Get Mystery Box with random crypto!

METODIK YORDAM

Telegram kanalining logotibi metodik_yordam — METODIK YORDAM M
Telegram kanalining logotibi metodik_yordam — METODIK YORDAM
Kanal manzili: @metodik_yordam
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.67K
Kanalning ta’rifi

«METODIK YORDAM» kanaliga hush kelibsiz!
GURUXIMIZ👇👇👇
https://t.me/ TbEkgukx5Q-MsT3W
✔️Ta'lim yangiliklari
✔️Dars ishlanmalar
✔️Testlar
✔️Taqdimotlar
✔️Media mahsulotlar
✔️Ssenariylar
✔️Kitoblar
Adminga murojaat
@ZAFARBEK_ADMIN
Reklama: @Rg_Agentlik

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 17

2022-09-07 06:35:02 ​​Maktab darsliklari va mashq daftarlari toʻplami uchun toʻlangan ijara toʻlovlari ota-onalarga toʻliq qaytariladi

Xalq ta’limi vazirligi 2022-2023 oʻquv yilida darsliklar va mashq daftarlari toʻplami uchun ijara toʻlovlari bekor qilinganligi haqida rasmiy koʻrsatma berdi.

Shu sababli agar ota-onalardan darsliklar toʻplami uchun ijara toʻlovlari yigʻilgan boʻlsa, uni darhol qaytarish lozim. Mazkur topshiriqning bajarilishida sustkashlikka yoʻl qoʻygan mas’ul xodimlarga qat’iy choralar koʻriladi.

Eslatib oʻtamiz, endilikda maktab darsliklarining ijara toʻlovlari doimiy ravishda bepul boʻladi va ayni damda buning mexanizmi ishlab chiqilmoqda.

«METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
867 views03:35
Ochish/sharhlash
2022-09-06 19:58:45 #Attestatsiya

Attestatsiyada ishtirok etish uchun Murojaat yuborgan pedagoglar ISHCHI GURUH XULOSASINI kutmasdan, murojaat holati “YANGI” ligida shaxsiy kabinetlari orqali quyidagilarni amalga oshirishlari mumkin:

1. Rasmlarini yuklash yoki o‘zgartirish;

2. Telefon raqamini o‘zgartirish;

3. Murojaatni to‘liq tahrirlash va qayta yuborish, jumladan:

- attestatsiya turini o‘zgartirish;

- diplom nusxasini o‘zgartirish;

- 20 ballik maʼlumotnomani o‘zgartirish va h.k.z;

4. Yangi murojaat (ikkinchi fandan) qo‘shish;

5. Ish joyini tahrirlash.

Eslatma: Yuqoridagilarni barchasini murojaat “YANGI” (yoki RAD ETILGAN) holatda turgan vaqtda amalga oshirish mumkin!

Ta'lim inspeksiyasi

«METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
916 views16:58
Ochish/sharhlash
2022-09-06 19:14:54
Диққат!
Ўқитувчилик касбидаги энг муҳим нуқта нима?


Ҳар бир ўқитучи: Дарсни шовқинсиз ўтиш, дарс жараёнини қизиқарли қилиш ва барча учун севимли устоз бўлишни истайди! Лекин бирор бир замонавий метод билмасангиз бу орзуларни тушингизда кўраверинг.)

Шу вазиятда сизга, «Креатив педагог» интенсив курси орқали «нақд 70 та метод» ни ўрганишни тавсия этамиз! Бу орқали сиз:

Синфни 1 дақиқада тинчлантириш;
— Саёҳат методи орқали қийин мавзуни тушунтириш;
— Автофокус методи билан барчанинг диққатини дарсга қаратишни ўрганасиз!

Хуллас, ўқувчиларингиздан ҳар дарс сўнгида «дарсимиз жуда тез тугаб қолди» деган фикрларини эшитавериб, «мазза» қиласиз!

Бунинг учун ҳозироқ кўк ёзувга босинг ва креатив педагоглар каналига обуна бўлинг:

https://t.me/+mhcqooIjQhwyMTFi
846 views16:14
Ochish/sharhlash
2022-09-06 18:34:08 MAKTAB DARSLIKLARINING IJARASI DOIMIY BEPUL BOʻLADI

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi rahbariyati va mas’ul xodimlari ishtirokida soha faoliyati bilan bogʻliq keng muhokamalarga sabab boʻlayotgan dolzarb masalalarga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Tadbir avvalida yangi oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan vazirlik tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar xususida atroflicha ma’lumot berib oʻtildi.

