Get Mystery Box with random crypto!

Birga kitob o'qiymiz

Telegram kanalining logotibi kitobxonyoshlar — Birga kitob o'qiymiz B
Kanaldagi mavzular:
Muhim
Tavalludlar
Bayramlar
Telegram kanalining logotibi kitobxonyoshlar — Birga kitob o'qiymiz
Kanaldagi mavzular:
Muhim
Tavalludlar
Bayramlar
Kanal manzili: @kitobxonyoshlar
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 61.97K
Kanalning ta’rifi

📚“Birga kitob o‘qiymiz” loyihasi rasmiy sahifasi
Kanalimizda ibratli, foydali va barchaga manfaatli ma’lumot ulashmoqchi bo‘lsangiz @diqqatloyiha ga murojaat qiling!
🤝 Reklama va hamkorlik uchun: @hamkoradmin

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 27

2023-08-25 18:30:19 QAT'IY OGOHLANTIRISH!

Ushbu audioni hamma diqqat bilan eshitsin, tanlovga oid juda ham muhim gaplar aytilgan!

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
17.6K viewsedited  15:30
Ochish/sharhlash
2023-08-25 13:22:03
Ishyoqmas, tekintomoq, dangasa odamlar uchun 8 qoida:

1) Yotadigan krovatingni o‘zingni sevganingdek sev.
2) Kimdir dam olayotganini ko‘rsang, albatta, yordamga oshiq.
3) Ish – muqaddas narsa, unga tega ko‘rma!
4) Qaysidir ishni ertaga qoldirish mumkin bo‘lsa, uni aslo bugun bajarma!
5) Ishlaganlar sog‘lom bo‘ladi, deyishadi, demak, bemorlarga ish qoldirish kerak, ular sog‘ayishsin.
6) To‘satdan ishlaging kelib qolsa, shoshilma. Chuqur nafas ol, o‘tib ketadi.
7) Aslo unutma, ish baribir tugamaydi!
8) Agar ko‘p ishlash bilan millioner bo‘lish mumkin bo‘lganda edi, unda hamma ishchilar boyib ketgan bo‘lar edi.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
21.9K views10:22
Ochish/sharhlash
2023-08-25 12:52:16
Alfraganus universiteti — yilning eng yaxshi nodavlat oliygohi!

Respublikadagi nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatini baholash va ularni qo'llab-quvvatlash maqsadida 2022/2023 o'quv yili yakuni bo'yicha “Nodavlat ta'lim” ijtimoiy loyihasi tashabbusi bilan 19-31-iyul kunlari “Yilning eng yaxshi nodavlat oliygohi — 2023” ko'rik tanlovi bo'lib o'tdi.

To'liq jamoatchilik fikriga asosanlangan ushbu tanlovda Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan Alfraganus universiteti 20707 ta ovoz bilan g'olib bo'lib, faxrli 1-o'rinni egalladi.

Avval e'lon qilganimizdek, g'olib OTMga “eng yaxshi nodavlat oliygoh” statuetkasi, maxsus sovg'a hamda 15 mln so'm miqdoridagi naqd pul mukofoti topshirildi. Universitet jamoasi kelgusida ham eng yuqori marralarni zabt etishiga tilakdoshmiz!

Ma'lumot o'rnida shuni aytib o'tish joizki,
Alfraganus Universiteti Toshkent shahri, Yunusobod tumanida Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan litsenziya asosida 37 ta bakalavr, 10 ta magistratura ta'lim yo'nalishlari bo'yicha tahsil berib kelmoqda.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
16.5K views09:52
Ochish/sharhlash
2023-08-25 08:04:56 #bismillahir_rohmanir_rohiym

“Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining test ishlash jarayonlari rasman boshlandi!

@kitobtanlovbot manziliga kirib, “Test savollarini ishlash” tugmachasini bosib, testlarni yechishingiz mumkin.

Test ishlashdan oldin yuqoridagi audioni yaxshilab eshitib chiqish tavsiya qilinadi!

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
18.2K viewsedited  05:04
Ochish/sharhlash
2023-08-25 07:05:50


Bugun 25-avgust haftaning  juma kuni. Ushbu kunda ro'y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

“Linux” operatsion tizimining tug'ilgan kuni (1991).

Galileo Galiley yangi uskuna - teleskopni namoyish etdi (1609).

