Get Mystery Box with random crypto!

Birga kitob o'qiymiz

Telegram kanalining logotibi kitobxonyoshlar — Birga kitob o'qiymiz B
Telegram kanalining logotibi kitobxonyoshlar — Birga kitob o'qiymiz
Kanal manzili: @kitobxonyoshlar
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 64.04K
Kanalning ta’rifi

📚“Birga kitob o‘qiymiz” loyihasi rasmiy sahifasi
Kanalimizda ibratli, foydali va barchaga manfaatli ma’lumot ulashmoqchi bo‘lsangiz @diqqatloyiha ga murojaat qiling!
🤝 Reklama va hamkorlik uchun: @hamkoradmin

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 29

2022-07-19 14:47:37
"Birga kitob o'qiymiz" loyihasining 6-soni premyerasini bugun soat nechida qilsak, Siz onlayn (premyera vaqtida) jonli tomosha qila olasiz?
Anonymous Poll
20%
20:00 da
60%
21:00 da
20%
Vaqtini farqi yo'q
147 voters2.3K views11:47
Ochish/sharhlash
2022-07-19 14:43:53
A.L.Qozonchining "Qaynona" kitobi g'olibi aniqlandi!

"Birga kitob o'qiymiz" loyihasining 5-soni premyerasidan so'ng, bu safar ham qoldirilgan eng yaxshi izoh muallifiga ushbu kitobni sovg'a qilamiz. Yozib qoldirilgan izohlar ichidan eng yaxshisi deb Dilshoda Samariddinova yozib qoldirgan izoh topildi. G'olibimizdan @talabaadminbot orqali aloqaga chiqishlarini so'raymiz.

Ushbu videoni ko'rmagan bo'lsangiz YouTube orqali hoziroq tomosha qilishingiz mumkin.
Videoni ko'rish

Kitobxonlar sahifasiga a'zo bo'ling:
https://t.me/+VcCWzXZmYfX0ie7X
1.9K views11:43
Ochish/sharhlash
2022-07-18 12:36:00 ​​Navbatdagi kitob o'z sohibasiga yetib bordi!

Loyihamizning 4-soni bo'yicha eng yaxshi komment egasi Mahliyo Asqaraliyeva va'da qilingan kitobni oldilar va bizga o'z minnatdorchiliklarini quyidagicha yozib yuboribdilar:

Assalomu alaykum qadrli "Birga kitob òqiymiz" loyihasining muxlislari! Avvalo ushbu loyihani tashkillashtirgan insonga va shu loyihada xizmat qilayotgan barcha barchaga katta rahmat. Xalqimiz òrtasida kitobxonlikni yoyish maqsadida tashkil qilingan ushbu loyiha bardavom va xayrli bòlishini tilab qolaman. Xalqimizni kitobxonlikka targ'ib qilayotgan loyiha tashkilotchisiga ilmlari bundanda ziyoda bòlishini Allohdan sòrab qolaman. Jumladan òzingiz guvohligingizda "Ikki eshik orasi" kitobi uchun olingan videoga yozgan izohim eng yaxshi izoh deb topildi va ushbu kitob meni qòlimga yetib keldi. Alhamdulillah kitobni òqishni boshladim. Sizlarni ham shu loyihada qatnashib òz bilimingizni oshirishingizni va yaqinlaringizni ham ushbu loyihaga tarģib qilishingizni sòragan bòlar edim... Hurmat bilan Mahliyo Asqaraliyeva

Kitobxonlar sahifasiga a'zo bo'ling:
https://t.me/+VcCWzXZmYfX0ie7X
2.1K views09:36
Ochish/sharhlash
2022-07-12 17:05:00
Qaynona-o‘g‘il-kelin o‘rtasidagi muammolar va ularning go‘zal yechimi

Odatda ko'p filmlar va asarlarda qaynona va kelin munosabatlari salbiy tarzda ifodalanadi, ya'ni ular xuddi hech qachon chiqisha olmaydigandek. O'g'il esa ularning o'rtasida halak, onasini desa ayoli, ayolini desa onasining ko'nglini topa olmaydi. Ammo Allohni tanigan, iymoni butun oilada doimo chin go‘zallik, yuksak axloq va o'zaro hurmat hukm suradi.

Qanday qilib baxtli oila qurish haqida o'ylayotgan bo'lsangiz, Sizga "Birga kitob o'qiymiz" loyihasining 5-sonida Ahmad Lutfiy Qozonchining "Qaynona" asarini tavsiya qilamiz. Bu safar loyihani o'zgacha uslubda, intervyu ko'rinishida tayyorladik.

Bu kitob muhtarama qaynonalar, suyukli kelinlar, bo‘lajak kuyovlarimiz uchun sodiq xamroh bo‘lishiga aminmiz. Videoni tomosha qiling, like bosing va fikrlaringizni yozib qoldiring. Eng yaxshi izoh egasi "Qaynona" asari kitobi bilan taqdirlanadi!

Videoni ko'rish:


21.2K viewsedited  14:05
Ochish/sharhlash
2022-07-06 08:58:44
"Ikki eshik orasi" kitobi g'olibini mamnuniyat bilan e'lon qilamiz!

"Birga kitob o'qiymiz" loyihasining navbatdagi soni salkam 3.5 ming marta ko'rildi va hozircha "просмотр" bo'yicha 2-o'rinda turibdi.

