Get Mystery Box with random crypto!

“Naqshi” kitoblar do‘koni hamda “Birga kitob o‘qiymiz” jamoasi | Birga kitob o'qiymiz



“Naqshi” kitoblar do‘koni hamda “Birga kitob o‘qiymiz” jamoasi yurtdoshlarimiz orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar” onlayn tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @naqshiuzbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 21-sentabrga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:

O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” asari
Rauf Jilasunning “Halol luqma” asari

Yakunda 50 nafar ishtirokchi finalga yo‘l oladi va final bosqichi bellashuvi natijasiga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.

Tanlovda test bo‘yicha 26 nafar, referal ball bo‘yicha esa 20 nafar g‘oliblar yuqoridagi videoda ko‘rsatilgan sovg‘alar bilan taqdirlanadi!

Tanlov nizomi bilan tanishish

Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang.