Get Mystery Box with random crypto!

Birga kitob o'qiymiz

Telegram kanalining logotibi kitobxonyoshlar — Birga kitob o'qiymiz B
Kanaldagi mavzular:
Muhim
Tavalludlar
Bayramlar
Telegram kanalining logotibi kitobxonyoshlar — Birga kitob o'qiymiz
Kanaldagi mavzular:
Muhim
Tavalludlar
Bayramlar
Kanal manzili: @kitobxonyoshlar
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 61.97K
Kanalning ta’rifi

📚“Birga kitob o‘qiymiz” loyihasi rasmiy sahifasi
Kanalimizda ibratli, foydali va barchaga manfaatli ma’lumot ulashmoqchi bo‘lsangiz @diqqatloyiha ga murojaat qiling!
🤝 Reklama va hamkorlik uchun: @hamkoradmin

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 25

2023-09-05 19:43:03


“Naqshi” kitoblar do‘koni hamda “Birga kitob o‘qiymiz” jamoasi yurtdoshlarimiz orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar” onlayn tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @naqshiuzbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 21-sentabrga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:

O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” asari
Rauf Jilasunning “Halol luqma” asari

Yakunda 50 nafar ishtirokchi finalga yo‘l oladi va final bosqichi bellashuvi natijasiga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.

Tanlovda test bo‘yicha 26 nafar, referal ball bo‘yicha esa 20 nafar g‘oliblar yuqoridagi videoda ko‘rsatilgan sovg‘alar bilan taqdirlanadi!

Tanlov nizomi bilan tanishish

Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang.
18.0K viewsedited  16:43
Ochish/sharhlash
2023-08-31 22:30:30
Kitob o'qish uchun ikki asos bor: birinchisi – sen bundan rohatlanasan. Ikkinchisi esa – bu bilan maqtanishing mumkin.

Bertrend Rassel

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
18.8K views19:30
Ochish/sharhlash
2023-08-31 14:23:20
Hayotdan nolimang, negaki...

Mashaqqatli ishingiz har bir ishsizning orzusi;
Sizni bezor aylagan farzandingiz har bir bepushtning orzusi;
Kichik uyingiz har bir vatangadoning orzusi;
Ozgina pulingiz har bir qarzdorning orzusi;
Sog‘lig‘ingiz har bir bemorning orzusi;
Tabassumingiz har bir tushkunlikka tushganning orzusi;
Alloh aybingizni to‘sgani har bir sharmanda bo‘lgan bandaning orzusi.

Bu safargi tanlovda omadingiz kelmay yuta olmagan bo‘lsangiz, keyingi safar sentabrdagi tanlovda eng yuqori o‘rinni olishingiz mumkin...

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
20.4K viewsedited  11:23
Ochish/sharhlash
2023-08-31 08:07:57


Bugun 31-avgust haftaning  payshanba kuni. Ushbu kunda ro'y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

Oʻzbekiston oʻz davlat mustaqilligini eʼlon qilgan (1991).
1991-yilning 1-sentabri esa har yili yurtimizda – Mustaqillik kuni sifatida nishonlanib kelinmoqda.

Afrika millatiga mansub odamlar uchun xalqaro kun.

Butunjahon masofaviy ta'lim kuni.

Toshkentdagi Amir Temur haykali omma e'tiboriga taqdim etildi (1994).

"Qatag'on qurbonlari xotirasi" muzeyi tashkil topgan kun (2002).

Oqsaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov haykali tantanali ravishda ochildi (2017).

O’zbekiston xalq shoiri Mahmud Toirov tavallud topgan (1952).

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
16.0K viewsedited  05:07
Ochish/sharhlash
2023-08-30 19:31:32 “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovi final bosqichi ishtirokchilari bilan tanishing! 1) Oychehra Xolmatjonova 149 2) Akrom Urnashev 146 3) Jasur Roʻzimurodov 146 4) Mehrinoz Hasanova 146 5) Abduqahhorov Nodirbek 146 6) Komila Xolmatjonova 145…
13.8K viewsedited  16:31
Ochish/sharhlash
2023-08-30 19:26:18 “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovi final bosqichi ishtirokchilari bilan tanishing!

