Get Mystery Box with random crypto!

​​Maktab darsliklari va mashq daftarlari toʻplami uchun toʻlan | METODIK YORDAM

​​Maktab darsliklari va mashq daftarlari toʻplami uchun toʻlangan ijara toʻlovlari ota-onalarga toʻliq qaytariladi

Xalq ta’limi vazirligi 2022-2023 oʻquv yilida darsliklar va mashq daftarlari toʻplami uchun ijara toʻlovlari bekor qilinganligi haqida rasmiy koʻrsatma berdi.

Shu sababli agar ota-onalardan darsliklar toʻplami uchun ijara toʻlovlari yigʻilgan boʻlsa, uni darhol qaytarish lozim. Mazkur topshiriqning bajarilishida sustkashlikka yoʻl qoʻygan mas’ul xodimlarga qat’iy choralar koʻriladi.

Eslatib oʻtamiz, endilikda maktab darsliklarining ijara toʻlovlari doimiy ravishda bepul boʻladi va ayni damda buning mexanizmi ishlab chiqilmoqda.

«METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q