Get Mystery Box with random crypto!

Rossiya O‘zbekiston bilan tovar ayirboshlashni 10 milliard dol | Jalol Murad

Rossiya O‘zbekiston bilan tovar ayirboshlashni 10 milliard dollarga yetkazmoqchi

Rossiya va O‘zbekiston kelgusida tovar ayirboshlash hajmini 2020 yildagi 5,9 milliard dollardan 10 milliard dollarga oshirishi mumkin. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Viktoriya Abramchenko ta’kidladi.

Bosh vazir o‘rinbosari strategik sheriklik va ittifoqchilikka asoslangan Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari jadal rivojlanayotganini ta’kidlagan. Hukumatlararo yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Hukumat rahbarlari darajasida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, innovasion, texnologik va sarmoyaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Qo‘shma komissiya tuzilgan.

@jalolmurad • Manba