazlarni to'pladik. Siz-chi? Grafik dizaynerlarni qanday tasavvur qilasiz? Izohlarda qoldiring.

Agar siz ham dizayn sohasiga qiziqsangiz va uni o'rganish istagida bo'lsangiz, kurs uchun ro'yxatdan o'ting.

Grafik dizayn standart kursiga ro'yxatdan o'tish

Ma'muriyatga bog'lanish

+998788889888
8.8K views15:27
Ochish/sharhlash
2022-04-16 09:20:10 Ehtiyot bo'ling, bizni kuzatishmoqda

Instagram yoki Facebook ijtimoiy tarmoqlaridan siz-u biz kuniga kamida bir marotaba bo'lsa ham foydalanamiz. Zavq bilan ekran chertib o'tirganingizda siz obuna bo'lmagan profillar kelib chiqib qolaveradi. Buni esa target deydilar.

Xo'sh, target nima ekanligi haqida qisqacha bilgan holda, uning imkoniyatlari, vazifalari, qanday maqsadlarda qo'llanilishi, tarmoq ichidagi auksion "o'yinlar" haqida yanada batafsil quyidagi videomiz orqali bilib oling.

Loyiha premyerasi bugun — 16-aprel soat 14:00 da YouTube sahifamizda boshlanadi.

Tomosha qilish: https



Ma'muriyatga bog'lanish

+998788889888
10.0K views06:20
Ochish/sharhlash
2022-04-15 16:07:02 Mutaxassislik imtihoniga ro'yxatdan o'ting

«Najot Ta'lim» markazida dasturlash sohasida boshlang'ich bilim va ko'nikmalarga ega o'quvchilar uchun bootcamp kurslariga sinov imtihoni bo'lib o'tadi.

Bu orqali o'quvchilar 4 oylik foundation bosqichisiz birdaniga chuqurlashtirilgan mutaxassislik kurslarida o'qish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

Imtihon frontend va Go yo'nalishlaridan bo'lib o'tadi. Guruhlar ikki yo'nalish uchun ikki xil vaqtda ochiladi:

• Go — 08:00 da;
• Frontend — 14:00 da.

Kirish imtihoni 24-aprel kuni soat 10:00 da markazimizning Chilonzor filialida bo'lib o'tadi.

Shoshiling, joylar soni chegaralangan!

Imtihon uchun ro'yxatdan o'tish

Ma'muriyatga bog'lanish

+998788889888
9.4K views13:07
Ochish/sharhlash
2022-04-15 13:16:53
Xarid qiling va asrab qoling!

Oʻzbekistonda har oʻn ming nafar insondan 17 ta bola oqqon kasalligiga chalinadi va ulardan bor yoʻgʻi 30 foizi yashab qoladi xolos. Kasallik kelib chiqishining aniq sabablari hali tibbiyotda ma'lum emas.

Bu kasallikka bola ham, ayol kishi ham, katta yoshdagi odam ham chalinishi mumkin. Bu sirli xastalik uzoq vaqt davolanish va katta mablagʻni talab etadi.

Shulardan kelib chiqib, loyihamizning xayriya futbolkalarini chiqarishga qaror qilgan edik. Futbolkalardan tushgan foyda toʻliq oqqon bilan xastalangan bolalar uchun ajratiladi.

Loyihamiz futbolkalarini xarid qilish orqali ularni asrab qoling!

Buyurtma bering!

Eslatib o'tamiz, umumiy hisobda 5000 dan ortiq futbolka chiqarilgan bo'lib, ulardan 2000 ga yaqini hamon o'z egalarini kutmoqda.

P. S. #asrabqoling heshtegi orqali ijtimoiy tarmoqlarda ushbu loyiha haqida boshqalarni ham xabardor qiling.

Osmondagi bolalar
7.9K views10:16
Ochish/sharhlash