Get Mystery Box with random crypto!

Birga kitob o'qiymiz

Telegram kanalining logotibi kitobxonyoshlar — Birga kitob o'qiymiz B
Kanaldagi mavzular:
Muhim
Tavalludlar
Bayramlar
Telegram kanalining logotibi kitobxonyoshlar — Birga kitob o'qiymiz
Kanaldagi mavzular:
Muhim
Tavalludlar
Bayramlar
Kanal manzili: @kitobxonyoshlar
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 65.78K
Kanalning ta’rifi

📚“Birga kitob o‘qiymiz” loyihasi rasmiy sahifasi
Kanalimizda ibratli, foydali va barchaga manfaatli ma’lumot ulashmoqchi bo‘lsangiz @diqqatloyiha ga murojaat qiling!
🤝 Reklama va hamkorlik uchun: @hamkoradmin

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 28

2023-08-23 22:00:18 “Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi uchun referal ball yig‘ish jarayoni yakunlanishiga roppa-rosa 24 soat qoldi.

24 soatdan so‘ng, ya'ni 24-avgust kuni soat 23:59 dan keyin 00:00 bo‘lishi bilan natijalar skrinshot qilib olinadi va barcha yuqori o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarning natijalari birma-bir tekshirib chiqiladi. Agar ularning ichida sun'iy tarzda referal ball to‘plaganlar aniqlansa, natijalari bekor qilinadi va tanlovdan chetlatiladi. Uning o‘rniga bir pog‘ona pastdagi ishtirokchi yuqoriga ko‘tariladi. Nominatsiya g‘oliblari 25-avgust kuni 20:00 ga qadar e'lon qilinadi.

So‘nggi daqiqalarda birdaniga referal ball to'plab tashlaydiganlar, sun'iy ball orqali TOP-10 talikka kirishga urinadiganlar doim topiladi. Ammo siz xavotir olmang, bizning botda sun'iy ballni aniqlab beruvchi tizimlar mavjud. Ularni aniqlab, albatta, tanlovdan chetlatamiz.

Rasman test jarayonlari boshlanishiga ham 34 soat qoldi. Kitoblarni hali ham o‘qib tugatmaganlar, g‘oliblikdan umidingiz bo‘lsa, harakatni tezlashtiring. Barchaga omad yor bo‘lsin!

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
20.7K views19:00
Ochish/sharhlash
2023-08-23 10:22:12
1 daqiqadan soʻng nima boʻlishini faqat Alloh biladi...

Bu postni o'qiyotgan ekanmiz, hali nafas olyapmiz. Hali ham kech emas! Allohim O'zi rozi bo'ladigan hayotni yashab o'tishimizni nasib etsin! Aamiyn!

Kitobxonyoshlar — Sahifamizga obuna bo'ling
25.1K views07:22
Ochish/sharhlash
2022-08-22 07:32:43 Assalomu alaykum hurmatli kitobxonlar!

Yaqin kunlarda kitobxonlik bo'yicha katta tanlov boshlash arafasidamiz. Tanlovda ishtirokchilarga oldindan 5 ta kitob beramiz va shu kitoblar bo'yicha test savollari tuziladi. Eng ko'p javob topganlar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishi rejalashtirilgan.

Hozir qaysi kitoblarni tanlash haqida o'ylayabmiz. Sizda ham variantlar bo'lsa, kommentda yozib qoldiring.

Kitoblar quyidagi yo'nalishlarda bo'ladi:
O'zbek adabiyoti (zamonaviy)
O'zbek adabiyoti (tarixiy)
Jahon bestseller asari
Diniy yo'nalishda asar
Ixtiyoriy yo'nalish (yoki Chingiz Aytmatov asarlaridan biri)

@kitobxonyoshlar — kitobxonlar sahifasi
1.7K views04:32
Ochish/sharhlash
2022-08-04 17:34:13
“Jadidlar” to’plamining audio variantini e’tiboringizga havola etamiz!

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi qoshidagi "Talabalar ijtimoiy-media va madaniyat maskani" ovoz yozish audio studiyasi tomonidan “Jadidlar” to‘plamining audio kitob varianti tayyorlandi!

Ushbu to‘plam Yoshlar ishlari agentligi tomonidan nashr etilgan bo‘lib, unda Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Is’hoqxon to‘ra Ibrat, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho‘lpon, G‘ulom Zafariy kabi ma’rifatparvar jadidlarning hayoti va ijodi, asarlarining qisqacha tahlili, e’tirofi, hikmatli so‘zlari o‘rin egallagan.

Ko’pchilik kitobxon-yoshlarning talab va takliflaridan kelib chiqib, ushbu to'plamni audio kitob shaklida tayyorladik. Bugun to'plamning birinchi "Mahmudxo'ja Behbudiy" kitobi audio variantini sizlarga taqdim etamiz.

