Get Mystery Box with random crypto!

Kassipeya yulduzlar turkumi, u orqali esa Qutb yulduzini topga | Jahongir Nematov | Blog

Kassipeya yulduzlar turkumi, u orqali esa Qutb yulduzini topganimda boshqacha xursand bo'ldim. Go'zal yulduzli osmonni o'zimcha "o'rganib" Mars sayyorasi, Aldebaran, Altair, Vega, Deneb yulduzlarini topib, 2 ta "yulduz uchishi"ga guvoh bo'lib, g'ayritabiiy rohatni xis qildim. Mendek bir shaharlik olifta uchun bu "evrika" bo'ldi.

P.S
Bu narsani ko'rish uchun men bor yo'g'i bir soat sarfladim. Yillar davomida izlanish olib borgan Ulug'bek, Beruniylar nimalarni xis qilishgan ekan?

@jahongirnematov_blog