Get Mystery Box with random crypto!

Birga kitob o'qiymiz

Telegram kanalining logotibi kitobxonyoshlar — Birga kitob o'qiymiz B
Kanaldagi mavzular:
Muhim
Tavalludlar
Bayramlar
Telegram kanalining logotibi kitobxonyoshlar — Birga kitob o'qiymiz
Kanaldagi mavzular:
Muhim
Tavalludlar
Bayramlar
Kanal manzili: @kitobxonyoshlar
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 61.97K
Kanalning ta’rifi

📚“Birga kitob o‘qiymiz” loyihasi rasmiy sahifasi
Kanalimizda ibratli, foydali va barchaga manfaatli ma’lumot ulashmoqchi bo‘lsangiz @diqqatloyiha ga murojaat qiling!
🤝 Reklama va hamkorlik uchun: @hamkoradmin

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 26

2023-08-28 16:11:29 Qing‘ir yo‘l bilan finalga chiqaman deb o‘ylab rosa "maxinatsiya" qilib, oxir-oqibat finaldan quruq qoladiganlar uchun maxsus

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
13.1K viewsedited  13:11
Ochish/sharhlash
2023-08-28 16:04:33 “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovi testlarini ishlash ertaga 20:00 da yakunlanadi!

Yakuniy natijalarga ko‘ra eng yuqori ballga ega 50 ta o‘rin egalari final bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘lishadi. Misol uchun ertaga 50-o‘rin 135 ball bilan testlarni yakunlasa, 135 ball yig‘gan barcha finalga o‘tadi. Final bosqichida barcha ishtirokchilarning ballari noldan boshlab hisoblanadi (1-bosqichdagi ballarga finaldagi testlar bali qo‘shib hisoblanmaydi).

Hozirda biz hech qaysi ishtirokchini tanlovdan chetlatmadik, kimlardir alohida guruh ochib savollarni muhokama qildi, kimlardir 2 3 ta profildan kirib savollarni ishladi, buni hammasini bilamiz. Ularga qilgan ishiga mos javob qilamiz, ya’ni endi finalga (qing‘ir yo‘l bilan) yetdim deganida tanlovdan chetlatamiz.

“Hurmatli” bizni aldashga uringanlar va shu yo‘l bilan finalga o‘tdim deb xursand bo‘lib yurganlar, ertaga 20:00 ga qadar sizga @kitobtanlovbot orqali tanlovdan chetlatilganingiz va telefoningizda qaysi 2 ta (yoki 3 ta) profil borligi va o‘sha profillar qaysi raqamlardan ochilganligini ham isboti bilan yuboramiz.

Tanlovdan chetlatilgan ishtirokchilarning o‘rniga esa ulardan pastda turgan o‘z bilimi bilan natijaga erishgan ishtirokchilar ko‘tariladi.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
12.6K views13:04
Ochish/sharhlash
2023-08-28 12:01:14 #qisqa_hikoyalar

Andijonlik novvoylar
Uyining roʻparasida Andijondan kelgan novvoylarga kuzatib turgan qizaloq dedi:
— Oyi, bularga nima azob ekan- a, Andijonning oʻzida non yopib sotsa boʻlmaydimi?
— Unday dema, ular ham sening dadang Qozogʻistonda yurganday yuribdida.
Hurziya Jumabayeva
_________________________________

Qora xat
“Mana, mana hozir u eshikdan kulimsirab kirib keladi”. Ona soʻnggi soʻzini aytarkan, qoʻlidan oʻttiz yil oldingi, sargʻayib ketgan “qora xat” yerga tushdi...
Shaxnoza Askerbayeva
_________________________________

Qidiruv
Seni shaharda koʻp joylardan izladim, yangi solingan koʻp qavatli uylardan, maktab-bogʻchalardan, hatto bozordan... Topolmadim...
Qishlogʻimizga borib yoshi kattalardan surishtirdim. Ular sening shaharga koʻchib ketganingni aytishdi, VIJDON!?
Malika Navruzbayeva

Qoraqalpoq tilidan Nodirbek Yoʻldosh oʻgirdi.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
13.1K viewsedited  09:01
Ochish/sharhlash
2023-08-28 08:14:52


Bugun 28-avgust haftaning  dushanba kuni. Ushbu kunda ro'y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

Munavvar qori boshchiligida “Nashriyot” shirkati tuzildi (1914).

“Toyota” avtomobil kompaniyasi tashkil topdi (1937).

“El-yurt hurmati” ordeni va “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni ta’sis etilgan kun (1998). 

Toshkent shahri markazida «Oʻzbekiston» xalqaro anjumanlar saroyi ochildi (2009).

Buxoroda balandligi 18 metr bo‘lgan “Ko‘hna va boqiy Buxoro” monumenti qad rostladi (2010).

Nemis yozuvchisi va mutafakkiri, yangi davr nemis adabiyotining asoschisi Iogann Volfgang Gyote tavallud topgan (1749)

Rang-tasvir ustasi, Oʻzbekiston xalq rassomi Choriyev Roʻzi tavallud topgan (1931)

“Zakovat” teleo‘yini asoschisi, “Zakovat intellektual klubi” NNT prezidenti Abdurasul Abdullayev tavallud topgan (1958).

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
14.7K viewsedited  05:14
Ochish/sharhlash
2023-08-27 18:47:10
Bu kitob har bir qizning sumkasida bo'lishi kerak

Hech o'ylab ko'rganmisiz? Masjidda insonlarga din ahkomlarini o'rgatuvchi, hayoti ibrat olishga arziydigan imomning qizi modelyer bo'lishi mumkinmi?
Ha, to'g'ri o'qidingiz, turli kiyimlarni kiyib, insonlarga ko'z-ko'z qiluvchi modelyer. Bu savolga "yo'q" deyishga aslo shoshilmang. Hayotda har nima bo'lishi mumkin.

