Get Mystery Box with random crypto!

Boshida Ahamiyatsizdek Tuyuladi Juda ko'p narsalar bilimsizli | Jahongir Nematov | Blog

Boshida Ahamiyatsizdek Tuyuladi

Juda ko'p narsalar bilimsizligimiz, dunyoqarashimiz yetarli darajada bo'lmagani sababli boshida ahamiyatsizdek tuyuladi. Lekin, aksariyati va ba'zi holatda barchasi juda muhim bo'lib chiqadi.

1. Ota-ona yoki taksichi amakining (bu klassika) "O'qi! Yoshlik borida o'qib qol" degan gaplari. Ilm olishning foydasi bekorchilik payti bilinmaydi. Lekin, bu narsa avval OTM da, keyin rizq talabida bilinadi.
2. O'tirib, shoshmasdan suv ichish va ovqatlanish. Turib ovqatlanishning zarari nihoyatda katta.
3. Vaqtida uxlash. Juda kech uyquga yotish, odamni o'z-o'zini boshqarish xususiyatini susaytiradi, emotsional holatni buzadi, ishlash sifatiga yomon ta'sir qiladi.
4. Uyqudan oldin ovqatlanmaslik. Uyqudan oldin yeyilsa, uyqu vaqtida olingan hamma energiya ovqat hazmiga sarflanadi.
5. Ertalab barvaqt turishning fayzini tasvirlab bo'lmaydi
6. Xaromning zararlari. Ko'rshapalakni ko'rdik, cho'chqani bilamiz...
va boshqalar

To'g'ri ota-ona, shifokorlar, olimlar adashishi mumkin. Lekin, Islom dinida xatolik yo'q.

P.S.
Bir narsa qiziq. "The 5AM Club" ya'ni "Sahar soat 5 da turadiganlar klubi" ning yozuvchisi va unga Amazonda like bosgan 21000 odam, yillardan beri tongning sehri haqida javrayotgan olimlar sahar soat 4 atrofida Bomdod namoziga chiqayotgan birodarlarimizni ko'rganda qanday ahvolga tusharkan?

@jahongirnematov_blog