Qizgʻin va turli mavzularga boy boʻlgan anjuman davomida jurnalistlarning xalq ta’limi tizimi, jumladan, maktab darsliklarini chop etish, ularning ijarasi, elektron kundalik tizimi va boshqa muhim savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha javob berildi.

Ta’kidlanganidek, endilikda maktab darsliklarining ijara toʻlovlari doimiy ravishda bepul boʻladi va ayni damda buning mexanizmi ishlab chiqilishi boʻyicha Davlatimiz rahbari tomonidan topshiriq olingan.

Tadbir davomida ta’lim sifatini oshirish, oʻqituvchilarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va malakasini oshirishga doir qator muhim masalalar yuzasidan ishtirokchilar savollariga javob berildi.

«METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
2.0K views15:34
Ochish/sharhlash
2022-09-06 18:32:46 O'qituvchilarga tavsiya

Men bir ustozni taniyman, @Dilafruz_Xidoyatova .  Ustoz bloglarida o'quvchini darsga qiziqtirish uchun yangi metodikalarni, o'quvchini psixologiyasini tushunish bo'yicha xalqaro  "YUNISEF" tashkilotidagi  bilimlarini pedagoglarga berib keladilar. Vaqti-vaqti bilan o'quvchini darsga qiziqtiradigan metodlarni, fanni tushuntirish uchun amaliy usullarini Bepul o'rgatadilar.

Bugun ham kanallaridagi bir e'longa ko'zim tushdi. 7-sentabr kuni 20:00 da pedagoglar uchun  Bepul yopiq mashg'ulot tashkillashtiribdilar. Agar siz ham pedagog bo'lsangiz albatta, bu yopiq mashg'ulotda ishtirok etib, o'quvchilaringizga darsni oson tushuntirib beruvchi metodlarni o'rganishingizni maslahat beraman.

P,s:  Bepul yopiq dars havolasi quyidagi kanalga yuklanar ekan
@dilafruz_xidoyatova
1.4K views15:32
Ochish/sharhlash
2022-09-06 17:59:01 O'qituvchilarga tavsiya

Men bir ustozni taniyman, @Dilafruz_Xidoyatova .  Ustoz bloglarida o'quvchini darsga qiziqtirish uchun yangi metodikalarni, o'quvchini psixologiyasini tushunish bo'yicha xalqaro  "YUNISEF" tashkilotidagi  bilimlarini pedagoglarga berib keladilar. Vaqti-vaqti bilan o'quvchini darsga qiziqtiradigan metodlarni, fanni tushuntirish uchun amaliy usullarini Bepul o'rgatadilar.

Bugun ham kanallaridagi bir e'longa ko'zim tushdi. 7-sentabr kuni 20:00 da pedagoglar uchun  Bepul yopiq mashg'ulot tashkillashtiribdilar. Agar siz ham pedagog bo'lsangiz albatta, bu yopiq mashg'ulotda ishtirok etib, o'quvchilaringizga darsni oson tushuntirib beruvchi metodlarni o'rganishingizni maslahat beraman.

P,s:  Bepul yopiq dars havolasi quyidagi kanalga yuklanar ekan
@dilafruz_xidoyatova
1.6K views14:59
Ochish/sharhlash
2022-09-06 15:45:15
Мактаб дарсликлари ҳозирча фақат бу йил учун бепул бўлади.

Дарсликлар қиймати, 500 млрд. сўмга яқин пул давлат бюджетидан тўлаб берилади.

Кейинги ўқув йиллари учун дарсликларнинг бепул бўлиш-бўлмаслиги комиссия ўрганишларидан кейин маълум қилинади.

«METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
3.4K views12:45
Ochish/sharhlash
2022-09-06 15:29:29 MAKTAB XODIMLARI QANDAY FORMADA VA KO’RINISHDA BO’LISHLARI KERAK?