Audio kitobni tinglash:

2.1K views14:34
Ochish/sharhlash
2022-07-30 17:51:37 Video premyerasi 20:00da YouTube kanalimizda boshlanadi. Premyerani jonli efirda ko'rib, boshqalarga ham yetib borishi uchun like bosib, qo'llab-quvvatlashingizni so'rab qolamiz. Videoni o'tkazib yubormaslik uchun qo'ng'iroqchani bosib qo'ying.
6.5K viewsedited  14:51
Ochish/sharhlash
2022-07-30 17:50:24
Tan olishni xohlamagan haqiqatim...

Ba'zida ayrim haqiqatlardan ko'ra, yolg'onlarni afzal bilamiz. Kimgadir cheksiz mehr-muhabbat ko'rsatish, uni jondan aziz ko'rish sababli bu yolg'onlar bizga taskin beradi go'yo.

Suyukli insoningiz sog'inchi, uning qaytishiga umid va bu hayotda mavjudligiga ishonch – insonni aqldan ozdiradigan darajadagi eng og'riqli nuqta... "Buni hech kimga ravo ko'rmasdim", degan jumla esa insonning qalbidan chiqqunga qadar o'sha og'riqni his qilishga majbur qiladi.

Hayot yoki mamotingiz birgina insonga bog'liq bo'lishi mumkinmi? Ushbu savolga turlicha javob olishingiz mumkin. Lekin eng haqqoniy va ta'sirli javob ushbu "Qaytganimda uyda bo'l" asarida beriladi.

Bu javobni bilish uchun "Birga kitob o'qiymiz" loyihasining bugungi sonini tomosha qilishni tavsiya qilamiz. Videoni ko'ring, like bosing, fikrlaringizni yozib qoldiring. Eng yaxshi komment egasi ushbu kitob bilan taqdirlanadi!

Videoni ko'rish:

35.5K viewsedited  14:50
Ochish/sharhlash
2022-07-26 06:51:40 O'zbekiston Milliy universiteti 1-bosqich talabasi Yo'ldosheva Ra'noxon kanalimizda bo'lsa yoki ularni taniganlar bo'lsa @talabaadminbot manziliga murojaat qilishingizni so'rayman.
2.6K viewsedited  03:51
Ochish/sharhlash
2022-07-22 15:59:30 Oliy ta'lim tizimida korrupsiya qay darajada?

Soʻnggi yillarda oliy taʼlimdagi islohotlar korrupsiya ildiziga bolta urmoqda. Qanday qilib deysizmi, unda ushbu videorolikni tomosha qiling.

Videoni ko'rish:

3.0K views12:59
Ochish/sharhlash
2022-07-19 18:55:00
Cho'qqilar jilvasiga ko'pam mahliyo bo'laverma, bolam. Bu tog'da qashqirlar ham bor...

"Birga kitob o'qiymiz" loyihasining 6-sonida aynan yuqoridagi epigraf bilan boshlanadigan roman haqida gap boradi. Bu asar sovet davridagi rahbarlarning chirkin hayoti; ezilgan oddiy xalqning turmush tarzi; qiyinchiliklarga to'la hayot; Afrikaga surgan qilingan, ayolidan ayrilgan, farzandi Afg'on diyorida yonib kul bo'lgan inson taqdiri haqida. Romandagi deyarli barcha asosiy personajlar fojiyaviy qismat egasi bo'lganligi beixtiyor ko'zingizni yoshlatishi mumkin. Bu esa ular hayotining intihosi qanday bo'lishiga qiziqishingizni yanada oshirsa ajab emas.

Ming marta eshitgandan, bir marta loyihamizning bugungi sonini ko'rgan afzal. Mehnatimizni qadrlash va qo'llab-quvvatlash maqsadida videoni ko'rib, like tugmachasini bosishingizni so'rab qolamiz. E'lonimizni kitobxon do'stlaringizga ulashishni unutmang!

Videoni ko'rish:

18.9K views15:55
Ochish/sharhlash
2022-07-19 18:06:55 Diqqat, diqqat! Bugungi premyera 21:00da bo'lib o'tadi.

Barchangizdan premyerani jonli tomosha qilishni va efir vaqtida aktiv bo'lib, kommentda fikrlaringizni qoldirishingizni so'rab qolaman. Premyera vaqti qancha ko'p kishi ko'rsa, video shuncha tez boshqalarga ham yetib boradi. Iltimosimizni inobatga olib loyihamizni qo'llab-quvvatlaysiz degan umiddaman.

Premyerani o'tkazib yubormaslik uchun quyidagi havolaga kirib, qo'ng'iroqchani bosib qo'yishni unutmang.

Premyerani ko'rish:

4.6K views15:06
Ochish/sharhlash