Inson zotiga qanchalik ko'p chegara qo'ysangiz, u shu chegaradan chiqishga harakat qilaveradi. Chegaradan tashqaridagi hayotga qiziqishi ortaveradi. Chegaradan chiqib, adashganini his qilganida esa kech bo'lishi mumkin.

Ming marta eshitgandan ko'ra, bir marotaba videoni ko'rgan afzal.

Videoni ko'rish:

15.8K viewsedited  15:47
Ochish/sharhlash
2023-08-27 13:03:57


Bugun 27-avgust haftaning yakshanba kuni. Ushbu kunda ro'y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

Xalqaro boks kuni.
Bu kun butun dunyodagi boks sportiga va uning amaliyotchilariga bag'ishlangan. Ushbu sport mahorat, chaqqonlik, kuch va strategiyani talab qiladi. Bu ham ishtirokchilar, ham tomoshabinlar uchun qiyin va qiziqarli mashg'ulotga aylandi.

Butunjahon tosh-qog'oz-qaychi o‘yini kuni.
Bu kun butun dunyo bo'ylab millionlab odamlar tomonidan o'ynaladigan mashhur qo'l o'yiniga bag'ishlangan. O'yinning kelib chiqishi aniq emas, lekin u Xitoyda Ming sulolasi davrida paydo bo'lgan deb ishoniladi.

Xalqaro lotereya kuni.

Ginnesning Rekordlar kitobining ilk 198 betlik birinchi nashri nashr etildi (1955).

Mars Yerga 60.000 yil ichidagi eng yaqin masofada yaqinlashdi (2003).

O‘zbekistonning XX asrdagi eng mashhur futbolchisi, sport ustasi Genadiy Krasnitskiy tavallud topgan (1940-1988).

O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi O‘razboy Abdurahmonov tavallud topgan (1949).

Rossiya va O‘zbekiston sharafini xalqaro musobaqalarda himoya qilgan rossiyalik gimnastikachi Yelizaveta Nazarenkova tavallud topgan (1995).

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
17.0K viewsedited  10:03
Ochish/sharhlash
2023-08-26 13:01:51
Solih do‘stlar:

Agar ko‘rinmay qolsang, ular seni qidiradilar.

Agar o‘zlari uchun duo qilishsa, seni ham unutishmaydi.

Agar g‘aflatda qolsang, ogohlantiradilar.

Ular yulduz kabidir, agar hayot ummonida kemang adashib qolsa, unga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatadilar.

Ular seni qalbdan sevishgani kifoya qiladi.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
15.0K views10:01
Ochish/sharhlash
2023-08-26 13:00:46
Osiyo Xalqaro Universitetida qabul davom etmoqda
14 ta bakalavr va 3 ta magistratura
yo'nalishlaridan birida sifatli ta'lim oling!

Bakalavrda:
•Pedagogika va psixologiya
•Boshlang'ich ta'lim
•Maktabgacha ta'lim
•Ingliz tili va adabiyoti
•Rus tili va adabiyoti
•Tarix
•Jismoniy madaniyat
•Iqtisodiyot
•Moliya
•Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari
•Konchilik ishi
•Davolash ishi
•Stomatologiya
•Farmatsevtika

Sirtqi ta’lim yo’nalishlari kontrakti 12 mln so’mdan boshlanadi.

DTM natijalariga ega abituriyentlar uchun ham qabul davom etmoqda

Litsenziya: 047757-son

Onlayn ariza topshirish

Batafsil ma'lumot va savollar uchun biz bilan bog'laning:
+998553050009

www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Facebook
13.1K views10:00
Ochish/sharhlash
2023-08-26 07:05:07


Bugun 26-avgust haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro'y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

Xalqaro aktyorlar kuni

Omadni jalb qilish kuni

Telegraf orqali birinchi yangilik uzatildi (1858).

Toshkent shahrida Yunusobod tumani tashkil topdi (1936).

O‘zbekiston Oliy Kengashi rayosati O‘zbekistonning davlat mustaqilligi to‘g‘risida qonun loyihasini tayyorlash haqida farmoyish chiqardi (1991).

Toshkentda O‘zbekiston hukumati bilan YUNESKO o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi (1995).

Samarqandda birinchi xalqaro “Sharq taronalari” festivali boshlandi (1997).

«Afrosiyob» tezyurar elektropoezdining ilk qatnovi amalga oshirilgan kun (2011).

"Radioning otasi" laqabini olgan amerikalik ixtirochi, triod (audion) yaratuvchisi Li De Forest tavallud topgan (1873).

Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning turmush oʻrtoʻgi Tatyana Karimova tavallud topgan (1948)

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
14.8K viewsedited  04:05
Ochish/sharhlash
2023-08-25 21:03:02
Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari abituriyentlarning 40% dan ortig’i 56,7 ball ham ololmaganini millatimiz musibati deb atadi.

“Agar bolalarimizning 40% dan ortig’i 2 bahoga ham loyiq javob bera olmagan bo’lsa, mana buning tashvishini qilishimiz kerak.

Turli mayda-chuyda masalalarda tortishishni to’xtatib, soqolning uzun-kaltaligiyu, kiyimni qanday kiyishni muhokama qilishni chekkaga qo’yib, ilm-ma’rifat bilan shug’ullanmasak, xalqimiz baxtli-saodatli bo’lishi qiyin masala”, — dedi muftiy hazratlari.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
16.8K views18:03
Ochish/sharhlash