Get Mystery Box with random crypto!

Jalol Murad

Telegram kanalining logotibi jalolmurad — Jalol Murad J
Telegram kanalining logotibi jalolmurad — Jalol Murad
Kanal manzili: @jalolmurad
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.56K
Kanalning ta’rifi

Oddiy, qiziqarli va manfaatli maʼlumotlar
Aloqa uchun telegram: @YouKeyuzBot

Ratings & Reviews

1.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

3


Oxirgi xabar 63

2021-12-12 19:12:01
O‘zbekiston Rossiyadagi migrantlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekiston 2021 yilda Rossiyaga borgan migrantlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining statistik ma'lumotlariga tayanib, “Sputnik” xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, ko‘rsatkich 2021 yilning yanvaridan sentyabrigacha bo‘lgan ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi. Unga ko‘ra, shu davr oralig‘ida 3 milliondan ortiq o‘zbekistonlik Rossiyaga ishlash uchun borgan.

Keyingi o‘rinda qariyb 1 million 600 ming fuqarosi ishlash uchun borgan Tojikiston qayd etilgan. Kuchli uchlikka Qirg‘iziston yakun yasagan. 2021 yilda ushbu respublikadan 600 mingdan ortiq kishi Rossiyaga borgan. To‘rtinchi hamda beshinchi o‘rinlarni Armaniston (deyarli 300 ming kishi) va Ozarbayjon (taxminan 200 ming kishi) egallagan.

@jalolmurad • Manba
2.3K views16:12
Ochish/sharhlash
2021-12-12 18:44:01
Rossiya O‘zbekiston bilan tovar ayirboshlashni 10 milliard dollarga yetkazmoqchi

Rossiya va O‘zbekiston kelgusida tovar ayirboshlash hajmini 2020 yildagi 5,9 milliard dollardan 10 milliard dollarga oshirishi mumkin. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Viktoriya Abramchenko ta’kidladi.

Bosh vazir o‘rinbosari strategik sheriklik va ittifoqchilikka asoslangan Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari jadal rivojlanayotganini ta’kidlagan. Hukumatlararo yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Hukumat rahbarlari darajasida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, innovasion, texnologik va sarmoyaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Qo‘shma komissiya tuzilgan.

@jalolmurad • Manba
2.2K views15:44
Ochish/sharhlash
2021-12-12 18:42:36
Eng zo'r soqol chiqaruvchi vosita — BEARD OIL

100% kafolatga ega

Effekt a'lo darajada

BESOQOLIKKA NUQTA QO'YISH VAQTI KELDI

SOQOL QO'YISH PAYG'AMBARLARDAN MEROS

Siz uchun O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish mutlaqo bepul!

Aksiya narxida: 149 ming so'm

Maxsulot qo'lingizga yetib borganidan keyin to'lovni amalga oshirasiz!
2.0K views15:42
Ochish/sharhlash
2021-12-12 18:12:01
Toshkentda Matiz haydovchisi salonga 8 kishini olib harakatlandi

Poytaxtda reyd davomida YPX xodimi tomonidan Matiz to‘xtatilganda, avtomobil salonida haydovchisi bilan birga 9 kishi joy olgani ma’lum bo‘ldi.

Shundan so‘ng, haydovchilik guvohnomasisiz rulga o‘tirgan haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

@jalolmurad • Manba
2.2K views15:12
Ochish/sharhlash
2021-12-12 17:44:01
Hindiston bosh vazirining Twitter akkaunti xakerlar tomonidan buzildi. Unda bitkoin qonuniylashtirilgani haqida tvit paydo bo‘ldi

Hindiston bosh vaziri Narendra Modining Twitter akkaunti xakerlar hujumiga uchradi. Bu haqda uning idorasi ijtimoiy tarmoqda xabar berdi, deb yozadi “RBK”.

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, xakerlar akkauntni “juda qisqa vaqt davomida” nazorat qilgan. “Twitter ogohlantirildi va akkaunt darhol himoyaga olindi”, — deyiladi xabarda.

Bosh vazir idorasining xabarida, shuningdek, akkaunt buzilgan vaqt davomida “nashr etilgan tvitlarning hech biriga e’tibor bermaslik kerak”ligi aytilgan, biroq voqea aynan qachon sodir bo‘lgani va qachon akkaunt qaytarib olinganiga aniqlik kiritilmagan.

Twitter hujum haqida ma’lumot olishi bilanoq akkaunt ustidan nazoratni tiklash uchun barcha zarur choralar ko‘rilganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters. Tekshiruvlarda boshqa akkauntlar ham buzilgani haqida hech qanday belgi aniqlanmagan.

@jalolmurad • Manba
2.3K views14:44
Ochish/sharhlash
2021-11-28 20:20:14
Toshkentdan Namanganga uchgan samolyot aeroportga qo'nmay, ortiga qaytib keldi

Toshkentdan 28-noyabr kuni Namangan viloyatiga uchgan samolyot viloyat aeroportiga qo'nmay, ortiga qaytib keldi.