1) Oychehra Xolmatjonova 149
2) Akrom Urnashev 146
3) Jasur Roʻzimurodov 146
4) Mehrinoz Hasanova 146
5) Abduqahhorov Nodirbek 146
6) Komila Xolmatjonova 145
7) Yusufboyev Javohir 144
8) Diyorbek Raxmonov 143
9) Primova Muhabbat 142
10) G‘olib Abdusalomov 141
11) Sa'dullayev Akbar 141
12) Xazratqulova Shoxsanam 141
13) Maloxat Kurbonboyeva 141
14) Dildora Karimova 140
15) Shahnoza Joʻraqulova 140
16) Xudoyberdiyeva Mahliyo 140
17) Beshimova Mohinoz 140
18) Ochilov Hasan 140
19) Alisher Tojiboyev 139
20) Mohina Muhammadova 139
21) Abduraim Ergashev 139
22) Normo'minova Dilnura 139
23) Dilafruz Radjabova 139
24) Umida Abduxakimova 139
25) Xodjayev Foziljon 138
26) Nurali Cho'liyev 137
27) Dilorom Toshboeva 137
28) Dilnura O‘rolova 137
29) Tojiboyeva Vazira 137
30) Bekzod G'anijonov 136
31) Nizomova Munisa 136
32) Umarova Nozima 136
33) Mansurova Gulzoda 136
34) Manzura Setimbetova 135
35) Dilorom Shavkatovna 135
36) Anvarova Rayhona 135
37) Behzod Abdualimov 135
38) Marjona Mansurova 135
39) Ruzmetova Barchinoy 135
40) Xayrullayeva Robiya 135
41) Nurmuhammad Nurmatov 134
42) Boymurodova Goʻzal 134
43) Karimbayeva Shodiya 133
44) Otamurodov Sarvar 133
45) Dildora Kamolova 133
46) Qizlarxon Ro'zmatova 133
47) Asila Norqulova 133
48) Ne'matjonova Farangiz 133
49) Qodirova Madinabonu 133
50) Fotima Teshayeva 133

Ushbu ishtirokchilar @mrkitobadmin profiliga quyidagi ma'lumotlarni ertaga 15:00 ga qadar yozib yuborishlari so'raladi:
1. To'liq ism-familiya
2. Doimiy ishlaydigan telefon raqam
3. Qaysi ta'lim muassasasida o'qiysiz (fakultet, kurs, guruh to'liq yoziladi)
4. Shaxsingizni tasdiqlovchi biror hujjat (pasport rasmi yoki talabalik guvohnomasi yoki hemisdan ma'lumotnoma)

Final bosqichi ertaga soat 20:00 da alohida finalchilar guruhida bo'lib o'tadi, batafsil shartlar o'sha guruhda tushuntiriladi!

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
13.5K viewsedited  16:26
Ochish/sharhlash
2023-08-30 12:10:09
Janubiy Afrika Respublikasidagi universitetining kiraverishida shunday so‘zlar yozib qo‘yilgan:

«Har qanday millatni yo‘q qilish uchun atom bombasi yoki uzoq radiusga ta’sir qiladigan raketalarga hojat yo‘q. Faqat ta’lim sifati pasaytirilsa va imtihonlarda talabalarga aldash uchun imkoniyat yaratilsa bas»

Bunday vrachlar qo‘liga tushgan bemorlar o‘la boshlaydi.
Bunday quruvchilar qurgan binolar qulaydi.
Bunday iqtisodchilar va hisobchilar qo‘lidagi pullar izsiz yo‘qoladi.
Bunday diniy ulamolar tufayli insonlar ma’nan o‘la boshlaydi.
Bunday yuristlar va sudyalar qo‘lida adolat yo‘qlik sari yuz tutadi...
Qonun chiqaruvchilar qo‘lida boshqaruv yo‘q bo‘ladi.

