Get Mystery Box with random crypto!

​​Andalusiyalik cho'pon yigit Santyago bilan xazina ilinjida y | Birga kitob o'qiymiz

​​Andalusiyalik cho'pon yigit Santyago bilan xazina ilinjida yo'lga chiqing!

To'g'risini ayting, birdaniga xazina topib, boyib ketish haqida orzu qilganmisiz? Insoniyat borki, orzu-niyat qiladi, doimo baxtli hayotda yashagisi keladi. Ammo nega hammaning ham orzu-umidlari ro'yobga chiqavermaydi?

Buning to'rtta sababi bor:
Sizga go'daklik paytingizdan eng katta orzularingiz amalga oshmasligi haqida singdirishadi;
Siz shu tushuncha bilan ulg'ayasiz va yillar o'tib, "Men eplay olmayman" degan xulosaga kelasiz;
Muhabbat, bunga ortiqcha to'xtalmaymiz;
Omadsizlik va mag'lubiyatdan qo'rqish.


Orzularingizni ro'yobga chiqarish, muvaffaqiyat yo'lida qiyinchiliklarni yengib o'tish, har qanday vaziyatda ham ortga chekinmaslik haqida so'zlovchi "Alkimyogar" asari sizga haqiqiy xazina tuhfa etishiga ishonamiz.

"Birga kitob o'qiymiz" loyihasining 3-sonida aynan shu asar haqida gap boradi. YouTube sahifamizda ushbu videoni ko'ring, like bosing va o'z fikringizni yozib qoldiring. Eng yaxshi izoh muallifi esa odatimizga ko'ra ushbu kitobni qo'lga kiritadi.

Videoni ko'rish: