Get Mystery Box with random crypto!

Najot Ta'lim

Telegram kanalining logotibi najottalim — Najot Ta'lim N
Telegram kanalining logotibi najottalim — Najot Ta'lim
Kanal manzili: @najottalim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 29.03K
Kanalning ta’rifi

💡 𝗡𝗮𝗷𝗼𝘁 𝗧𝗮'𝗹𝗶𝗺 — ilm va tajriba ulashamiz!
Dasturlash | Dizayn | Marketing
6500 bitiruvchi
Bitiruvchilar 85%-95% ishli
2023-yilda "Eng yaxshi AyTi markaz"
📞 𝗧𝗲𝗹: 998-78-888-9-888
📲 𝗔𝗹𝗼𝗾𝗮: @aloqa_ntbot
🌐 https://najottalim.uz

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 73

2022-02-18 08:44:41 "Osmondagi bolalar" ijodiy jamoasidan yangi loyiha

"Alohida mavzu" loyihasining bugun 20:00 da bo'lib o'tadigan ilk premyerasidan qolib ketmaslik uchun uning YouTube kanaliga obuna bo'ling!

Obuna bo'lish
6.5K views05:44
Ochish/sharhlash
2022-02-17 18:35:28 ​​«ProBox» kompaniyasi bilan shartnoma imzolandi

Najot Ta'lim jamoasi uchun qulayliklar yaratish, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash maqsadida, dastlab «Uzaro» kompaniyasi bilan memorandum imzolaganligimiz haqida xabar bergan edik.

Markazimiz jamoa a'zolariga yana bir xushxabarimiz bor. O'zbekiston bo'ylab smartfon va aksessuarlar sotish bo'yicha keng tarmoqqa ega, «ProBox» kompaniyasi bilan markazimiz o'rtasida shartnoma imzolandi.

Shartnomaga ko'ra, «Najot Ta'lim» jamoasining a'zolari «ProBox» kompaniyasidan «Apple» kompaniyasiga oid mahsulotlarni foizsiz muddatli to'lov asosida halol va hamyonbop narxlarda xarid qilishlari mumkin. Shuningdek, jamoa a'zolarimiz o'zlaridagi eski mobil telefonlarini topshirishlari va ustama bilan yangisini olishlari ham mumkin.

Barcha oilamiz a'zolari uchun imkonimiz boricha qulayliklar yaratishga harakat qilamiz. Biz bilan birga ekanligingiz uchun rahmat!

+998712001123

YouTube sahifa
4.4K viewsedited  15:35
Ochish/sharhlash
2022-02-16 18:01:15 ​​Dizayn fidbek — har qanday dizayn yashab ketish uchun haqli

Qaysi sohada faoliyat yuritishingizdan qat'i nazar o'sib-rivojlanishingizda aynan shu sohadagi tajribali insonlardan olingan maslahat, fikrlar siz uchun eng yaxshi maktab bo'ladi.

«Najot Ta'lim» jamoasidan yangi YouTube loyiha — «Dizayn fidbek». Agar siz dizayn sohasida faoliyat yuritsangiz yoki bu sohaga oid ishlaringiz mavjud bo'lsa, endilikda bularga Najot Ta'lim markazi grafik dizayn kursi ustozlaridan feedback olish imkoniyatingiz bor.

Buning uchun siz: logo, poster, animatsion dizayn, poligrafik dizayn va boshqa shu kabi dizaynga oid ishlarni @NT_Dizaynfidbek_bot manziliga yuborishingiz kerak. Yuborilgan ishlar saralab olinadi va YouTube loyihamiz orqali "feedback'lar yomg'iri" bilan siylanadi. Bizga o'z ishlaringizni yuboring.

Eslatma: yuborilayotgan dizaynlar fayl formatida bo'lishi kerak.

Administratorga bog'lanish

+998712001123
4.2K views15:01
Ochish/sharhlash
2022-02-15 20:06:01
Ish quroling bo'lsa soz, mashaqqating bo'lar oz

Xalqimizdagi bu naql bekorga aytilmagan. Qaysi sohada bo'lmasin, ish qurolining sozligi, uning to'g'ri tanlanganligi unumdorlikning oshishida asosiy vositalardan biri hisoblanadi.

