Get Mystery Box with random crypto!

Bugun 23-may payshanba kunida ro‘y bergan muhim voqealar bilan | Birga kitob o'qiymiz



Bugun 23-may payshanba kunida ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
Xalqaro sport kurashi kuni.
Butunjahon toshbaqalar kuni.
Tojikiston – Yoshlar kuni.
Meksika – Talabalar kuni.
Ukraina – Qahramonlar kuni.
Ozarbayjon – Atrof-muhit va tabiiy resurslar vazirligi kuni.
Yamayka – Mehnat kuni.

#muhim_voqealar
1829 – Vena shahrida Kiril Demyan o‘zining musiqa asbobi – akkordeonni patentladi.
1879 – Ivan Turgenev Oksford universitetining fuqaroviy huquqlar doktori unvoniga  sazovar bo‘ldi. Bu sharafga erishgan dunyodagi birinchi yozuvchidir.
1904 – Venada yunon-rum kurashi bo‘yicha birinchi jahon chempionati boshlandi.
1992 – Namanganda Boborahim Mashrab muzeyi va haykalining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.
1996 – Germaniyaning Bonn shahrida ingliz, nemis va rus tilida chop etilgan “Islom Karimov—yangi O‘zbekiston Prezidenti” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

#tavalludlar
1707 – Karl Linney (1778) – Shved tabiatshunosi, o‘simliklar va hayvonot dunyosi tasnifi jadvalini tuzgan olim.
1729 – Juzeppe Parini (1799) – Italyan publitsisti va satirik yozuvchisi.
1908 – Jon Bardin (1991) – amerikalik fizik, tranzistorni yaratgan, ikki marta Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan yagona olim (1956, 1972).
1951 – Anatoliy Karpov – taniqli shaxmat ustasi,12-jahon chemioni, xalqaro grossmeyster.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling