Get Mystery Box with random crypto!

Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda IHTning 15-sammitida nutq soʻzla | Jalol Murad

Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda IHTning 15-sammitida nutq soʻzladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda IHTning 15-sammitidagi nutqida toʻrt yoʻnalish boʻyicha tashabbuslarni ilgari surdi. Ular quyidagilar:

1. 500 milliondan ortiq aholi yashaydigan, ulkan bozorga ega boʻlgan mamlakatlarning savdo va investitsiya sohalaridagi katta imkoniyatlaridan toʻliq foydalanish.

2. Mintaqadagi mavjud va yangi transport yoʻlaklaridan unumli foydalanish.

3. “Yashil taraqqiyot”ga erishish uchun amaliy saʼy-harakatlarni safarbar etish.

4. Sayyohlik almashuvlarini qayta tiklash.

Shuningdek, davlat rahbari oʻz nutqida Afgʻoniston masalasiga ham toʻxtalib, afgʻon xalqiga zarur yordam koʻrsatish boʻyicha saʼy-harakatlarni birlashtirish va umumiy yondashuvlarni ishlab chiqish kerakligini taʼkidladi.

Davlati rahbari soʻzini yakunlar ekan, yigʻilganlarni navbatdagi sammitda ishtirok etish uchun Oʻzbekistonga taklif etdi.

@jalolmurad • Manba