Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston Rossiyadagi migrantlar soni bo‘yicha birinchi o‘ri | Jalol Murad

O‘zbekiston Rossiyadagi migrantlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekiston 2021 yilda Rossiyaga borgan migrantlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining statistik ma'lumotlariga tayanib, “Sputnik” xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, ko‘rsatkich 2021 yilning yanvaridan sentyabrigacha bo‘lgan ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi. Unga ko‘ra, shu davr oralig‘ida 3 milliondan ortiq o‘zbekistonlik Rossiyaga ishlash uchun borgan.

Keyingi o‘rinda qariyb 1 million 600 ming fuqarosi ishlash uchun borgan Tojikiston qayd etilgan. Kuchli uchlikka Qirg‘iziston yakun yasagan. 2021 yilda ushbu respublikadan 600 mingdan ortiq kishi Rossiyaga borgan. To‘rtinchi hamda beshinchi o‘rinlarni Armaniston (deyarli 300 ming kishi) va Ozarbayjon (taxminan 200 ming kishi) egallagan.

@jalolmurad • Manba