Get Mystery Box with random crypto!

Bugun 7-may seshanba kunida ro‘y bergan muhim voqealar bilan t | Birga kitob o'qiymiz



Bugun 7-may seshanba kunida ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
Butunjahon astma kuni.
Qirgʻiziston, Belarus, Rossiya – Radio kuni.
AQSh – Oʻqituvchilar kuni.
Qozog‘iston – Vatan himoyachilari kuni.
Bangladesh – Muhandislar kuni.
Salvador – Askarlar kuni.

#muhim_voqealar
1755 – Moskva Universiteti ochildi.
1887 – amerikalik Tomas Stevens velosipedda 13 500 mil yo’l bosib, dunyoni aylanib chiqdi.
1895 – Rus fizigi va elektrotexnigi Aleksandr Popov Sankt- Peterburgda radioning dastlabki variantini ommaga namoyish etdi. 
1907 – Turkiyaning “Fenerbaxche” futbol klubi tuzildi. 
1946 – Tokioda Sony kompaniyasi tashkil topdi.
1992 – Toshkentdagi Kinochilar uyida mustaqil O‘zbekistonning birinchi pochta markasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
1993 – “Sog‘lom avlod uchun” ordeni ta’sis etildi.

#tavalludlar
1840 – P. I. Chaykovskiy (1893) – rus kompozitori.
1861 –  Rabindranand Thokur (1941) – atoqli hind adibi, Nobel mukofoti sohibi (1913). 
1867 – Vladislav Reymont (1925) – polshalik yozuvchi, Nobel mukofoti sohibi (1924).
1909 – Edvin Lend (1991) – Polaroid fotokamerasining ixtirochisi, Polaroid kompaniyasi asoschisi. 
1929 – To‘lepbergen Qayipbergenov 2010) – O‘zbekison va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi, Oʻzbekiston Qahramoni (2003). 
1974 – Nazarbekov Ozodbek – taniqli oʻzbek qoʻshiqchisi, Oʻzbekiston xalq artisti (2010) va Qoraqalpogʻiston xalq artisti.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling