Get Mystery Box with random crypto!

Hindiston bosh vazirining Twitter akkaunti xakerlar tomonidan | Jalol Murad

Hindiston bosh vazirining Twitter akkaunti xakerlar tomonidan buzildi. Unda bitkoin qonuniylashtirilgani haqida tvit paydo bo‘ldi

Hindiston bosh vaziri Narendra Modining Twitter akkaunti xakerlar hujumiga uchradi. Bu haqda uning idorasi ijtimoiy tarmoqda xabar berdi, deb yozadi “RBK”.

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, xakerlar akkauntni “juda qisqa vaqt davomida” nazorat qilgan. “Twitter ogohlantirildi va akkaunt darhol himoyaga olindi”, — deyiladi xabarda.

Bosh vazir idorasining xabarida, shuningdek, akkaunt buzilgan vaqt davomida “nashr etilgan tvitlarning hech biriga e’tibor bermaslik kerak”ligi aytilgan, biroq voqea aynan qachon sodir bo‘lgani va qachon akkaunt qaytarib olinganiga aniqlik kiritilmagan.

Twitter hujum haqida ma’lumot olishi bilanoq akkaunt ustidan nazoratni tiklash uchun barcha zarur choralar ko‘rilganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters. Tekshiruvlarda boshqa akkauntlar ham buzilgani haqida hech qanday belgi aniqlanmagan.

@jalolmurad • Manba