Bizga berilgan ko'plab savollarni inobatga olgan holda, IT sohasi vakillarining eng kerakli "qurol"i bo'lgan kompyuterlarni to'g'ri tanlash haqida ma'lumot berishga qaror qildik.

Ushbu ma'lumotlar sizga IT sohalaridan kelib chiqib, to'g'ri va foydali tanlov qilishda yordamchi bo'ladi, degan umiddamiz. Noutbuk olaman deb yurgan tanishlarga ham yuborib qo'yamiz.

Mana, qanday kompyuter tanlash kerakligini ham bilib oldik. Endi navbat, o'qishga!

Kurslarga ro'yxatdan o'tish

Administratorga bog'lanish

Telefon raqam: +998712001123
4.7K views17:06
Ochish/sharhlash
2022-02-14 23:24:39 Bo'lajak SMM mutaxassislari aniqlandi

Yakshanba kuni markazimizda SMM Pro kursi uchun kirish imtihonlari bo'lib o'tganligi haqida ma'lumot bergan edik.

O'quvchilarning mantiqiy savol, boshlang'ich marketing tahlil va xorijiy tillar bo'yicha tuzilgan savollarga bergan javoblari tekshiruvlardan o'tkazilib, kech bo'lsa-da, bir necha bosqichli imtihon tekshirish jarayoni yakunlandi. Ishoning, bu jarayon anchayin murakkab.

Demak, siz kutgan SMM Pro kursiga kirish imtihonlarining natijalarini e'lon qilamiz. Unga ko'ra 154 nafar nomzodlardan 97 nafari kurs uchun o'qishga qabul qilindi.

Imtihon natijalari bilan tanishing

Kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o'tgan barcha o'quvchilar 20-fevral kuniga qadar markazimiz bilan shartnoma tuzishlari talab etiladi.

SMM mutaxassisi bo'lish uchun ilk qadamni tashlagan o'quvchilarimizga kelajak faoliyatlarida ham omad yor bo'lishiga tilakdoshmiz.

Eslatib o'tamiz, SMM Pro kursi uchun navbatdagi kirish imtihonlari may oyida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Administratorga bog'lanish

+998712001123
1.6K viewsedited  20:24
Ochish/sharhlash
2022-02-14 12:28:11 "Shaxsiy rivojlanish" mavzusidagi suhbat premyerasi

Yodingizda bo'lsa, markazimizda yosh boʻlishiga qaramay bakalavr, magistr, shuningdek, professor darajasiga erishgan, xalqaro iqtisodchi Valijon Turakulov bilan "Shaxsiy rivojlanish" mavzusida master-klass boʻlib oʻtgan edi.

Suhbat jarayonida spikerimiz barchamizga maʼlum "Dushanbadan boshlayman!" iborasining oqibatlari hamda yoshlar uchun muhim boʻlgan shaxsiy rivojlanish, odatlarni shakllantirish va intizom oʻrnatish haqida oʻzining hayotiy tajriba va maslahatlari bilan boʻlishdi.

Shaxsiy rivojlanishni istagan, ammo master-klassga tashrif buyura olmagan yoshlar uchun ushbu suhbatni premyera sifatida taqdim etamiz. Maroqli tomosha tilaymiz.

Videoni tomosha qilish:



P.S. Video ostida o'z izohlaringizni qoldirishni unutmang.

Administratorga yozish

Telefon raqam: +998712001123
17.9K views09:28
Ochish/sharhlash
2022-02-13 17:26:01 SMM Pro kursi kirish imtihoni bo'lib o'tdi

Bundan bir necha kunlar avval markazimizda fevral oyi uchun SMM Pro kursiga qabul boshlanganligi haqida ma'lumot bergan edik. Bugun markazimizning Chilonzor filialida ushbu kurs uchun navbatdagi kirish imtihoni bo'lib o'tdi.

Imtihonda 336 kishi qatnashish istagini bildirgan bo'lib, ulardan 154 nafari bilan kirish imtihonlari o'tkazildi.

Imtihon jarayonidan lavhalar

Markazimiz o'quv bo'limi a'zolari o'quvchilarning mantiq, tahlil va chet tili bo'yicha bergan javoblarini uch marotabadan tekshiruvdan o'tkazishadi. Natijalar esa ertaga e'lon qilinadi.

Barcha o'quvchilarga omad tilaymiz.
⠀⠀
SMM Pro kursi kirish imtihoni uchun roʻyxatdan oʻtish

Administratorga bog'lanish

Telefon raqam: +998712001123
4.8K views14:26
Ochish/sharhlash
2022-02-12 17:10:01 Bek Olimjon bilan master-klass bo'lib o'tdi

Bir necha kun avval «Osmondagi bolalar» loyihasining mehmoni Behzod Tashbayev bilan markazimizda master-klass uyushtirilishi to'g'risida xabar bergan edik.

«Odatlarni shakllantirish» mavzusida mehmonimiz bilan bugun — 12-fevral sanasida, markazimizning Chilonzor filialida suhbat bo'lib o'tdi.

Master-klassdan fotosuratlar

Suhbat o'z ustida ishlovchi insonlar uchun foydali bo'lgan odatlarni shakllantirish, bu yo'lda irodani qanday qilib mustahkamlash, "self-study", ustoz-shogirdlik masalasi va IT loyihalar kabi mavzularda bo'lib o'tdi. Master-klass barcha uchun birdek manfaatli bo'lganligiga aminmiz.

Master-klassda qatnasha olmagan bo'lsangiz, suhbat yaqin kunlarda YouTube sahifamizga joylanadi. Ha aytgancha, siz master-klasslarimizda yana kimlarni ko'rishni xohlar edingiz. Izohlarda yozib qoldiring.

Administratorga yozish

Telefon raqam: +998712001123
4.7K views14:10
Ochish/sharhlash
2022-02-11 13:16:26 Siz kutgan kun keldi!

Yangidan yangi ilm egalarini kashf etishda davom etib kelayotgan «Osmondagi bolalar» loyihasi bu safar tibbiyot sohasidan ketgan, Bek Olimjon taxallusi bilan tanilgan Behzod Toshbayev bilan suhbat qildi.

Loyihaning ushbu soni nafaqat tibbiyot haqida, balki siz o'quvchilarimiz uchun ham foydali bo'lgan ilm olish, mashaqqatlarni yengib o'tish, intizomni shakllantirish va to'g'ri maqsad qo'yish mavzularida bo'lib o'tdi.

Loyihani, albatta, ko'rishingizni va premyerani o'tkazib yubormasligingizni tavsiya qilamiz. Zero, ushbu suhbat avvalgilaridan tubdan farq qiladi.

Suhbat premyerasi bugun – soat 19:30 da quyidagi havola orqali bo'lib o'tadi. Premyerani o'tkazib yubormaslik uchun havola orqali o'tib, eslatish tugmasini bosib qo'ying.

Havola:



P. S. Videoni ko'rib bo'lib, ular bilan bo'lib o'tadigan ertangi master-klassimizga ham kelish yodingizdan chiqmasin!
5.4K views10:16
Ochish/sharhlash
2022-02-11 09:55:03 ​​Grafik dizayn bootcamp uchun qabul davom etmoqda!
Imtihonsiz so'nggi qabul!


Najot Ta'lim markazi bir necha oylardan beri dasturlash yo'nalishi uchun o'quvchilarni imtihon asosida qabul qilmoqda. Ushbu tizimni bosqichma-bosqich barcha kurslarimizga joriy qilishni yo'lga qo'ymoqdamiz.

Navbatdagi imtihon bilan ochiladigan kurs — bu dizayn yo'nalishi bo'yicha bo'lishi rejalashtirilmoqda. Ayni damda grafik dizayn bootcamp kursimiz uchun imtihonsiz so'nggi qabul davom etmoqda.

Guruhlar 2 ta vaqtda ochiladi: 09:00 va 14:00

Joylar soni cheklangan! Ro'yxatdan o'ting, tez orada darslar start oladi.

Grafik dizayn bootcamp kursiga roʻyxatdan oʻtish

Administratorga yozish

Telefon raqam: +998712001123
6.3K views06:55
Ochish/sharhlash