«Ta’limning barbod bo‘lishi — millatning kasodga uchrashidir!»

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
13.5K views09:10
Ochish/sharhlash
2023-08-29 15:01:40
Tanlov testlarini ishlash yakunlanishiga 3 soat vaqt qoldi!

Bugunning o'zida 2-3 ta profildan kirib test yechgan, turli guruhlar ochib, tanlov savollarini muhokama qilgan va hozirga qadar 100 balldan yuqori ball jamg'argan 64 nafar ishtirokchining natijalari bekor qilindi va ular tanlovdan chetlatildi. Chetlatilgan ishtirokchilarga @kitobtanlovbot orqali xabar yuborilgan!

Hurmatli ishtirokchilar biz finalga 100 nafar ishtirokchini o'tkaza olmaymiz, 100 balldan yuqori ball olganlarni ham o'tkaza olmaymiz. Har bir tanlovni o'z tartibi bor va hozirgi tanlov nizomida 50 nafar ishtirokchi finalga chiqishi belgilab qo'yilgan. Shuning uchun bunday iltimoslarni to'xtatishingizni so'rab qolaman!

Ishtirokchilarni tekshirishni davom ettiramiz va final bosqichi ishtirokchilari nomini yuqori natijaga erishgan barcha ishtirokchilarni tekshirib bo'lganimizdan so'ng e'lon qilamiz (uzog'i bilan ertaga 14:00 ga qadar e'lon qilinadi).

Test ishlash bugun 20:00 da yakunlanadi, test ishlashni 19:50 da boshlasangiz, soat 20:00 bo'lishi bilan to'xtab qoladi, shu sababli oxirgi vaqtlarga taqamasdan vaqtliroq bugungi testlarni ishlab qo'ying.

Aytgancha, keyingi yangi tanlovimiz sentabr oyida bo'lib o'tamiz, uzoq kuttirmaymiz, 10 kun ichida yangi tanlovni e'lon qilamiz!

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
13.0K views12:01
Ochish/sharhlash
2023-08-29 08:33:04


Bugun 29-avgust haftaning  seshanba kuni. Ushbu kunda ro'y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

BMT – Xalqaro yadro sinovlariga qarshi kurash kuni.
Xalqaro yadroviy sinovlarga qarshi kurash kuni yadroviy qurol sinovlari, portlashlari va boshqa har qanday yadroviy portlashlarning oqibatlari hamda ularni to‘xtatish zarurligi to‘g‘risida ta’lim va xabardorlikni oshirishga qaratilgan.

Ingliz fizigi Maykl Faradey elektromagnit induktsiya hodisasini kashf etdi (1831).

Gotlib Daymler mototsikl uchun patent oldi (1885).

Darmshtadt (G'arbiy Germaniya) olimlari Mendeleyev davriy sistemasining 109-elementi - meytneriy topilganligi haqida xabar berishdi (1982).

«Buyuk xizmatlari uchun» ordeni ta’sis etildi (1996).

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni ta’sis etildi (2003).

Belgiyalik yozuvchi, dramaturg, Nobel mukofoti sovrindori Mauris Maeterlink tavallud topgan (1862).

Qoraqalpoq haykaltaroshligi asoschisi, Oʻzbekistonda va Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Joʻldosbek Quttimurodov tavallud topgan (1862).

Amerikalik qo'shiqchi, raqqos, bastakor, "pop qiroli" Maykl Jekson tavalluf topgan (1958).

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
13.6K views05:33
Ochish/sharhlash
2023-08-28 18:39:40
Inson... Vaqt... Umr...

Hayot bu insonga berilgan ne’mat,
Bir kuni yorug‘ bo‘lsa bir kuni zulmat.
Lek oltinga tengdir har bir soat vaqt,
Unutmang, azizim, umr g‘animat!

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
13.8K viewsedited  15:39
Ochish/sharhlash