Get Mystery Box with random crypto!

Chiroqchida YPX xodimlari avtomashina oynalarini sindirib tash | Jalol Murad

Chiroqchida YPX xodimlari avtomashina oynalarini sindirib tashladi

Ijtimoiy tarmoqda «Xodimlar avtomashina oynalarini sindirib tashladi» sarlavhasi ostida video tarqaldi.

Joriy yilning 27-noyabr kuni Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani hududidan o‘tgan ichki yo‘lda YPX xodimlari tomonidan «Lacetti» rusumli avtomobil to‘xtatilgan vaqtda, haydovchi qonuniy talabni bajarmasdan avtomobilning oynasi va eshiklarini qulflab oldinda turgan soha vakillarining ustiga transportni boshqargan.

Mazkur jarayonda xodimlar tomonidan maxsus vositalar qo‘llanilib, haydovchini to‘xtatish choralari ko‘rilganligiga qaramasdan haydovchi voqea joyidan qochib ketgan.

Hozirda YPX xodimining bildirgisi asosida bo‘ysunmay harakatlangan haydovchi yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.

@jalolmurad • Manba