Get Mystery Box with random crypto!

Jalol Murad

Telegram kanalining logotibi jalolmurad — Jalol Murad J
Telegram kanalining logotibi jalolmurad — Jalol Murad
Kanal manzili: @jalolmurad
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.56K
Kanalning ta’rifi

Oddiy, qiziqarli va manfaatli maʼlumotlar
Aloqa uchun telegram: @YouKeyuzBot

Ratings & Reviews

1.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

3


Oxirgi xabar 65

2021-11-27 11:36:02
O‘zbekistonga eng ko‘p mobil telefon qaysi davlatdan kirib keladi?

Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston xorijdan qiymati 154,2 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 2,2 million dona mobil telefon import qilgan.

O‘zbekiston mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:

• Xitoy – 79,5 million $
• Vetnam – 60 million $
• Hindiston – 7,2 million $

@jalolmurad • Manba
3.4K views08:36
Ochish/sharhlash
2021-11-27 10:08:01
Eng zo'r soqol chiqaruvchi vosita — BEARD OIL

100% kafolatga ega

Effekt a'lo darajada

BESOQOLIKKA NUQTA QO'YISH VAQTI KELDI

SOQOL QO'YISH PAYG'AMBARLARDAN MEROS

Aksiya narxida: 149 000 so'm

Mahsulotni qoʻlingizga olgach toʻlov qilasiz! Yetkazib berish bepul
3.4K views07:08
Ochish/sharhlash
2021-11-27 08:20:41
O'zbekistonda 2021-yilda 3,4 million tonna paxta terib olindi

Ma‘lum bo'lishicha, O'zbekistonda bugungi kunda 122 ta paxta-to'qimachilik klaster korxonasi faoliyat olib bormoqda.

Qayd etilishicha, respublikada 2021-yilda 1,031 ming gektar yer maydonida paxta yetishtirilib, jami 3,4 million tonna paxta xom ashyosi terib olingan.

@jalolmurad • Manba
3.4K views05:20
Ochish/sharhlash
2021-11-27 06:41:09
O‘zbekistonning davlat qarzi 25 mlrd dollardan oshdi

O‘zbekistonning davlat qarzi qoldig‘i joriy yilning III choragida 1,1 mlrd. dollarga (yil boshidan 2,1 mlrd dollarga) oshib, 1-oktyabr holatiga 25,3 mlrd dollarni tashkil etmoqda.

Hisobot davrida davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga (YAIM) nisbati barqarorlashish tendensiyasi saqlanib qolib, yil boshidagi 38,9 foizdan joriy yilning 1 oktyabr holatiga 38,4 foizgacha pasaydi.

@jalolmurad • Manba
3.9K views03:41
Ochish/sharhlash
2021-11-26 20:42:16
Turin politexnika universiteti talabasi oliygoh darvozasi oldida urib o‘ldirildi

Ma'lum bo‘lishicha, soat 13:00 atrofida universitet darvozasi oldida bir necha yosh yigitlar uchrashgan. Kelishmovchilik oqibatida 18 yoshli A.R. (talaba emas) 18 yoshli Sh.R.ning (shu universitet talabasi) yuziga musht tushirgan. Zarba tufayli u yerga yiqilgan va olgan shikastlari oqibatida halok bo‘lgan.

@jalolmurad • Manba
4.4K views17:42
Ochish/sharhlash
2021-11-26 18:26:01
Tojikistonda aholi va organ xodimlari o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi

Bunga organ xodimlarining fuqaroni otib tashlagani sabab bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, to‘qnashuv oqibatida ikki nafar mahalliy aholi halok bo‘lgan va besh nafar huquqni muhofaza qiluvchi xodim jarohatlangan.

@jalolmurad • Manba
4.9K views15:26
Ochish/sharhlash
2021-11-26 17:48:01
Rossiyadan Namanganga uchgan samolyotda chaqaloq dunyoga kelgani sababli favqulodda qo‘ndirildi

Ma’lum bo‘lishicha, samolyot bortida chaqaloq dunyoga kelgani sababli uchuvchilar shoshilinch qo‘nishga qaror qilishgan. Xabar qilinishicha, ayni vaqtda uning salomatligi yaxshi.

@jalolmurad • Manba
4.8K views14:48
Ochish/sharhlash
2021-11-26 16:48:41
O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi qurilishi qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

2022-yilda Jizzax viloyatida atom elektr stansiyasi uchun ikkita energoblokdan iborat majmua qurilishi boshlanadi.

Yevrosiyo taraqqiyot bankining hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlar orasida o‘zining energetika sohasi uchun eng ko‘p sarmoya jalb qilgan mamlakatdir.

@jalolmurad • Manba
4.6K views13:48
Ochish/sharhlash
2021-11-26 16:04:15
Bugun 20:00dan benzin narxi pasaytiriladi

Bugun soat 20:00dan buyon “AI-80” markadagi benzin 6890 so‘mdan sotuvga chiqariladi.

Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ xabar berdi. Respublika hududidagi “O‘zbekneftgaz” AJning barcha AYOQSHlarda benzin bo‘lishi ta’minlanadi.

@jalolmurad • Manba
4.7K views13:04
Ochish/sharhlash
2021-11-26 14:12:01
O‘zbekiston bozoriga Xitoyning Chery avtomobillari kirib kelishi kutilmoqda

Xitoyning avtomobil ishlab chiqaruvchi Chery kompaniyasi 2022-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston bozoriga kirib kelishi kutilmoqda.

Chery Automobile Co 1997-yilda Xitoyda tashkil etilgan. Kompaniya avtomobillarni 80 dan ortiq mamlakat va mintaqaga eksport qiladi, Xitoydan tashqarida 10 ta zavod, 1500 dan ortiq chet el dilerlik markazlari va xizmat ko‘rsatish markazlariga ega. So‘nggi 18 yildan buyon Chery yengil avtomobillar eksporti bo‘yicha Xitoyda birinchi o‘rinni egallab kelmoqda.

@jalolmurad • Manba
4.2K views11:12
Ochish/sharhlash