Get Mystery Box with random crypto!

Migrant.uz axborot-xizmat portali

Telegram kanalining logotibi migrantuzb — Migrant.uz axborot-xizmat portali M
Kanaldagi mavzular:
Валюта
Рубль
Dollar
سوم
Россия
Пора
Jinoyat
Muhojirlar
Реклама
Iqtisod
All tags
Telegram kanalining logotibi migrantuzb — Migrant.uz axborot-xizmat portali
Kanaldagi mavzular:
Валюта
Рубль
Dollar
سوم
Россия
Пора
Jinoyat
Muhojirlar
Реклама
Iqtisod
All tags
Kanal manzili: @migrantuzb
Toifalar: Bloglar , Sayohat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 39.67K
Kanalning ta’rifi

Migrant.uz axborot-xizmat portali
👉 youtube.com/@migrantuzb
👉 instagram.com/migrantuzb
👉 https://www.tiktok.com/@migrantuzb
👉 ok.ru/migrantuz
👉 fb.com/migrantuz
Админ: @migrantuzb_admin
Хабарлар юбориш учун: @migrantxabar
Реклама: @migrantreklama

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 12

2024-05-22 18:30:46
Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ayni vaqtlarda Rossiyada bo‘lib turibdi. Ish safari bilan Irkutskka kelgan hokim shahar ko‘chalarida o‘zbekistonlik yolg‘iz ona bilan uchrashib qolgan.

Ayolning Rossiyaga kelib ishlashiga majbur qilgan holatlar bilan tanishgan hokim unga yordam berishga qaror qilgan.

"Seni va bolalaringni bu yerdan Andijonga olib ketamiz, qarzlaringga ham yordam qilamiz", deydi Andijon viloyati hokimi ayolga.

Andijon viloyati hokimining Rossiya bo‘ylab safari davom etmoqda. Shuning uchun muhojirlardan yana boshqalari ham hokimni uchratib qolish ehtimoli katta.

Fikringizni izohlarda kutamiz.

Obuna bo’ling
@migrantuz
8.5K viewsedited  15:30
Ochish/sharhlash
2024-05-22 17:02:48
#statistika #millatchilik #Rossiya
Rossiyadagi millatchilik statistikasi

To'liq video Migrant.uz Youtube kanalida

Batafsil

Obuna bo‘ling
@migrantuz
8.6K views14:02
Ochish/sharhlash
2024-05-22 16:29:57
SalamPay Onlayn

O‘zbekiston banklari va pul o‘tkazish tizimlaridan pul yuborishdagi valyuta kurslari 22.05.2024
Toshkent 18:20
Moskva 16:20


PUL O‘TKAZISH PLATFORMALARIDAGI AQSH DOLLARINING RUBLGA NISBATI

• Kwikpay - 92,52 (-0,61) rubl
• AkaPay - 92,95 (-0,27) rubl
• Золотая Kорона - 93,74 (-0,67) rubl

O‘ZBEKISTON KARTALARIGA SO‘M YUBORISHDA RUBL KURSI

• Solidarnost - 137,50 (+0,5) so'm
• Unired Mobile - 137,50 (+1) so'm Onlayn
• Kwikpay - 136,48 (+0,93) so'm
• Sberbank - 134,92 (+0,98) so'm

ROSSIYA KARTALARIGA RUBL YUBORISH KURSI

Unired Mobile - 142,50 (+1,1) so'm Onlayn

#valyuta #soʻm #rubl #dollar

Obuna bo‘ling
@migrantuz
9.2K views13:29
Ochish/sharhlash
2024-05-22 16:01:46
#virus #Rossiya
Rossiyada Koronavirusning Omikron oilasiga tegishli FliRT nomli yangi variantining 178 ta holati aniqlandi

Obuna bo‘ling
@migrantuz
8.4K views13:01
Ochish/sharhlash
2024-05-22 15:03:12
#safarbarlik #Rossiya #Ukraina
Rasmiylar xalqni to‘liq safarbarlikka tayyorlamoqda

Davlat Dumasi Rossiyaning Ukrainaga urush e’lon qilish ehtimolini muhokama qilmoqda. Safarbarlik amalga oshirilsa, barcha turdagi harbiydan ozod bo‘lish qoidalari bekor qilinadi.