Ma‘lum bo'lishicha, samolyot «O'zbekiston havo yo'llari» aviakompaniyasining HY-095 Toshkent–Namangan reysi bo'yicha uchgan. Voqeaga Namangan aeroportidagi noqulay ob-havo sharoiti sabab bo'lgan.

@jalolmurad • Manba
1.8K views17:20
Ochish/sharhlash
2021-11-28 18:25:01
Deputat Kusherbayev dollarni "qora bozordan" almashtirishga majbur bo‘ldi

Deputat Rasul Kusherbayev dollarni bankdan emas, "qora bozor"dan almashtirishda sharoit yaratib qo'yilgani haqida yozdi. "Guvohlar ishtirokida "qora bozor"dan 100 AQSH dollarining 50 dollarini milliy so‘mga almashtirib oldim.

Qizig‘i almashtirib bo‘lganimdan so‘ng, Hamkorbankdan chiqishdi. Biroq "uje" kech.

Holatdan xulosa shuki, har qanday vaziyatda ham fuqarolar huquqbuzarlik qilmasliklari uchun, ularni shuni qilishga majbur qiluvchi barcha sabablar bartaraf etilishi shart. Bo‘lmasa adolat nuqtai nazaridan javobgar sharoit yaratmagan tomonning bo‘ynida bo‘ladi", - yozadi deputat.

@jalolmurad • Manba
2.7K viewsedited  15:25
Ochish/sharhlash
2021-11-28 17:34:21
Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda IHTning 15-sammitida nutq soʻzladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda IHTning 15-sammitidagi nutqida toʻrt yoʻnalish boʻyicha tashabbuslarni ilgari surdi. Ular quyidagilar:

1. 500 milliondan ortiq aholi yashaydigan, ulkan bozorga ega boʻlgan mamlakatlarning savdo va investitsiya sohalaridagi katta imkoniyatlaridan toʻliq foydalanish.

2. Mintaqadagi mavjud va yangi transport yoʻlaklaridan unumli foydalanish.

3. “Yashil taraqqiyot”ga erishish uchun amaliy saʼy-harakatlarni safarbar etish.

4. Sayyohlik almashuvlarini qayta tiklash.

Shuningdek, davlat rahbari oʻz nutqida Afgʻoniston masalasiga ham toʻxtalib, afgʻon xalqiga zarur yordam koʻrsatish boʻyicha saʼy-harakatlarni birlashtirish va umumiy yondashuvlarni ishlab chiqish kerakligini taʼkidladi.

Davlati rahbari soʻzini yakunlar ekan, yigʻilganlarni navbatdagi sammitda ishtirok etish uchun Oʻzbekistonga taklif etdi.

@jalolmurad • Manba
2.6K views14:34
Ochish/sharhlash
2021-11-28 14:44:01
Chiroqchida YPX xodimlari avtomashina oynalarini sindirib tashladi

Ijtimoiy tarmoqda «Xodimlar avtomashina oynalarini sindirib tashladi» sarlavhasi ostida video tarqaldi.

Joriy yilning 27-noyabr kuni Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani hududidan o‘tgan ichki yo‘lda YPX xodimlari tomonidan «Lacetti» rusumli avtomobil to‘xtatilgan vaqtda, haydovchi qonuniy talabni bajarmasdan avtomobilning oynasi va eshiklarini qulflab oldinda turgan soha vakillarining ustiga transportni boshqargan.

Mazkur jarayonda xodimlar tomonidan maxsus vositalar qo‘llanilib, haydovchini to‘xtatish choralari ko‘rilganligiga qaramasdan haydovchi voqea joyidan qochib ketgan.

Hozirda YPX xodimining bildirgisi asosida bo‘ysunmay harakatlangan haydovchi yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.

@jalolmurad • Manba
3.1K views11:44
Ochish/sharhlash
2021-11-28 12:32:59
“Tolibon” Afg'onistonda qanday muammolarga duch kelayotganini ma‘lum qildi

Ma‘lum qilinishicha, harakat tomonidan Afg'oniston hukumati raisi etib tayinlangan mulla Muhammad Hasan Oxund bu haqda ma‘lumot bergan. «Afg'oniston Islom Amirligi o'z majburiyatlarini bajarishga sodiq, ammo biz hozir ocharchilik va narx o'sishiga duch kelmoqdamiz. Yaqin kelajakda biz barcha qiyinchiliklarni yengamiz. Afg'onlarning hayoti va mulk xavfsizligini ta‘minlaymiz», — degan u va bu muammolar Ashraf G'ani davridan «meros» qolganini aytgan.

@jalolmurad • Manba
3.2K views09:32
Ochish/sharhlash