Get Mystery Box with random crypto!

Prezident Administratsiyasi boshchiligida darsliklar toʻliq te | METODIK YORDAM

Prezident Administratsiyasi boshchiligida darsliklar toʻliq tekshiruvdan oʻtkaziladigan boʻldi

Darsliklar nafaqat tekin boʻladi, balki sifat jihatdan ham toʻliq tanqidiy koʻrib chiqiladi.

Maktab darsliklariga oid davlat rahbarining tegishli topshirigʻidan soʻng, Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov mazkur masala boʻyicha tanqidiy yigʻilish oʻtkazdi.

Unda barcha maktab darsliklarini kompleks tekshiruvdan oʻtkazish, ulardagi mavjud xato va kamchiliklarni aniqlash, sifatini yaxshilash boʻyicha Prezident Administratsiyasi, Xalq ta’limi vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi va yana bir qator tashkilotlarning mas’ul vakillaridan iborat katta ishchi guruh tuzildi.

Hisob palatasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va Xalq ta’limi vazirligiga 1 oy muddatda darsliklarni tayyorlash, nashr etish, tannarx va tarqatish tizimini tanqidiy koʻrib chiqish, davlat buyurtmasi bajarilishining shaffof va samarali tizimini joriy etish vazifasi belgilandi.

«METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q