“Urush holatida safarbarlik - bu safarbarlik. Bu yerda ozod qilishlar bo‘lishi mumkin emas. Aks holda, biz safarbarlik resursimizni sezilarli darajada qisqartiramiz va jang qiladigan hech kim qolmaydi”, – degan Davlat Dumasining Mudofaa bo‘yicha qo‘mitasi a’zosi, general-leytenant Viktor Sobolev.

Uning aniqlik kiritishicha, urushga hamma, hatto Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan ko‘p bolali yangi fuqarolar ham boradi.

Shu sababli, Davlat Dumasining Mudofaa qo‘mitasi uch yoki undan ko‘p bolali otalar uchun harbiydan ozod qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini rad etishni tavsiya qilmoqda.

Sobolevning so‘zlariga ko‘ra, urush e’lon qilingan taqdirda, undan faqat harbiy-sanoat majmuasi ishchilari, shuningdek, mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlovchilar ozod etilishi mumkin.

Batafsil havola

Obuna bo‘ling
@migrantuz
8.9K views12:03
Ochish/sharhlash
2024-05-22 14:02:26
#virus #Rossiya
Rossiyada koronavirusning yangi turi aniqlandi

Rossiyada yangi FLIRT koronavirus variantining 178 ta holati aniqlandi. Ushbu variant dominant JN.1 shtammining uzoq qarindoshi bo‘lib, Omikron 12 oilasiga tegishli.

Biroq, olimlarning ta’kidlashicha, buning xavfi koronavirusning boshqa turlaridan kattaroq bo‘lmaydi.

Kasallikning belgilari: isitma, yo‘tal, burun bitishi yoki burun oqishi, tomoq og‘rig‘i, ta’m yoki hidning yo‘qolishi bo‘lishi mumkin.

FLIRT hozirda Yevropaning 14 mamlakatida topilgan va Qo‘shma Shtatlarda ham ko‘p tarqalgan shtamm hisoblanadi.

Ehtiyot choralarini ko‘rish lozim, ammo vahimaga tushishning hojati yo‘q.

Obuna bo‘ling
@migrantuz
9.3K views11:02
Ochish/sharhlash
2024-05-22 12:40:28
#muhojirlar #Rossiya
Tyumenda migrantlar shaxsiy buyumlarini sotmoqda

To'liq video Migrant.uz Youtube kanalida

Batafsil

Obuna bo‘ling
@migrantuz
9.7K views09:40
Ochish/sharhlash
2024-05-22 10:09:00
#tanqid #Rossiya
Avtobusni kim haydaydi? – Mironovning taklifi tanqid ostida

Rossiyada migrantlarni jamoat transporti haydovchisi sifatida ishga yollashni taqiqlash kadrlar yetishmovchiligiga olib kelishi va soha rivojini sekinlashtirishi mumkin. Bu haqda shu soha vakillari Davlat Dumasi deputati Sergey Mironovning taklifiga javobida aytib o‘tildi.

Migratsiya siyosati va ishga yollash bo‘yicha ekspert, “Migrant servis” dasturi ijrochi direktori Andrey Kladovning fikricha, bunday chora mintaqalardagi iqtisodiy vaziyatni yaxshilamaydi.

Sankt-Peterburgda haydovchilar yetarli emas va taqiq muammoni yanada kuchaytiradi. Kladovning ta’kidlashicha, migrantlar shunchaki chakana savdo, qurilish, mehmonxona va restoran biznesi, sanoat kabi boshqa muhim tarmoqlarga o‘tadi.