OʻzSSR Davlat xavfsizligi qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi ixtiyoriga oʻtdi.

Toshkentdagi Yapon bog'i tashkil topgan kun (2001).

Birinchi rus podshosi Ivan IV Vasilyevich Grozniy tavallud topgan (1530).

Taniqli oʻzbek kino va teatr aktyori, soʻz ustasi, qiziqchi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Hojiboy (Hojimurod) Tojiboyev tavallud topgan (1955).

Keling birgalikda kayfiyatni ko'tarish uchun kommentariyada kulgu ustasi Hojiboy Tojiboyevning gaplarini yozib, eslaymiz...

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
19.8K viewsedited  04:05
Ochish/sharhlash
2023-08-24 21:58:46 Referal ball yig'ish yakunlandi, so'nggi natijalar quyidagi havolada:
https://t.me/kitobxonyoshlar/2993?comment=154725

Endi ishdan chiqib uyga ketsam bo'ladi, tuningiz osuda o'tsin, 10 soatdan keyin test ishlashga, ya'ni asosiy sovrinlar uchun bellashuvga start beramiz!

Ushbu post tahrirlangan
20.3K viewsedited  18:58
Ochish/sharhlash
2023-08-24 19:30:43
Ushbu videoni qanday nomlagan bo'lardingiz?

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
21.5K viewsedited  16:30
Ochish/sharhlash
2023-08-24 17:59:03 “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovi bo‘yicha jonli efir boshlandi!

Efirga kirish: https://www.youtube.com/live/6r3cPlsbO6I?si=Tk9N5J0XVojSchRZ
21.8K views14:59
Ochish/sharhlash
2023-08-24 17:27:51
Tanlovda sun'iy referal ball yig'gani uchun Shuxratova Xurshida tanlovdan chetlatildi.

Pul evaziga referal ball qo'shib beradiganlar ham bor ekan. Biz referal tizimini tanlov targ'iboti uchun qilganmiz, kim ko'p qing'irlik qilib ball yig'ishi uchun emas!

Biz talaba-yoshlarni kitob o'qishga targ'ib qilyabmiz, lekin ba'zi "aqllilar", o'z maqsadi yo'lida hech qanday ishdan qaytmayabdi.

Qing'ir yo'l bilan bizni aldashga uringanlardan mingdan-ming rozimasman, Alloh ko'rib turibdi, ertaga o'zingiz javob berasiz!

Yaxshiyam botimizda sun'iy ball to'plaganlarni aniqlaydigan tizim bor (faqat adminlar ishlata oladi buni). Shu sabab biz hammasini aniqlay olamiz. So'nggi daqiqalarda sun'iy referal ball to'plab yutaman degan hayolni miyangizdan chiqarib tashlayvering, bu ish kanalda ismingizni yozib chetlatishimizga sababchi bo'ladi.

Tashkilotchi: Izzatxo'ja Asomiddinov
19.8K viewsedited  14:27
Ochish/sharhlash
2023-08-24 16:36:00
DIQQAT ERTADAN TEST ISHLASH BOSHLANADI!

Testni ishlash uchun @kitobtanlovbot ga kirish /start so‘zini yozib yuborasiz (/ – shi qiyshiq chiziqcha esdan chiqmasin). Botga /start bosish majburiy, bo‘lmasa test chiqmaydi!

Testni ushbu @kitobtanlovbot orqali ishlaysiz.
Tanlov testlari 25-avgust kuni 10:00 da boshlanadi.
Siz har kuni 23:59 ga qadar 30 ta testni ishlashingiz kerak bo‘ladi.
Testlarni yarmini oldin, qolgan yarmini keyinroq ishlash mumkin emas, bittada 30 ta ishlanadi!
Har bir test uchun 1 daqiqa vaqt beriladi.
Bugun testlarni ishlay olmasangiz, ertasiga bugungi testlarni ham qo‘shib ishlay olmaysiz!


Bugun 20:00 da YouTube sahifamiz orqali jonli efir o‘tkaziladi va barcha savollaringizga batafsil javob beriladi!

Jonli efirni o‘tkazib yubormaslik uchun quyidagi tugmacha orqali kirib, qo‘ng‘iroqchani bosib qo‘ying.
15.3K viewsedited  13:36
Ochish/sharhlash