- jamoa a’zolari ish vaqtida erkin harakatlanish uchun qulay va estetik did bilan kasbga mos holda kiyinishlari

- kiyimlarning toza va dazmollangan bo‘lishi hamda kiyimlarning o‘ta tor yoki o‘ta keng bichimda bo‘lmasligi

- erkaklar mavsumga qarab – klassik uslubdagi shim, kostyum-shim (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), ko‘ylak (oq, havorang va shu kabi), bo‘yinbog‘, poyabzal (qora rangda bo‘lishi tavsiya etiladi) kiyishi

- ayollar mavsumga qarab – klassik uslubdagi yubka, kostyum-yubka (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), havo haroratiga qarab klassik uslubdagi shim (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), tanani ochiq ko‘rsatib turmaydigan kofta (oq, havorang va shu kabi), ko‘ylak, past poshnali poyabzal (qora rangda bo‘lishi tavsiya etiladi) kiyishi
(Muassasa ustavi bilan ta’lim muassasasi rahbariyati va pedagog xodimlari formasining rangi va qo‘shimcha belgilariga mazkur nizom talablaridan kelib chiqqan holda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.)

- umume’tirof etilgan milliy an’analarga, shakllarga va ma’naviy-axloqiy tarbiyaga zid kelmaydigan yoki sport (dars jarayonida maxsus yoki sport kiyimida jismoniy tarbiya va chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanlari o‘qituvchilarining yurishiga ruxsat beriladi, shuningdek, ta’lim muassasasi hududida o‘tkaziladigan turli sport va ko‘ngilochar tadbirlar bundan mustasno) kiyimlarida bo‘lmasligi talab etiladi.

Xodimlarning tashqi ko‘rinishi bo‘yicha quyidagi talablar belgilanadi:

- tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirilmagan yoki pirsing qilinmagan bo‘lishi, sochi tartibga keltirilgan va yorqin (g‘ayrioddiy) ranglarga bo‘yalmagan bo‘lishi

- ayollar quloq va barmoqlardan tashqari tananing turli qismlariga zirak yoki metall buyumlar taqib yurmasligi, yuzini ko‘zga tashlanadigan darajada pardoz qilmasligi, tirnog‘ini uzun qilib o‘stirmasligi talab etiladi.

Asos: Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 28-iyuldagi 246-son buyrug‘i

«METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
2.9K views12:29
Ochish/sharhlash
2022-09-06 11:30:57
O’ZBEKISTONdagi XUSUSIY universitetlardan biriga IMTIHONSIZ TALABA bo'ling

Studyfree Consulting sizni O’zbekiston va chet el universitetlariga talaba bo’lishingizni kafolatlaydi!

Yo'nalishlar:
Ingliz/Rus tili va adabiyoti
Pedagogika va psixologiya
Tarix
Boshlang’ich ta’lim
Maktabgacha ta’lim
Kompyuter texnologiyalari (IT)
Iqtisodiyot/Moliya
Bank ishi va audit
Bugalteriya hisobi va audit
Sport faoliyati
Neft va gaz ishi
Davolash ishi

Ta’lim shakli: Kunduzgi, Sirtqi va Kechki

Yillik kontrakt:
Sirtqi - 12 mln
Kunduzgi - 17 mlndan boshlanadi

Shoshiling joylar soni cheklangan, qabul tugashiga oz vaqt qoldi

Murojaat uchun:
943431393 | 934452999
946422131 | 936052999
931042999 | 973290136

YouTube | Instagram | Telegram | Website
2.2K views08:30
Ochish/sharhlash
2022-09-05 18:19:13 Prezident Administratsiyasi boshchiligida darsliklar toʻliq tekshiruvdan oʻtkaziladigan boʻldi

Darsliklar nafaqat tekin boʻladi, balki sifat jihatdan ham toʻliq tanqidiy koʻrib chiqiladi.

Maktab darsliklariga oid davlat rahbarining tegishli topshirigʻidan soʻng, Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov mazkur masala boʻyicha tanqidiy yigʻilish oʻtkazdi.

Unda barcha maktab darsliklarini kompleks tekshiruvdan oʻtkazish, ulardagi mavjud xato va kamchiliklarni aniqlash, sifatini yaxshilash boʻyicha Prezident Administratsiyasi, Xalq ta’limi vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi va yana bir qator tashkilotlarning mas’ul vakillaridan iborat katta ishchi guruh tuzildi.

Hisob palatasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va Xalq ta’limi vazirligiga 1 oy muddatda darsliklarni tayyorlash, nashr etish, tannarx va tarqatish tizimini tanqidiy koʻrib chiqish, davlat buyurtmasi bajarilishining shaffof va samarali tizimini joriy etish vazifasi belgilandi.

«METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
2.0K views15:19
Ochish/sharhlash