Get Mystery Box with random crypto!

#Attestatsiya Attestatsiyada ishtirok etish uchun Murojaat yu | METODIK YORDAM

#Attestatsiya

Attestatsiyada ishtirok etish uchun Murojaat yuborgan pedagoglar ISHCHI GURUH XULOSASINI kutmasdan, murojaat holati “YANGI” ligida shaxsiy kabinetlari orqali quyidagilarni amalga oshirishlari mumkin:

1. Rasmlarini yuklash yoki o‘zgartirish;

2. Telefon raqamini o‘zgartirish;

3. Murojaatni to‘liq tahrirlash va qayta yuborish, jumladan:

- attestatsiya turini o‘zgartirish;

- diplom nusxasini o‘zgartirish;

- 20 ballik maʼlumotnomani o‘zgartirish va h.k.z;

4. Yangi murojaat (ikkinchi fandan) qo‘shish;

5. Ish joyini tahrirlash.

Eslatma: Yuqoridagilarni barchasini murojaat “YANGI” (yoki RAD ETILGAN) holatda turgan vaqtda amalga oshirish mumkin!

Ta'lim inspeksiyasi

«METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q