Get Mystery Box with random crypto!

MAKTAB DARSLIKLARINING IJARASI DOIMIY BEPUL BOʻLADI Bugun Oʻz | METODIK YORDAM

MAKTAB DARSLIKLARINING IJARASI DOIMIY BEPUL BOʻLADI

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi rahbariyati va mas’ul xodimlari ishtirokida soha faoliyati bilan bogʻliq keng muhokamalarga sabab boʻlayotgan dolzarb masalalarga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Tadbir avvalida yangi oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan vazirlik tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar xususida atroflicha ma’lumot berib oʻtildi.

Qizgʻin va turli mavzularga boy boʻlgan anjuman davomida jurnalistlarning xalq ta’limi tizimi, jumladan, maktab darsliklarini chop etish, ularning ijarasi, elektron kundalik tizimi va boshqa muhim savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha javob berildi.

Ta’kidlanganidek, endilikda maktab darsliklarining ijara toʻlovlari doimiy ravishda bepul boʻladi va ayni damda buning mexanizmi ishlab chiqilishi boʻyicha Davlatimiz rahbari tomonidan topshiriq olingan.

Tadbir davomida ta’lim sifatini oshirish, oʻqituvchilarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va malakasini oshirishga doir qator muhim masalalar yuzasidan ishtirokchilar savollariga javob berildi.

«METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q