“Transportda ishlashni taqiqlash bu sohada ishchilar yetishmasligiga olib keladi va logistika sohasida muammolarni keltirib chiqaradi, transport kompaniyalari ustidan xavfsizlik va nazorat masalalarini hal qilish kerak, lekin taqiqlarni joriy qilmaslik kerak”, deb ta’kidlaydi Kladov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, birinchi navbatda mehnat qonunchiligiga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish hamda texnika va haydovchilarni smena oldidan tekshirish zarur.

Shahar mehnat va bandlik qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda Sankt-Peterburgda migrantlar soni bo‘yicha yetakchi tarmoqlar ma’muriy faoliyat va tegishli xizmatlar (64,6 ming kishi, sohada ishlaydiganlarning umumiy sonining 18,5%) bo‘ldi, ikkinchi o‘rinda qurilish (62 ,3 ming kishi, 17,8%), qayta ishlash (52 ming kishi, 14,8%), savdo (38,6 ming kishi, 11%) va transport (35,1 ming kishi, 10%) bo‘lgan edi.

Deputat Sergey Mironov 10-may kuni Moyka daryosida avtobusning daryoga qulashi oqibatida 7 kishi halok bo‘lgan fojiadan so‘ng migrantlarning transport va ta’lim sohasida ishlashini taqiqlashni taklif qildi. Uning fikricha, ruslarni ushbu sohada ishlashi uchun “munosib maosh” bilan ta’minlash lozim ekan.

Obuna bo‘ling
@migrantuz
10.6K views07:09
Ochish/sharhlash
2024-05-21 21:03:31
#muhokama #migratsiya #prezident #Rossiya #Oʻzbekiston
Putinning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi rejalashtirilmoqda

21-may kuni ikki mamlakat rahbarlari o‘rtasidagi telefon muloqoti bo‘lib o‘tgan. Unda O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish, keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqilgan.

Ikki davlat o‘rtasidagi muhim mavzulardan biri—mehnat munosabatlari, ya’ni migratsiya bo‘yicha kelishuvlar haqida esa ma’lumot berilmagan.

Rasmiy Kremlning yozishicha, suhbatda Vladimir Putinning O‘zbekistonga bo‘lajak davlat tashrifiga tayyorgarlik jarayonlari ham muhokama qilingan.

Obuna bo‘ling
@migrantuz
12.8K views18:03
Ochish/sharhlash
2024-05-21 17:52:11 "РВП", "ВНЖ" ва Россия фуқаролигини олишда ёрдам

Бунда сизга 10 йил мобайнида мижозларига сифатли хизмат кўрсатаётган "Эдвайс Групп" юридик фирмаси ўзининг ишончли хизматларини таклиф қилади.

Бизда:

РВП учун квотага ариза тайёрлаб бериш;
РВП олишда ёрдам бериш, ариза тўлдириш, ҳужжатларни нотариал таржима қилиш ва тасдиқлатиш, РВП олгунча тўлиқ хамроҳлик қилиш;
ВНЖ олишда ёрдам бериш, ариза тўлдириш, ҳужжатларни нотариал таржима қилиш ва тасдиқлатиш, ВНЖ олгунча тўлиқ хамроҳлик қилиш;
Россия фуқаролигини олишда ёрдам бериш, ариза тўлдириш, ҳужжатларни нотариал таржима қилиш ва тасдиқлатиш, фуқаролик олгунча тўлиқ хамроҳлик қилиш хизматлари мавжуд.

Қимматли вақтингизни сиз учун тушунарсиз ва қийин бўлган қоғозбозликларга сарфламанг. Ҳужжатларингизни тайёрлашни бизга ишониб топширинг ва Россияда тинч ҳаёт кечиринг.

Манзил: г. Москва, Метро Семеновская, Площадь Семёновская, дом 7, Деловой центр "Веронд", ООО "Эдвайс Групп"

Батафсил маълумот учун қуйидаги рақамга телеграм ва ватсап орқали боғланишингиз мумкин:

+7(903)561-85-85
@advice85

#reklama
12.6K views14:52
Ochish/sharhlash