Loyihamizning 4-soni bo'yicha eng yaxshi izoh muallifi deb Mahliyo Asqaraliyevani topdik va ularga "Ikki eshik orasi" kitobini sovg'a qilamiz. G'olibimizdan @talabaadminbot orqali aloqaga chiqishlarini so'raymiz.

YouTube sahifamizdagi videolarni quyidagi havolalar orqali tomosha qilishingiz mumkin:

Savdogarlar ustozi

Imomning maneken qizi

Alkimyogar

Ikki eshik orasi

Kitobxonlar sahifasiga a'zo bo'ling:
https://t.me/+VcCWzXZmYfX0ie7X
951 views05:58
Ochish/sharhlash
2022-06-28 17:57:23
Dunyo hayoti bamisoli ikki eshik orasidagi yo'l! Bir eshikdan kirib, ikkinchisidan chiqib ketasan...

Rostini ayting, uxlashdan oldin, ertaga tirik uyg'onarmikinman degan fikr hayolingizdan o'tganmi? Bomba va otilayotgan o'qlar ovozi-chi... Naqadar ayanchli holat, shunday emasmi?

Ikkinchi jahon urushi; xalqimizning sabr-bardoshi, matonati, mehr-oqibati; yaqin insonidan ayrilish xissi; hiyonat; ona mehri; sevgi va sadoqat... Bularning barchasi ikki eshik orasida mujassam.

"Birga kitob o'qiymiz" loyihasining 4-sonida "Ikki eshik orasi" romani haqida gap boradi. Bu asarni o'qir ekansiz, u sizni shunchalik shaydo etadiki, siz xuddi urush yillarida hayot kechirasiz. Qahramonlar bilan birga iztirob chekasiz, dushmanlar zulmidan g'azabga to'lasiz...

Ming marta eshitgandan, bir marta ko'rgan afzal. Shuning uchun hoziroq videoni tomosha qiling va fikrlaringizni yozib qoldiring. Eng yaxshi komment muallifi aynan shu kitob bilan taqdirlanadi!

Premyerani ko'rish:

15.7K viewsedited  14:57
Ochish/sharhlash
2022-06-28 15:29:02
"Alkimyogar" kitobi g'olibini mamnuniyat bilan e'lon qilamiz!

Uzoq tanaffusdan so'ng, "Birga kitob o'qiymiz" loyihasining 3-soni videosida eng yaxshi izoh yozib qoldirgan g'olibni e'lon qilamiz. Bu Intizor Umurova va ularga va'da qilinganidek Alkimyogar asari sovg'a qilinadi. G'olibimizdan @talabaadminbot orqali aloqaga chiqishlarini so'raymiz.

Ushbu loyihaning 4-soni premyerasi bugun 20:00 da YouTube sahifamizda bo'lib o'tadi.

Kitobxonlar sahifasiga a'zo bo'ling:
Telegram | Instagram | YouTube
1.9K views12:29
Ochish/sharhlash
2022-06-07 09:21:27
"Imomning maneken qizi" kitobi g'olib ishtirokchimizga yetib bordi!

"Birga kitob o'qiymiz" loyihasining 2-soni hozirga qadar eng ko'p ko'rilgan videorolik bo'lib turibdi. Bir necha kun oldin videoga eng yaxshi izoh yozgan obunachimizni e'lon qilgandik, Kecha Muslimaxon Mahkamovaga va'da qilingan kitob yetib bordi va ular o'z fikrlarini videorolik ko'rinishida yuboribdilar.

Eslatib o'tamiz, loyihaning 3-soni videosiga izoh yozish jarayoni davom etmoqda. Videoni ko'ring, like bosib, fikrlaringizni yozib qoldiring. Balki, navbatdagi kitob aynan sizniki bo'lishi mumkin.

"Alkimyogar" videosini ko'rish

Kitobxonlar sahifasiga a'zo bo'ling:
Telegram | Instagram | YouTube
9.4K viewsedited  06:21
Ochish/sharhlash
2022-06-04 18:09:11 ​​Andalusiyalik cho'pon yigit Santyago bilan xazina ilinjida yo'lga chiqing!

To'g'risini ayting, birdaniga xazina topib, boyib ketish haqida orzu qilganmisiz? Insoniyat borki, orzu-niyat qiladi, doimo baxtli hayotda yashagisi keladi. Ammo nega hammaning ham orzu-umidlari ro'yobga chiqavermaydi?

Buning to'rtta sababi bor:
Sizga go'daklik paytingizdan eng katta orzularingiz amalga oshmasligi haqida singdirishadi;
Siz shu tushuncha bilan ulg'ayasiz va yillar o'tib, "Men eplay olmayman" degan xulosaga kelasiz;
Muhabbat, bunga ortiqcha to'xtalmaymiz;
Omadsizlik va mag'lubiyatdan qo'rqish.


Orzularingizni ro'yobga chiqarish, muvaffaqiyat yo'lida qiyinchiliklarni yengib o'tish, har qanday vaziyatda ham ortga chekinmaslik haqida so'zlovchi "Alkimyogar" asari sizga haqiqiy xazina tuhfa etishiga ishonamiz.

"Birga kitob o'qiymiz" loyihasining 3-sonida aynan shu asar haqida gap boradi. YouTube sahifamizda ushbu videoni ko'ring, like bosing va o'z fikringizni yozib qoldiring. Eng yaxshi izoh muallifi esa odatimizga ko'ra ushbu kitobni qo'lga kiritadi.

Videoni ko'rish:


31.5K viewsedited  15:09
Ochish/sharhlash