Get Mystery Box with random crypto!

Tanlov testlarini ishlash yakunlanishiga 3 soat vaqt qoldi! | Birga kitob o'qiymiz

Tanlov testlarini ishlash yakunlanishiga 3 soat vaqt qoldi!

Bugunning o'zida 2-3 ta profildan kirib test yechgan, turli guruhlar ochib, tanlov savollarini muhokama qilgan va hozirga qadar 100 balldan yuqori ball jamg'argan 64 nafar ishtirokchining natijalari bekor qilindi va ular tanlovdan chetlatildi. Chetlatilgan ishtirokchilarga @kitobtanlovbot orqali xabar yuborilgan!

Hurmatli ishtirokchilar biz finalga 100 nafar ishtirokchini o'tkaza olmaymiz, 100 balldan yuqori ball olganlarni ham o'tkaza olmaymiz. Har bir tanlovni o'z tartibi bor va hozirgi tanlov nizomida 50 nafar ishtirokchi finalga chiqishi belgilab qo'yilgan. Shuning uchun bunday iltimoslarni to'xtatishingizni so'rab qolaman!

Ishtirokchilarni tekshirishni davom ettiramiz va final bosqichi ishtirokchilari nomini yuqori natijaga erishgan barcha ishtirokchilarni tekshirib bo'lganimizdan so'ng e'lon qilamiz (uzog'i bilan ertaga 14:00 ga qadar e'lon qilinadi).

Test ishlash bugun 20:00 da yakunlanadi, test ishlashni 19:50 da boshlasangiz, soat 20:00 bo'lishi bilan to'xtab qoladi, shu sababli oxirgi vaqtlarga taqamasdan vaqtliroq bugungi testlarni ishlab qo'ying.

Aytgancha, keyingi yangi tanlovimiz sentabr oyida bo'lib o'tamiz, uzoq kuttirmaymiz, 10 kun ichida yangi tanlovni e'lon qilamiz!

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling