Get Mystery Box with random crypto!

#viza #AQSH Iyundan AQSh vizasini berishning yangi tartibiga | Migrant.uz axborot-xizmat portali

#viza #AQSH
Iyundan AQSh vizasini berishning yangi tartibiga o‘tiladi

Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi bosh konsuli Robert Romanovski Migrant.uz saytiga bergan maxsus intervyuda ma’lum qildi.

"10-iyundan boshlab, biz yangi tizimga o‘tamiz va bu ko‘plab arizachilarimiz uchun vizaga murojaat qilishni osonlashtiradi. Ya’ni siz akaunt yaratishingiz kerak. So‘ng onlayn viza arizasini topshirasiz va viza to‘lovini amalga oshirasiz. Pulni onlayn ravishda AQSh dollarida yoki O‘zbekistondagi "Tenge Bank"da so‘mda to‘lashingiz mumkin. To‘lovdan so‘ng, onlayn uchrashuvni belgilaysiz va uchrashuv kunida elchixonaga kelib, viza intervyu o‘tkazasiz.

Agar viza berilsa, uni elchixonadan emas, Toshkentdagi maxsus markazdan olib ketishingiz mumkin. Yoki aytaylik, siz Samarqand yoki Namanganda yashasangiz, qo‘shimcha to‘lov evaziga uy yoki ofisingizga yetkazib berish imkoniyati mavjud bo‘ladi.

Yangi tizimda hech qanday qo‘shimcha to‘lovlar bo‘lmaydi, agar maxsus yetkazib berish xohlamasangiz. Bu ko‘plab arizachilarimiz uchun qulay bo‘ladi, chunki elchixonaga qaytib borishga hojat qolmaydi va shuningdek, ko‘proq uchrashuvlarni taklif qilish imkoniyatini beradi.

Hozirgi kutish vaqti 2-3 hafta bo‘lsa, bu tizim bilan biz ko‘proq uchrashuvlar taklif qila olamiz va kutish vaqtini kamaytirish imkoniga ega bo‘lamiz.

Shuningdek, arizachilarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari ham ko‘proq bo‘ladi va sifat ham yaxshilanadi...", deydi bosh konsul Robert Romanovski.

Suhbatning to‘liq videosi: https



Obuna bo‘ling
@migrantuz